Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet485/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   ...   481   482   483   484   485   486   487   488   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

5. 
 
O’qituvchi  yozma  baholarni  yakunlashda  tomonlarga  «qarshi  tomonning  eng  yaxshi  dalil-
isboti  qaysilar  bo’ldi?»  deb  so’raydi  va  o’quvchilar  bilan  oldindan  kelishgan  holda  ular  bilimlarini 
yakka-yakka yoki guruhiy baholaydi. 
  Yuqorida  keltirilgan  yozma  bahslarni  o’tkazish  tamoyillari  Fred  Nyumen  materiallari  asosida 
tayyorlandi. O’ylaymizki, bizning sharoitimizda ham bu usullar ancha samara beradi. 
 
27.2.Auditoriya bilan ishlashning ijtimoiy – psixologik shartlari 
Ma’lumki,  har  qanday  pedagogik  jarayonning  asosiy  maqsadi  -  ta’lim  oluvchida  bilim,  malaka 
va  ko’nikmalar  hosil  qilishdir.  Bu  narsa  ma’lumotlar  almashinuvi  orqali  ro’y  beradi.  Pedagogik 
muloqot jarayonidagi ma’lumotlar almashinuvi asosan uch shaklda amalga oshiriladi: 
 
monolog; 
 
dialog; 
 
polilog. 
Monolog  -  ma’ruzachi  yoki  o’qituvchining  tinglovchilar  yoki  o’quvchi  –  talabalar  qarshisiga 
chiqib  nutq  so’zlashi,  darsni  bayon  etishidir.  Ayni  shu  usul  ta’lim-tarbiya  jarayonidagi  asosiy  vosita 
ekanligi  to’g’risida  ongimizga  o’rnashib  qolgan  tasavvur  mavjud.  Bu  holatda  gapiruvchi 
ma’lumotlarning asosiy tayanch manbai hisoblanadi va faqat undangina faollik talab qilinadi. Monolog 
egasi  esa  o’zi  mustaqil  tarzda  ma’lumot  mazmunini  tinglovchilarga  yetkazish  va  o’z  mavqyeini 
ta’kidlash  imkoniga  ega  bo’ladi.  Lekin  auditoriya,  ya’ni  tinglovchilar  unga  nisbatan  ancha  passiv 
mavqyeida  bo’ladilar  va  bu  narsa  ma’lumotning  faqat  kichik  bir  qisminigina  idrokqilish  va  eslab 
qolishiga  sabab  bo’ladi.  Shuning  uchun  ham  o’qituvchi  bu  kamchilikning  oldini  olish  uchun 
auditoriyani faollashtirishning boshqa yo’llarini qidirishga majbur bo’ladi. 
Dialog  -  o’quv  mavzusi  yoki  muammoni  guruh  sharoitida  o’qituvchi  bilan  birgalikda  va 
hamkorlikda  muhokama  qilish  yo’lidir.  Shuning  uchun  bu  usul  tinglovchilarni  nafaqat  faollashtiradi, 
balki  auditoriyada  ijodiy  muhitning  bo’lishi  va  fikrlar  almashinuvidan  har  bir  ishtirokchining 
manfaatdorligi  ta’minlanadi.  Ya’ni,  tinglovchilar  o’quv  jarayonining  obyektidan  uning  subyektiga 
aylanadilar. 
Dialog  jarayonida  o’qituvchi  bilan  o’quvchilar  o’rtasida  fikrlar  almashinuvi,  bilimlarni  o’zaro 
muhokama  qila  olish  uchun  real  sharoit  yaratiladi.  Lekin  dialogni  tashkil  etishdan  avval  o’qituvchi 
auditoriyaning  u  yoki  bu  xususda  bilimlar  va  tasavvurlarga  ega  bo’lishini  inobatda  olishi  zarur,  aks 
holda o’zaro muloqot samarasiz va mazmunsiz tortishuvga aylanib ketishi mumkin. 


328 
 
Dialog  jarayonida  uni  tashkil  etgan  shaxs  auditoriyaning  u  yoki  bu  muammo  yuzasidan 
bilimlarini  diagnostika  qilish  va  shunga  mos  tarzda  o’zi  shini  tashkil  etish  imkoniyatiga  ega  bo’ladi. 
Aynan shu holat dialogning eng muhim psixologik ahamiyatidir. 
Polilog  –  guruh  ichidagi  munozaradir.  U  tinglovchilar  yoki  o’quvchilarning  faolligini  yanada 
oshirish,  ulardagi  ijodiy  qobiliyatlarni  rivojlantirish  maqsadida  ishlatiladi.  Polilog  jarayonida  guruh 
a’zolarining  har  biri  muhokama  qilinayotgan  masala  yuzasidan  o’z  fikrini  bildirish  imkoniyatiga  ega 
bo’ladi,  o’qituvchi  esa  ushbu  jarayonning  tashkilotchi  sifatida  o’quvchilar  yoki  talabalar  faoliyatiga 
bevosita  aralashmaydi.  Bu  usul  dars  mavzusi  ko’proq  nazariy  xarakterli  bo’lib,  yangi  g’oyalarda 
nularning  amaliy  jihatlari  keltirib  chiqarilishi  zarurarti  bo’lganda  qo’l  keladi.  Lekin,  bu  usul 
mashg’ulotlar  yoki  muloqot  darslar  endi  boshlangan  paytda  o’tkazilishi  maqsadga  muvofiq  emas, 
chunki polilog uchun o’qituvchi bilan hamkorlikda ishlash tajribasidan tashqari  yoshlarga o’sha soha 
yuzasidan  ma’lum  bilimlar  majmui  hamda  hamkorlikda  ishlash  tajribasi  zarur.  Dialog  va  polilog 
texnikasini yaxshi egallagan muallim munozara yoki bahsni samarali tashkil etishga layoqatli bo’ladi. 
 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   481   482   483   484   485   486   487   488   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish