21.2. Psixik taraqqiyot va ta'limning o’zaro munosabati
Psixologiya fani zamonaviy ta'limotga asoslangan holda inson shaxsining tarkib topishini asosan
uchta omilning ta'siriga bog’liqligini dalillar asosida izoxlab beradi. Ulardan, birinchisi - inson tug’ilib
voyaga yetadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta'siri;
- ikkinchisi - odamga uzoq muddat davomida muntazam tarzda beriladigan ta'lim-tarbiyaning
ta'siri;
- uchinchisi - odamga tug’ma ravishda, tayyor holda beriladigan nasliy xususiyatlarning
ta'siridir.
Ma'lumki, har bir odam o’ziga xos, boshqalarda aynan takrorlanmaydigan ijtimoiy muhitda, aniq
ijtimoiy munosabatlarda, ya'ni oila, jamoa va jamiyatda, odamlar orasida yashab ulg’ayadi,
shakllanadi.
Bu ijtimoiy munosabatlarga odam jamiyat a'zosi sifatida, ma'lum sinfning, u yoki bu ijtimoiy
guruxning namoyandasi sifatida va nihoyat, tashkil qilinganlik va uyushqoqlik darajasi turlicha
bo’lgan muayyan jamoalarning faol a'zosi sifatida qatnashadi.
Shaxsning moxiyati o’z tabiati jihatidan ijtimoiy xarakterga egadir. Shaxsdagi barcha psixik
xususiyatlari, ijodiy faolligining rivojlanish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitda,
jamiyatdadir. Inson shaxsi sababiy bog’liqlikda bo’lib, uning ijtimoiy turmushi bilan belgilanadi.
Mana shu ma'noda shaxsning taraqqiyoti odamlar bilan munosabatda yuzaga keladigan ijtimoiy
tajribani egallash jarayonidan iboratdir. Buning natijasida insonning psixik xususiyatlari, axloqiy
fazilatlari, xarakteri, irodaviy sifatlari, qiziqishlari, e'tiqod va dunyoqarashi tarkib topadi.
Muhit, ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim va tarbiya, azaldan berilgan, genetik jihatdan qatiy
belgilangan nimanidir namoyon qilish uchun sharoitgina bo’lib qolmay, balki inson psixik
xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Bu borada, birinchidan, odam muhit ta'siri ostidagi passiv ob'ekt bo’lmay, balki faol
mavjudotdir. Shu bois tashqi hayotsharoiti, tashqi ta'sir inson psixikasini belgilamaydi, balki odamning
muhit bilan bo’lgan o’zaro ta'siri orqali, uning muhitdagi faoliyati orqali belgilanadi. Shu sababli
muhitning ta'siri haqida emas, balki odamning tevarak-atrofdagi muhit bilan faol o’zaro ta'siri haqida
gapirish maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi pirovard natijada tashqi sharoitlarga, tashqi ta'sirotlarga
bog’liqdir. Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi vaziyatdan keltirib chiqarib
bo’lmaydi. Bu sharoitlar hamda vaziyatlar hamisha odamning hayotiy tajribasi, uning shaxsi,
individual psixologik xususiyatlari va psixik qiyofasi orqali ta'sir qiladi.
Uchinchidan, odam faol mavjudot sifatida o’zi ham ongli ravishda o’z shaxsini o’zgartirishi,
ya'ni o’zi-o’zini tarbiyalash bilan shugullanishi mumkin. Lekin, bu jarayon atrof-muhitdan ajralgan
holda emas, balki muhit bilan moslashgan holda va muhit bilan o’zaro munosabatda sodir bo’ladi.
Yuqoridagilardan xulosa chiqarib shuni aytish mumkinki, odamning (bolaning, o’quvchining)
ijtimoiy tashkil topgan va faol faoliyati uning psixik rivojlanishining asosi, vositasi shartidir.
O’z-o’zidan ma'lumki, odamning psixik rivojlanishi uchun tabiiy, biologik imkoniyatlar
nihoyatda zarurdir. Inson psixik xususiyatlari me'yorida tarkib topishi uchun muayyan darajadagi
biologik tuzilish, inson miyasi va nerv sistemasi bo’lishi shart. Bu tabiiy xususiyatlar psixik
rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar, omillar emas, balki faqat dastlabki sharoitlardir, holos.
Tabiiy xususiyatlar taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuch emasligiga qaramay, inson psixik
taraqqiyotiga ta'sir ko’rsatadi.
Birinchidan, tabiiy xususiyatlar psixik xususiyatlar taraqqiyotining turli yo’llarini va usullarini
belgilab beradi. Inson nerv sistemasining xususiyatlari o’z-o’ziga shaxsning hech qanday psixik
xususiyatlarini belgilamaydi. Hech bir me'yordagi bola dadil yoki qo’rqoq, irodali yoki irodasiz,
264
mehnatsevar yoki yalqov, intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi. Agarda tarbiya to’g’ri tashkil
qilinsa, nerv sistemasining istalgan tipi asosida xarakterning barcha ijtimoiy qimmatli xislatlarini
shakllantirish mumkin. Masalan, sabot-matonat va o’z-o’zini tuta bilish xislatini nerv sistemasining
tipi shiddatli bo’lgan bolalarda ham, yoki nerv sistemasining tipi vazmin bo’lgan bolalarda ham
tarbiyalash mumkin va tarbiyalasa bo’ladi. Biroq birinchi holdagi bolalarni tarbiyalash ikkinchi
holdagilarni tarbiyalashga qaraganda qiyinroq bo’ladi. Har ikkala holdakerakli sifatlarni tarbiyalash
yo’llari va usullari ham turlicha bo’ladi.
Ikkinchidan, tabiiy xususiyatlar odamning biror soxada erishgan yutuqlari darajasiga ham ta'sir
qilishi mumkin, Masalan, qobiliyat kurtaklarida tug’ma individual farqlar mavjud. Shu sababli ba'zi
odamlar boshqa odamlardan ma'lum bir faoliyatni egallash imkoniyati jihatidan ustun turishadi.
Ba'zida esa aksincha, biror-bir faoliyat turini egallash imkoniyati jihatidan esa ulardan ortda
qolishlari mumkin. Mana shu ma'noda olganda odamlar o’z qobiliyatlarini baravar rivojlantirish
imkoniyatiga ega emaslar. Garchi tabiiy kurtaklar o’quvchilarning psixik rivojlanishi uchun ma'lum
ahamiyatga ega bo’lsa ham (shu sababli, masalan, ta'lim jarayonida ayrim o’quvchilardan boshqa
o’quvchilarga nisbatan ko’proq zo’r berish talab qilinadi, ayrim o’quvchiga o’qituvchi ko’proq kuch
sarflaydi, e'tibor beradi va ko’proq vaqt ajratadi), bu ko’rtaqlarning o’zi psixik taraqqiyotda hal
qiluvchi rol o’ynamaydi.
Turli yo’nalishga ega bo’lgan psixologlar, bir tomondan ta'lim va tarbiya, ikkinchi tomondan esa
rivojlanish o’rtasidagi o’zaro munosabati muammosini keng doirada muxokama qilmoqdalar.
Rivojlanish deganda, odatda xodisalarning har ikki turi tushuniladi va bu tushunchalar bir-biri
bilan chambarchas bog’liqdir: 1) miyaning biologik, organik yetilishi, uning anatomik-fiziologik
tuzilishi jihatidan yetilishi; 2) psixik (aqliy) rivojlanishning ma'lum o’sish darajalari sifatidagi, o’ziga
xos aqliy yetilish sifatidagi psixik rivojlanishi. O’z-o’zidan ma'lumki, aqliy rivojlanish miya
tuzilishining biologik yechilishi bilan bog’liqdir va bu xususiyat ta'lim-tarbiya ishlarida, albatta,
hisobga olinishi lozim, chunki ta'lim miyaning organik jihatdan yetilishini inkor eta olmaydi. Biroq
miya tuzilishining organik jihatdan yetilishini muhitga, ta'lim-tarbiyaga mutlaqo bog’lanmagan holda
o’zining qat’iy biologik qonunlari asosida sodir bo’ladi, deb bo’lmaydi. Muhit, ta'lim-tarbiya va
tegishli mashq, miya tuziliishning organik jihatdan yetilishiga yordam beradi.
Bu jarayonda ta'lim qanday mavqega ega? Ta'lim rivojlanishga nisbatan yetakchi vazifani
bajaradimi yoki aksincha? Bu muammoning hal qilinishi ta'lim jarayonining mazmuni va metodikasini,
o’quv dasturlari va darsliklarning mazmunini belgilab beradi.
Bu borada nemis psixologi V.Shtern: ta'lim psixik rivojlanishning orqasidan boradi va unga
moslashadi, degan fikrni olg’a surgan edi. Bu fikrga qarama-qarshirus psixologi L.S.Vigotskiy
bolaning psixik rivojlanishida ta'lim va tarbiyaning yetakchilik roli bor, degan qoidani birinchi bo’lib
ilgari surdi va uni: ta'lim rivojlanishdan oldinda boradi va uni o’z orqasidan ergashtirib olib boradi, deb
aniq ifodalab, beradi. Yuqorida bayon qilingan birinchi fikrga muvofiq ta'lim faqat rivojlanish
tomonidan erishilgan narsalardan foydalanadi. Shuning uchun aqliy jihatdan yetilish jarayoniga
aralashmaslik, unga halaxit bermaslik, balki ta'lim uchun imkoniyat yetilguncha chidam bilan passiv
kutib turish kerak.
Shveysariyalik psixolog J.Piajening nazariyasi ham ayni shu g’oyalar bilan yo’g’rilgandir.
J.Piajening fikricha, bolaning aqliy o’sishi o’zining ichki qonunlari asosida rivojlana borib, sifat
jihatdan o’ziga xos bir qator genetik bosqichlarni bosib o’tadi.
Ta'lim - bu aqliy yetilish jarayonini faqat bir qadar tezlatishga yoki sekinlashtirishga qodirdir,
lekin u aqliy jihatdan yetilish jarayoniga hech qanday jiddiy ta'sir ko’rsata olmaydi. Demak, ta'lim
rivojlanish qonunlariga bo’ysunishi kerak. Masalan, bolada mantiqiy tafakkur yetilmay turib, uni
mantiqiy fikr yuritishga o’rgatish foydasizdir. Ta'limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik
imkoniyatlari pishib yetiladigan muayyan yoshidan qat’iy nazar bog’liqligi ana shundan kelib chiqadi.
Ta'kidlash joizki, ta'lim yetakchi rolni bajaradi, ta'lim va rivojlanish esa o’zaro bir-biriga
bog’liqdir; ular alohida sodir bo’ladigan ikki jarayon bo’lmay, balki bir butun jarayondir. Ta'limsiz
to’la aqliy rivojlanish bo’lishi mumkin emas. Ta'lim rivojlanishga turtki bo’ladi, rivojlanishni o’z
ortidan ergashtirib boradi. Zarur sharoit tug’ilganda ta'lim mantiqiy fikrlash malakasini tarkib toptiradi
va tegishli aqliy rivojlanish uchun zamin bo’ladi. Lekin, ta'lim rivojlanishga turtki bo’lish
265
bilan bir vaqtda o’zi rivojlanishga tayanadi, erishilgan rivojlanish darajasining xususiyatlarini,
rivojlanishning ichki qoidalarini, albatga, inobatga oladi.
Ta'limning imkoniyatlari juda keng bo’lsada, biroq cheksiz emas. Yirik rus psixologi
L.S.Vigotskiy ta'lim va taraqqiyot muammosiga ijtimoiy-tarixiy jarayon nuqtai-nazaridan yondashib,
bilimlarni o’zlashtirish insoniyatning tarixiy taraqqiyotida yaratilgan madaniyatda ishtirok etish
jarayonidir, deb ta'kidlaydi. U olg’a surgan psixik funksiyalar taraqqiyotining madaniy-tarixiy
nazariyasiga ko’ra, psixik faoliyat taraqqiyoti uning "tabiiy" shaklini bevosita qayta qurgan holda, turli
alomatlar bilan avval tashqi, so’ng ichki ifodalanishni nazarda tutib, "madaniy" shaklini egallash
tushuniladi.
Shu munosabat bilan L.S.Vigotskiyning psixologiyaga kiritgan "psixik taraqqiyotning eng yaqin
zonasi" tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning asl moxiyati, bolaning mustaqil faoliyati
kattalar bilan hamkorlikda, uning raxbarligida amalga oshiriladi. L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan
"psixik taraqqiyotning eng yaqin zonasi" tushunchasi "ta'lim taraqqiyotdan oldinda boradi" degan
umumiy qoidaning yaqqol mazmunini tushunish uchun imkoniyat yaratadi.
E.Torndayk va J.Piajening ta'lim bilan taraqqiyotni ayni bir narsa deb tushuntirishiga qaramay
L.S.Vigotskiy: "Bola taraqqiyotini hech mahal maktab ta'limidan tashqaridagi soya deb hisoblash
mumkin emas", - deb ta'kidlaydi. Bundan tashqari, ta'lim va taraqqiyot bir-biriga tobe bo’lmagan
jarayonlardir, degan yo’nalishdagi psixologlarni ham u qattiq tanqid qiladi. P.P.Blonskiy ta'limning
bola taraqqiyotidagi o’rniga alohida ahamiyat beradi. Shuning uchun o’quvchilarning aqliy rivojlanishi
to’g’ridan-to’g’ri maktab dasturi mazmuniga bog’liq ekanligini ta'kidlaydi. Uning fikricha, ta'lim
jarayonida bolalar ma'lum qoida asosida faoliyat qilishga odatlanadilar. Ta'lim ta'siri natijasida
o’quvchilarda o’z-o’zini va o’zining aqliy faoliyatinn nazorat qilish yuzaga keladi.
Psixolog-olimlardan
V.V.Davidov,
P.Ya.Galperin,
D.B.Elkonin,
N.AMenchinskaya,
A.A.Lyublinskaya, E.G’.G’ozievlar o’z tadqiqotlarida ta'limning taraqqiyotdagi yetakchi rolini
ta'kidlashadi.
Psixik taraqqiyotning omillari va sharoitlari aniqlab olingan taqdirda ham, psixikada yuzaga
keladigan o’zgarishlarning manbalari, psixik rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuchlar nimalardan
iborat, degan savolning tug’ilish, tabiiydir.
Bolaning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuchlar murakkab va turli-tumandir.
Rivojlanishning moxiyatini qarama-qarshiliklar kurashidan, ichki ziddiyatlar bolaning, psixik
rivojlanishini bevosita harakatga keltiruvchi kuchlar, ta'lim va tarbiya jarayonida yuzaga keladigan
hamda bartaraf qilinadigan esqiliq va yangilik o’rtasidagi qarama-qarshiliklardan iboratdir. Bunday
ziddiyatlarga, masalan, faoliyat tomonidan yuzaga keladigan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish
imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyatlar; bolaning o’sib borayotgan jismoniy va ruhiy imkoniyatlari bilan
eski, tarkib topgan o’zaro munosabat shakllari va faoliyat turlari o’rtasidagi ziddiyatlar; jamiyat,
jamoa, katta odamlar tomonidan kundan-kunga ortib borayotgan talablar bilan psixik taraqqiyotning
mazkur darajasi o’rtasidagi ziddiyatlar kiradi.
Masalan, kichik maktab yoshidagi o’quvchida mustaqil irodaviy faoliyatga nisbatan bo’lgan
tayyorlik bilan xatti-harakatlarning mavjud vaziyatga yoki bevosita ichki kechinmalarga bog’liqligi
o’rtasida ziddiyat mavjuddir, o’smirlarda esa eng kuchli ziddiyatlar bir tomondan, uning o’ziga o’zi
baho berishi va o’z talablari darajasi va ikkinchi tomondan, atrofdagilarning unga nisbatan bo’lgan
munosabatlari haqidagi ichki kechinmasi o’rtasida, shuningdek, o’zining jamoadagi real mavqei
to’g’risidagi ichki kechinmasi o’rtasida; katta odamlar hayotida to’la huquqli a'zo sifatida qatnashishi
ehtiyoji bilan bunga o’z imkoniyatlarining mos kelmasligi o’rtasida paydo bo’ladi.
Ko’rsatilgan barcha ziddiyatlar birmuncha yuqori darajadagi psixik. faoliyatlarni tarkib toptirish
orqali bartaraf qilinadi. Natijada bola psixik rivojlanishning yanada yuksakroq bosqichiga ko’tariladi.
Ehtiyojqondiriladi - ziddiyat yo’qoladi. Biroq qondirilganehtiyoj, yangi ehtiyojni tug’diradi.
Bu ziddiyat boshqa bir ziddiyat bilan almashinadi, taraqqiyot davom etadi.
Rivojlanish faqat sof miqdor o’zgarishlari jarayonidan, ya'ni qandaydir psixik xodisalarning,
xususiyat va sifatlarning ko’payishi yoki kamayishidan iborat bo’lib qolmay, balki sifat jihatdan yangi
xususiyatlarning, ya'ni yangidan hosil qilingan sifatlarning paydo bo’lishi bilan bog’liqdirdir.
266
Psixologlar psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari borligini qayd etib ko’rsatmoqdalar.
Biroq muhit ta'siriga nisbatan bu qonuniyatlar ikkilamchidir, chunki bu qonuniyatlarning o’ziga xos
xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatga va tarbiyaga bog’liqdir. Mana shunday umumiy
qonuniyatlarga birinchi navbatda, psixik rivojlanishning notekisligi kiradi. Buning moxiyati shundan
iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta'lim va tarbiyaning eng qulay sharoitlarida ham shaxsning turli
psixik belgilari, funksiyalari va xususiyatlari rivojlanishning bitta darajasida to’xtab turmaydi.
Bolaning ayrim yosh davrlarida psixikaning u yoki bu yo’nalishlarida rivojlanish uchun nig’oyatda
qulay sharoitlar paydo bo’ladi va bu sharoitlarning ba'zilari vaqtinchalik, o’tkinchi xarakterda bo’ladi.
U yoki bu psixik xususiyatlar va sifatlarning rivojlanishi uchun eng qulay sharoitlar bo’lgan ana
shunday yosh davrlari senzitiv davrlar deb ataladi. (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev). Bunday senzitivlik
davrining mavjudligiga miyaning organik jihatdan yetilish qonuniyati ham, ayrim psixik jarayonlar,
xususiyatlar, hayotiy tajriba ham sabab bo’ladi. Shunday qilib, bolaning, maktab o’quvchisining psixik
rivojlanishi - murakkab taraqqiyot jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |