237
salkam 75 yil davom etgan yangi mustamlakachilik sah’ifasini boshlab berdi.
Natijada chor mustamlakachilik imperiyasi wrnini «qizil imperiya» egalladi.
Yangi mustamlakachilik zulmi ostida yashagan wlka xalqlari bolsheviklar
«sotsialistik tajribasi»ning barcha mashum mushkulotlarini boshdan kechirdilar.
Eng achinarlisi shundaki, respublikadagi ijtimoiy-siёsiy tarixiy jaraёnning wta
murakkab va ziddiyatli kechishi kwplab qurbonlar berilishiga, madaniy va
manaviy ywqotishlarga olib keldi.
Oktyabr twntarishidan keyin Wzbekistonning Turkiston h’ududida bwlgan
anchagina qismi Turkiston Avtonom Respublikasi sifatida RSFSR tarkibiga
qwshib olindi. 1924 yilda zwraki wtkazilgan milliy-h’ududiy
chegaralanish
natijasida Wzbekiston SSR tashkil topib, SSR İttifoqi tarkibiga kiritildi. SSR
İttifoqi wz moh’iyatiga kwra unitar (qwshma) davlat edi. Oqibatda Wzbekiston
twla-twkis Moskvaga qaram bwlib qoldi. Wzbekiston SSR faqat nimgagina
mustaql edi. Respublikaning rah’bar organlari Kompartiya Markaziy Qwmitasi
(MQ) va İttifoq h’ukumati tomonidan tayinlanar, binobarin, ularga bwysunardi.
Ular respublika va uning xalqlari manfaatlari emas, balki Markaz (Moskva;
umuman Sovet Rossiyasi.-
Tah’ririyat) manfaatlari ywlida siёsat yurgizishga
majbur edilar. Wzbekiston xalqlarining suveren h’uquqlari
asosida ularning tub
manfaatlarini h’imoya qilishga qaratilgan ularning tub manfaatlarini h’imoya
qilishga qaratilgan vatanparvarlik kayfiyatidagi milliy rah’barlarning
chiqishlarini mustabid tuzum g’oyat qatiyatlik bilan barh’am toptirardi.
Mustabid tuzum Wzbekistonni Markaz tarkibidagi mustamlaka sifatida wz
iskanjasida doimiy saqlab qolish va uni metropoliyaning xom ashё bazasi va
mah’sulot bozori sifatidagi h’olatini yanada mustah’kamlashga intildi. Bunday
siёsat oqibatida respublikaning iqtisodiy rivojlanishi bir tomonlama kechdi,
uning qishloq xwjaligi tobora kwproq paxtachilik ywnalishiga ega bwlib bordi,
shu alfozda paxta yakkah’okimligi qaror topdi. Wzbekiston sanoati asosan
qishloq xwjaligi extiёjlariga xizmat qilishga ywnaltirilgan edi. Sanoatda qishloq
xwjaligi mah’sulotlariga dastlabki tarzda ishlov beradigan tarmoqlar asosiy
wrinni egallardi. Respublika xom ashёsining pirovard mah’suloti İttifoq
sanoat
markazlarida ishlab chiqarilar, binobarin, foydaning asosiy qismi h’am wsha
erda qolardi.
Markazning Wzbekitondagi mustamlakachilik siёsati respublikaning
madaniy rivojida h’am wzining yaqqol ifodasini topdi. Garchi bu soh’ada
birmuncha ijobiy siljishlarga erishilgan bwlsa-da, wlka xalqlarining manaviy
h’aёti twla-twkis wz davrining h’ukmron mafkurasi va siёsati tasiriga olindi,
baynalmilallik niqobi ostida respublikani ruslashtirishga intilish rwy berdi.
Wzbek xalqining milliy madaniy qadriyatlari oёqosti qilindi, Wzbek tili ikkinchi
darajali tilga, rus tili esa davlat va asosiy muomala tiliga aylantirildi.
Darvoqe, Markazning bunday mafkura siёsati tufayli xalqimiz h’aёtining
barcha soh’alariga putur etkazilganligini takidlash barobarida
respublika tarixiy
wtmishining sovet davrida h’am bir qator ijobiy ishlar qilinganligini aytib
wtmaslik noxolislik bwlur edi. Zero, wsha yillarda xalqimizning fidokorona
meh’nati bilan kwplab zavod va fabrikalar qurildi, millionlab gektar yangi erlar
wzlashtirildi, katta-katta kanallar qazildi, qishloq xwjaligining moddiy-texnika
238
negizi mustah’kamlandi, uning mah’sulotlari h’ajmi ortdi. Wnlarcha oliy va wrta
maxsus
wquv yurtlari ochildi, ularda xalq xwjaligining barcha tarmoqlari uchun
mutaxassislar tayёrlandi, umumtalim maktablari h’unar-texnika bilim
yurtlarining keng tarmog’i tashkil etildi, kwpgina madaniy-marifiy muassasalar
barpo qilindi. Natijada ah’olining talimiy va madaniy saviyasi oshdi. Twg’ri, bu
yutuqlarning barchasiga mustabid tuzum davrida aytish odat bwlib qolgan
«partiyaning dono siёsati» tufayli emas, balki xalqimizning sadoqatli, fidokorona
meh’nati tufayli erishildi.
Biroq, shuni aloh’ida
takidlash joizki, og’ir va mashaqqatli meh’natlar
evaziga yaratilgan ana shu moddiy boyliklar wzbek xalqi, uning farovonligi
uchun xizmat qilmadi. Aksincha, bu moddiy-manaviy boyliklar wzbek xalqini
kamsitish, milliy g’ururini oёqosti qilish, wzligini unuttirish, kommunistik
mafkurani yanada kuchaytirish uchun xizmat qildi. Wzbekiston h’ududida bunёd
etilgan korxonalar (ayniqsa, kimё kombinatlari), keragidan ortiqcha
wzlashtirilgan
qwriq va bwz erlar, qazilgan kanallar, qurilgan suv omborlari
respublikaning ekologik ah’volini murakkablashtirdi, Orol dengizining qurib
borishini tezlashtirdi, dexqonchilik erlari tarkibini wzlashtirib yubordi, atrof
muh’itni, ichimlik suvini zaxarladi. Modomiki shunday ekan,
Sovet davlati
«eksperimentlari» natijasida barcha xalqlar boshiga tushgan fojialar va
kulfatlarni, mustabid tuzum, h’ukmron partiya tomonidan sovet xalqlariga qarshi
olib borilgan zwrovonlik va g’ayriinsoniy siёsatni h’uch qachon oqlash mumkin
emas.
Do'stlaringiz bilan baham: