49
Doriga qaramlik shuningdek atrof-muhit omillariga, dorilarni foydalanishdan ijtimoiy ko’makka
va inson yaqin orada boshidan kechirgan baxtsizlik ta’sirida bo’ladi.
6
Inson psixikasi bilan eng yuksak taraqqiy etgan hayvon psixikasi o’rtasida katta farq mavjud.
Hayvonlar "tili"bilan inson tilini hech bir jihatdan taqqoslab bo’lmaydi. Hayvon o’z to’dasidagi boshqa
o’ziga o’xshash hayvonlarga ayni chog’dagi bevosita vaziyat bilan cheklangan hodisalar haqida
faqatgina signal berolsa, inson til yordami bilan boshqa odamlarga o’tgan, hozirgi va kelgusi
zamondagi narsalar haqida axborot berishi va ularga ijtimoiy tajribani o’tkazishi mumkin.
Hayvon va odam tafakkurining bir-biridan farq qilishi ular
tili o’rtasidagi farqqa bog’liqdir.
Inson abstrakt tafakkurga, hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli
suratda ish ko’rish qobiliyatiga ega.
Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odam psixikasi
bilan hayvon psixikasining bir-biridan ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan
tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni
keyinchalik foydalanish uchun saqlab qo’ymaydi. Aniq vaziyatda qurol o’z rolini o’tab bo’lgach, shu
zahotiyoq, hayvon uchun qurollik sifatini yo’qotadi. Odam ilgaridan o’ylab qo’yilgan reja bilan qurol
yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi hamda uni saqlab qo’yadi. Odam nisbatan doimiy
buyumlar olamida yashaydi. Odam quroldan foydalanish tajribasini boshqalardan o’rganadi va o’zi bu
tajribani boshqalarga o’rgatadi. Odam psixik faoliyatining hayvonlar psixikasidagi uchinchi farqi
shuki,
inson o’zidan keyingi avlodlarga ijtimoiy tajriba qoldiradi.
Odam bilan hayvon o’rtasidagi to’rtinchi g’oyat muhim farq
hissiyot o’rtasidagi farqdir.
Rivojlanish sharoitlarining turlicha bo’lishi odam psixikasining hayvon psixikasidan ajratuvchi muhim
farqlardan hisoblanadi. Agar odam insoniyat tajribasini o’zlashtirmas ekan, o’ziga o’xshagan odamlar
bilan munosabatga kirishmas ekan, shaxs sifatida tarkib topmaydi. Inson ongining rivojlanishiga
asosiy omil mehnat faoliyati, ya'ni odamlarning birgalikda qurol yasash va undan foydalanish
faoliyatlari bo’lgan.
Mehnat faoliyati ijtimoiy munosabatlar taraqqiyotiga ta'sir qiladi, ijtimoiy munosabatlarning
rivojlanishi esa mehnat faoliyatining takomillashuviga ta'sir ko’rsatadi. Inson ongi mehnatda
rivojlanadi. Inson ongi evolyusion taraqqiyot jarayonida aks ettirishning eng yuksak shakli sifatida
maydonga kelib, ong tufayli odam moddiy dunyodagi narsalarning ob'ektiv, barqaror xususiyatlarini
ajrata oladi va shu asosda tevarak-atrofdagi voqelikni o’zgartira oladi. Demak, inson psixikasining oliy
bosqichini ong deb atash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: