Microsoft Word kasbiy psixologiya \355.\355.\355


 Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/558
Sana05.07.2021
Hajmi4,45 Mb.
#109653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   558
Bog'liq
kasbiy psixologiya

1.2. Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsadi, vazifalari
  XXI  asrda  juda  ko’plab  davlatlarda  bo’lgani  kabi  dunyo  xaritasida  munosib  o’rin  olgan 
mustaqil  O’zbekistonda  ham  barcha  sohalarda  tub  islohotlar  boshlandi.  Bu  islohotlarning  barchasi 
inson  omilini  har  qachongidan  ham  yuqori  saviyaga  ko’tarib,  uning  kuchi,  idroki,  salohiyati,  ruhiy 
hamda  ma’naviy  barkamolligini  bevosita  taraqqiyot,  rivojlanish  va  sivilizasiya  bilan  o’zviy  bog’ladi. 
Bundan  inson  va  uning  mukammalligi,  o’z  ustida  ishlashi,  o’z  mukammalligi  xususida  qayg’urishi 
muammosi har qachongidan ham dolzarb masalaga aylandi. 
Shuning  uchun  ham  nafaqat  psixologiyadan  mutaxassislar  tayyorlaydigan  bilim  dargohlarida, 
balki  barcha  bilim  dargohlarida,  hattoki  yangi  tipdagi  maktablar  –  litseylar  va  kollejlarda  ham 
psixologiyadan  saboq  berish  rejalashtirilganligi  sababli  nopedagogik  oliy  ta’lim  muassasalari 
talabalariga  kasbiy  psixologiya  kiritilgan.  Mazkur  kursning  asosiy  maqsadi  –  o’zlari  o’qitadigan 
fanlardan  ma’ruzalar,  amaliy  mashg’ulotlar,  laboratoriya  mashg’ulotlari  tashkil  etish  metodikasi  – 
ya’ni  ularni  pedagogik  texnologiya  asosida  qanday  tashkil  etish  qaysi  ilg’or  usul  va  vositalardan 
foydalanilsa, samaradorlikka erishish mumkinligi talabalar bilan birgalikda o’rganiladi hamda talabalar 
bilimini  baholash,  pedagogik  amaliyot  davomida  olib  boriladigan  ishlar,  talabalarning  mustaqil 
ishlarini  tashkil  etish  haqida  ma’lumotlar  beriladi.  Bularning  barchasi  bo’lajak  mutaxassis  uchun 
o’zish  faoliyatlarini  tashkil  etishga  katta  yordam  beradi,  ta’lim  jarayonini,  darsdan  tashqari  talabalar 
faoliyatini  to’la  va  oqilona  boshqara  olishlariga  ko’maklashadi.  Bu  vazifalarni  mukammal  egallash 
ayniqsa  bo’lg’usi  pedagoglar  uchun  zarur.  Chunki  o’qituvchilik  kasbi  barcha  kasblarning  onasidir  – 
ya’ni  o’qituvchi  barcha  kasb  egalarini  tarbiyalaydi.  O’qituvchi  maktabdagi  ta’lim  –  tarbiya 
jarayonining  asosiy  tashkilotchisidir.  Ta’lim-tarbiya  davriy  hodisa  emas,  u  muttasil  davom  etadigan 
o’zluksiz jarayondir.  
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisining  to’qqizinchi  sessiyasidagi  “O’zbekistondagi  demokratik  o’zgarishlarni 
yanada  chuqurlashtirish  va  fuqorolik  jamiyati  asoslarini  shakllantirishning  asosiy  yo’nalishlari” 
mavzuidagi  ma’ruzasida  yettinchi  ustuvor  yo’nalish  deb,  barcha  islohotlarning  pirovard  natijasini 
belgilab beradigan inson omili va mezoni ekanligi besabab ko’rsatib berilmagandir.
1
 
  Inson  psixologiyasini  bilish,  o’z  taraqqiyotini  va  iqtidorini  tashkil  etishni  bilish,  har  qanday 
yosh  davrda  ham  optimal  ravishda  ishga  yaroqlilikni,  turli  o’zgarishlarga  psixologik  jihatdan 
tayyorlikni ta’minlash,  yangicha fikrlash va tafakkur qilish, ro’y berayotgan jarayonlarni obyektiv va 
to’g’ri idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish muammosini ilgari surdi. 
                                                 
1
Каримов  И.  А.  Ўзбекистонда  демократик  ўзгаришларни    янада    чуқурлаштириш  ва  фуқаролик  жамияти  асосларини 
шакллантиришнинг асосий йўналишлари.-  “Туркистон,” 2002  йил 31 август. 
 
 



 
Shunday qilib, yangi davr har bir insondan o’z ichki imkoniyatlarini adekvat bilish, shu bilimlar 
zahirasi  bilan  yaqinlari  va  hamkasblari  psixik  dunyosini  bilishni  talab  qilmoqda.  Buyuk  Suqrot  o’z 
davrida «O’z - o’zingni bil!» degan shiorni o’rtaga tashlagan bo’lsa, yangi davr «o’z yoningdagilarni 
va  ularning  qilayotgan  ishlarini  ham  bil»,  degan  shiorni  har  qachongidan  ham  dolzarb  qilib  qo’ydi. 
Ayni  shu  muammoni  yechishda  hozirgi  zamon  psixologiya  ilmi  va  amaliyotining  roli  benihoya 
kattadir. 
  An’anaga  aylanib  qolgan  hodisalardan  biri  shuki,  psixologiya  va  u  o’rganadigan  hodisalarni 
faqatgina  ushbu  fan  bilan  bevosita  shug’ullanadigan  kimsalar  o’rganib  kelishgan,  zero,  psixologik 
hodisalar bilan har qanday inson ham tanish bo’lishi va u inson hayotining asosini tashkil etishi kerak. 
Yangi davr va uning o’zgarishlarga boy hayoti endi har bir kishining psixik hodisalar qonuniyatlarini 
bilish va shunga mos tarzda oqilona va omilkorona ish yuritish zaruratini talab qilmoqda. 
Keyingi  yillarda  butun  jahon  miqyosida,  shu  jumladan  Respublikamizda  qaysi  soha 
mutaxasislari bo’lishidan qat’iy nazar ularni psixologik bilimlar bilan qurollantirish masalasiga alohida 
e’tibor  berilmoqda.  Hozirgi  sharoitda  kelajak  avlodni  yetuk,  barkamol  inson  qilib  tarbiyalashda 
o’qituvchilarning o’rni benihoya toshgan. Shuning uchun bo’lajak o’qituvchidan oliy o’quv yurtida o’z 
mutaxassisliklarini  chuqur  egallashdan  tashqari  talabalar  psixikasidagi  yosh  va  individual 
xususiyatlarni  farqlay  olishga,  shaxs  taraqqiyoti  jarayonini  kuzatishdan  to’g’ri  psixologik-pedagogik 
xulosalar chiqara bilishga o’rganish talab etilmoqda. Chunki bu – ta’lim va tarbiya sirlarini mukammal 
egallagan o’qituvchilar tayyorlashning muhim sharti hisoblanadi. 
Agar  pedagog  insonni  har  tomonlama  yetuk  qilib  tarbiyalamoqchi  bo’lsa,  ya’ni  komil  insonni 
voyaga yetkazish uchun uni har tomonlama o’rganishi kerak. 
  Psixologiyaning  nazariy  muammolarini  chuqur  o’rganmay  turib,  mazkur  fandan  hech 
bo’lmaganda  sodda  va  bajarilishi  oson  bo’lgan  amaliy  mashg’ulotlar  o’tkazish  ko’nikma  va 
malakalarini egallamay turib, talabalarning psixik xususiyatlarini bilishga erishib bo’lmaydi, albatta. 
Ko’hna  va  hamisha  navqiron  mamlakatimiz  uchun  ijtimoiy  taraqqiyot  psixologik  nuqtai 
nazardan idrok qilinsa, mantiqiy tahlil etilsa, halqimizning etnopsixologik bilimlardan ta’lim va tarbiya 
jarayonida  foydalanganligi,  harbiy  yurishlarda  jangchilarga  psixologik  ta’sir  o’tkazganligi,  ularda 
ishonch  va  e’tiqod  hissi  uyg’otganligi,  muomalaning  verbal  va  noverbal  ko’rinishlarini  amaliyotda 
qo’llanganligi,  o’rta  asrlarning  Forobiy,  Beruniy,  Xorazmiy,  Ibn  Sino  singari  zabardast  olimlarining 
ijodiy  mahsullaridan  tortib,  to  XX  asrning  30-yillari  oralig’ida  ilmiy  tadqiqotlar  qilinganligi  bu 
isbottalab qilinmaydigan haqiqatdir. 
Inson  o’zini  o’rab  olgan  ijtimoiy  muhitda  yashaydi  va  harakat  qiladi.  Uhar  qanday  ehtiyojga 
muhtojdir  va  uni  qanoatlantirishga  (qondirishga)  intiladi.  Tevarak  –  atrofdagi  muhitdan  har  xil 
axborotlar  (informasiyalar)  qabul  qiladi  va  o’zini  shunga  muvofiqlashtirishga  harakat  qiladi. 
Dunyodagi  real  obrazlarni  miyasida  ongli  shakllantirishga  kirishadi,  shunga  qarab  o’zining  shu 
muhitda  qanday  harakat  qilish  kerakligi  to’g’risida,  u  yoki  bu  voqyeaga  qanday  yondashish  uchun 
rejalar  tuzadi.  O’zining  oldiga  qo’ygan  maqsadlarini  o’z  harakat  natijalariga  solishtirib  ko’radi,  o’z 
boshidan  juda  katta  hissiy  (emosional)  holatni  kechiradi.  Hayot  faoliyatidagi  ba’zi  kamchilik  va 
xatoliklarni to’g’rilash yo’llarini ajratadi.  
 
 



 
 
Buning  uchun  o’ylaydi,  fikr  yuritadi,  hayajonlanadi.  Ba’zan  o’zini  tuta  olmay  pessimizmga 
berilib  ketadi.  Nihoyat,  o’zini  tutib  oladi,  o’z  oldiga  qo’ygan  maqsadga  erishishga  butun  kuchini 
qaratadi.  Mana  shu  holatlarning  hammasi  kishining  psixik  faoliyati  hisoblanadi.  Ana  shu  psixik 
faoliyat qonuniyatlarni o’rganuvchi fan psixologiya fanidir. “Psixologiya” so’zi ikkita grek so’zlaridan 
-  “psyche”  -  jon,  ruh  va  “logos”  -  ta’limot,  ilm  so’zlaridan  iborat  bo’lib,  an’anaviy  ma’noda  inson 
ruhiy  dunyosiga  aloqador  bo’lgan  holatlar  va  jarayonlar  uning  predmetini  tashkil  etadi.  Boshqacha 
qilib  aytganda,  psixologiyaning  predmetini  har  birimizning  tashqi  olamni  va  o’z-o’zimizni 
bilishimizning  asosida  yotgan  jarayonlar,  hodisalar,  holatlar  va  shakllangan  xislatlar  tashkil  etadi. 
Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’riflaydi. Psixika 
–  bu  inson  ruhiyatining  shunday  holatiki,  u  tashqi  olamni  (ichki  ruhiy  olamni  ham)  ongli  tarzda  aks 
ettirishimiz,  ya’ni  bilishimiz,  anglashimizni  ta’minlaydi.  Lekin  bu  qisqa  ta’riflardan  psixikaga 
aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. 
Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab 
va  xilma-xilki,  biz  ba’zan  o’z-o’zimizni  ham  tushunmay  qolamiz.  Shuning  uchun  ham  odamlarning 
bilimdonligi  nafaqat  tashqi  olamda  ro’y  berayotgan  obyektiv  hodisalar  mohiyatiga  aloqador  bilimlar 
majmuiga  ega  bo’lishi  bilan,  balki  hayotda  munosib  o’rin  egallash,  o’z  ichki  imkoniyatlari  va 
o’zgalarga  ta’sir  ko’rsatishning  usullarini  bilish  va  ulardan  o’z  o’rnida  unumli  foydalanishni  nazarda 
tutadi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   558




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish