249
vazifasi belgilanadi, uning obtekti va sub'ekti tanlanadi, yakka shaxslar, gurux va jamoa bilan o’tkazish
rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi.
Suxbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson
psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suxbat orqali turli yoshdagi odamlarning tafakkuri, aql-
zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, bilim saviyasi, e'tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma'lumotlar
olinadi.
6. Test metodi. Test - inglizcha "sinash", ".tekshirish" degan ma'noni anglatadi, Shaxsning aqliy
o’sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan
qisqa standart masala, topshiriq, misol yoki jumboqlar test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning
qanday kasb egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste'dodlilar va aqli
zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo’llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning
ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining maxoratiga va qiziqishiga, to’plangan ma'lumotlarning
ob'ektivligi va ularni ilmiy taxlil qila bilishiga bog’liqdir.
1905 yil franso’zpsixologlari A.Bine va A.Simonlar insonning aqliy o’sish va iste'dod
darajalarini o’lchash imkoniyati borligi g’oyasini olg’a surganidan keyin psixologiyada test metodi
bo’llanila boshlandi. Hozirgi zamon nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg,
Kettel, Veksler, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng
keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlari (ular darsliklarida berilgan
bilim va malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlari (aqliy rivojlanish darajasini
o’lchashga mo’ljallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emosiyasi, qiziqishi, motivasiyasi va xulqini
baholashga yo’naltirilgan diagnostik usullardan iboratdir), shaxs "loyixasi" (proektiv) testlari
(savollarga bitta aniq javob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatining "loyixasi"
ishlab chiqiladi) kiradi.
7. Biografik (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq qilish uchun uning hayoti, faoliyati,
ijodiyoti to’g’risidagi og’zaki va yozma ma'lumotlar biografik metod orqali o’rganiladi. Bu borada
kishilarning tarjimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o’zgalar ijodiga bergan baholari, taqrizlari
alohida o’rin egallaydi.
Shu bilan birga o’zgalar tomonidan to’plangan tarjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar,
xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, magnitafon ovozlari, fotolavhalar, xujjatli filmlar, taqrizlar
o’rganilayotgan shaxs haqida to’la tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma'lumotlari inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatishda, uning suxbat va tajriba
metodlari bilan o’rganib bo’lmaydigan jihatlarini ochishda yordam beradi.
Biografik ma'lumotlar odamlarning o’zini o’zi tarbiyalashi, nazorat qilishi, idora egishi
( o’zining uslubini yaratishi, kamolot cho’qqisiga erishish jarayonida namuna vazifasini o’taydi.
8. Sosiometrik metod. Bu metod kichik gurux a'zolari o’rtasidagi bevosita emosional
munosabatlarni o’rganish va ularning darajasini o’lchashda qo’llaniladi, Unga amerikalik sosiolog
Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruxdagi har bir a'zoning o’zaro
munosabatini aniqlash uchun uning qaysi faoliyatida kim bilan birga qatnashishi so’raladi.
Tadqiqotning sotsiometrik metodi sharoitga muvofiqlashtirilgan kichik guruxlardagi shaxslararo
munosabatni o’lchash usuli hisoblanadi. Bu usulda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga
ketma-ket javob qaytarish orqali gurux a'zolarining o’zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari maktabdagi o’quvchilar jamoasi, mehnat lagerlari, oliy maktablar,
mehnat jamolari va turli muassasalarning xodimlari o’rtasidagi munosabatlarning xususiyatlari,
dinamikasi, shaxslararo ziddiyatlarning sababi shu metod yordamida o’rganiladi. Umuman olganda,
sosiometriya metodidan turli yoshdagi, ikki xil jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruxlaridagi
psixologik qonuniyatlarni tadbiq etishda unumli foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: