Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

malakalar  induksiyasi deb  ataladi.  Masalan,  matematika  darsida  hosil  bo’lgan  ko’nikmani,  fizikada 
qo’llash mumkin.  
  Faoliyatning  yana  bir  qismi  odat  bo’lib,  ko’nikma  malakalardan  hech  qanday  samara  yoki 
natijaga  ega  emasligi  bilan  ajralib  turadi.  Odatda  odam  tomonidan  beixtiyor,  ongsiz  tarzda  muayyan 
maqsadga  yo’naltirilmagan  holda  amalga  oshiriladi.  Ba'zi  hollarda  odatlar  shaxs  tomonidan  nazorat 
qilinishi mumkin, lekin har doim ham aqlli va kerakli harakatlar bo’lmasligi mumkin. 
4.4.Faoliyatning asosiy turlari 
  Odamlarning faoliyati ongli faollik sifatida inson ongining tarkib topishi va  
taraqqiyoti bilan bog’liq holda tarkib topadi va rivojlanadi. Inson faoliyatida taraqqiyotning asosi 
hamda ong mazmunining manbai bo’lib xizmat qiladi.  
  Faoliyatda insonning shaxsi ifodalanadi, shu bilan birga faoliyat odam shaxsini tarkib toptiradi. 
Odamlarda  har  xil  turdagi  faoliyatlarning  paydo  bo’lishi  va  taraqqiyoti  juda  ham  murakkab  hamda 
uzoq davom etadigan jarayon.  Bolaning  faoliyati  uning kamoloti davomida faqat asta-sekin ta'lim va 
tarbiyaning  ta'siri  ostida  ongli  maqsadga  mos  faoliyat  shaklini  egallab  boradi.  Inson  faoliyati  asosan 
uch turga bo’linadi: o’yin, mehnat, ta'lim faoliyati. Bu faoliyat turlari bola shaxsining tarkib topishida 
hal qiluvchi rol o’ynaydi.  
  O’yin.  Bola  bir  yoshga  to’lgandan  boshlaboq  unda  faoliyatning  sodda  shakllarini  egallash 
uchun  shart-sharoitlar  yuzaga  kela  boshlaydi.  Bunday  shart-sharoitlardan  birinchisi  o’yindir.  O’yin 
faoliyatini  hayvon  bolalarida  ham  uchratish  mumkin.  Hayvonlarning  yosh  bolalarida  kuzatiladigan 
o’yin  faoliyatiga  har  xil  narsalar  bilan  shug’ullanish,  yolg’ondakam  urishishlar,  yugurishni  va  shu 
kabilarni  kiritish  mumkin.  Bolalarda  ham  o’yin  ularning  faoliyatlarini,  faolliklarini  amalga  oshirish 
shaklidir. Sof holdagi o’yin  faoliyatini  yuzaga keltiradigan sabab ehtiyoj  bo’lsa, uning manbai tahlid 
va tajribadir. Bolalar narsalar bilan rolli qoidali, harakatli, didaktik mazmunli o’yinlarni o’ynaydilar. 
  O’yin  narsa  va  hodisalarning  mazmunini  bolaning  o’z  tajribasida  bilib  olishga,  mazkur 
mazmunlarni  ishlata  bilishga  mashq  qildiradi.  Bolaning  shaxsiy  sifatlari  boshqalar  bilan 
munosabatlarda  tarkib  topib  boradi.  O’yin  faoliyatida  bola  ijtimoiy  voqelikni  taqlid,  rol  orqali  ijro 
etishga  harakat  qiladi  va  shu  yo’sinda  atrof-muhit  to’g’risidagi,  ijtimoiy  turmushdagi  shaxslararo 


61 
 
munosabatlarni o’zlashtira boradi. Ijtimoiy turmushdagi u yoki bu hodisani rol orqali ijro qiladi. So’z 
bilan  harakatning  birikuvi  natijasida  o’yin  faoliyati  tusini  oladi  va  muayyan  ma'noda  axborot  berish, 
o’zatish  imkoniyatiga  ega  bo’ladi.  Dastlabki  o’yin  aynan  kattalar  xatti-harakatini  takrorlash,  ularga 
taqlid qilish bilan tavsiflanadi. Syujetli o’yinlar borliqning goh anglangan, goho anglanmagan tarzda u 
yoki bu tomonlarini egallashga harakat qiladi.  
  O’yin  dastavval  bola  uchun  vaqt  o’tkazish,  uni  mashg’ul  qilish  funksiyasini  bajarsa, 
keyinchalik  ijtimoiy-tarixiy  taraqqiyot  namunalarini  ifodalash  darajasiga  o’sib  o’tadi.  Rollar,  ma'noli 
harakatlar,  ibratli  imo-ishoralar,  tushunchalar  bola  shaxsini  shakllantirishda  faol  ishtirok  etadi.  Bola 
tug’ilgandan  to  maktab  ta'limigacha  uning  uchun  o’yin  faoliyati  yetakchi  faoliyat  rolini  bajaradi, 
shuningdek o’yin didaktik tus kasb etishi ham mumkin. 
  Ta'lim faoliyati o’yin faoliyatining pirovardida yuzaga keladi. Bu faoliyatning maqsadi ma'lum 
axborotlarni,  bilimlarni,  harakatlar  va  amallarni  o’zlashtirishdan  iboratdir.  Odamning  o’z  maqsadiga 
ko’ra  batamom  o’rganish  va  o’zlashtirishdan  iborat  bo’lgan  mana  shunday  maxsus  faoliyati  ta'lim 
faoliyati deyiladi. Psixologik jihatdan olganda, ta'lim faoliyati o’z ichiga  quyidagi jarayonlarni oladi: 
ma'lum bir nazariya va amaliy faoliyat turini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ob'ektiv olamning 
eng muhim xususiyatlariga doir axborotlarni o’zlashtirish. Bu jarayonning mahsuloti bilimlardir. Mana 
shu  faoliyatni,  ya'ni  bilimlarni  o’zlashtirishda  yuzaga  keladigan  usul  va  operasiyalarni  egallash,  bu 
jarayonlarning  mahsuloti  malaka  va  uquvlardan  iboratdir.  Ta'lim  faoliyatining  tarkibi  juda  ham 
murakkab bo’lib, bilimlar, tushunchalar, malakalar, odatlar, uquvlar kiradi. 
  Ta'lim  faoliyati  ma'lum  ravishda  tashkil  etilgan  sharoitda  amalga  oshiriladi.  Katta  yoshli 
kishilar bolalarning taraqqiyotiga faol ta'sir etib, ularning ta'lim faoliyatlarini hamda bu faoliyat bilan 
bog’liq  bo’lgan  xatti-harakatlarni  tashkil  qiladilar.  Bu  faoliyat  va  harakatlarni  insoniyat  ijtimoiy 
tajribasini  o’rganish  tomon  yo’naltirishdir.  Shunday  qilib,  ta'lim  faoliyati  katta  kishilar  tomonidan 
tashkil qilinib, boshqariladi va tizimli ravishda nazorat qilib boriladi. Ma'lumki, ta'lim faoliyati bilan 
tarbiya  ishlari  o’zviy  bog’liqdir.  Bizning  maktablarimizda  har  qandayta'lim  jarayoni  hamma  vaqt 
tarbiyaviy xarakterga ega, bolalarga u yoki bu fan bo’yicha ta'lim berar ekanmiz, shuning bilan birga 
ularni  biz  tarbiyalashimiz  kerak.  Maktabdagi  tarbiyaviy  ishlarni  asosan  tushuntirish,  ishontirish, 
ko’rsatish,  rag’batlantirish,  talab  qilish,  vazifa  berish  va  jazolash  kabi  vositalar  yordamida  amalga 
oshiriladi.  Maktabdagi  barcha  tarbiyaviy  ishlarni  asosiy  maqsadi  o’quvchilarni  vatanparvarlik  ruhida 
tarbiyalashdan iboratdir.  
  Mehnat  faoliyati  - ma'lum  ijtimoiy  foydali,  moddiy  yoki  madaniy,  ma'naviy  mahsulot  ishlab 
chiqarishga qaratilgan faoliyatdan iborat. Kishilarning mehnati ma'lum maqsadga qaratilgan har doim 
ijtimoiy  tabiatga  ega  bo’ladi.  Mehnat  faoliyatining  maqsadi  kishilarning  iste'mol  qilinadigan 
narsalarni,  ya'ni  non,  mashinalar,  turli  ishlab  chiqarish  mahsulotlarini  tayyorlash,  ya'ni  kiyim-kechak 
oziq-ovqat va boshqa shu kabi narsalarni ishlab chiqarishga qaratilgan bo’lishi mumkin. 
  Mehnat  faoliyati  o’z  mohiyati  jihatdan  ham  ijtimoiydir.  Mehnat  taqsimoti  ham  ijtimoiydir. 
Mehnat taqsimoti tufayli birorta kishi ham o’ziga kerak bo’ladigan narsalarni faqat ishlab chiqarishga 
qatnashmay,  balki  deyarli  hech  qachon  hatto  birgina  narsani  boshdan  oxirigacha  ishlab  chiqarishda 
ham  qatnashmaydi.  Shuning  uchun  odam  hayoti  uchun  zarur  bo’lgan  hamma  narsalarni  jamiyatdan 
oladi, o’z ehtiyojlarini qondiradi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish