Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc


«Rashah’otu ayn ul-h’aёt»



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/276
Sana04.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#109215
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   276
16.2.10. «Rashah’otu ayn ul-h’aёt» 
«Rashah’otu ayn ul-h’aёt» («Haёt chashmasidan tomchilar», 1503 yili 
ёzib tamomlangan) xoja Ubaydulla Ah’ror h’aqida ёzilgan muh’im bir asardir. 
Asar muallifi kwpincha as-Safiy (1453-1513 yy.) taxallusi bilan mashh’ur 
bwlgan iloh’iёt, h’adis, tafsir va adabiёt fanlarini chuqur bilgan olimdir. Uning 
twla ismi Faxruddin Ali ibn Ali al-voiz al-Koshifiy al-Bayh’aqiydir. Asarlaridan 
malum bwlishicha, u Bayh’aq (Eron)ning wqimishli xonadonlaridan biriga 
mansub bwlib, otasi iloh’iёt, tafsir va h’adis ilmiga oid asarlar ёzgan va 
Naqshbandiya tariqatining etakchilaridan xoja Ubaydulla Ah’ror (1404-1490 
yy.), xoja Yah’ё va boshqalarning diqqat etiborini qozongan kishidir. As-
Safiyning wzi xoja Ubaydulla Ah’rorning muridlari jumlasidan bwlib, uning 
kotibi lavozimida ishlagan. Xoja Ah’ror vafot etgandan keyin, temuriy Sulton 
Husayn xizmatiga kirgan va uning voizi bwlib xizmat qilgan. 


 
192
As-Safiy turli soh’alarga oid 10 ga yaqin asar ёzib qoldirgan. Turli latifa 
va badialarni wz ichiga olgan «Latoif az-zaroif» («Zarofatli kishilarning 
latifalari»), «Mah’mud va Oёz» dostoni, al-kimёga bag’ishlangan «Tuxfat ul-
xoniy» («Xonning tuxfasi»), «Hirz al-omon min fatan az-zamon» («Zamonning 
ziyrakligi bilan joduni qaytaradigan tumor»), «Axloqi Muh’siniy», 
Naqshbandiya tariqatining talimoti va uning yirik namoёndalari h’aёti va 
faoliyatiga bag’ishlangan «Usuli Naqshbandiya» kabi asarlar shular 
jumlasidandir. Bundan tashqari, as-Safiy tarjimonlik bilan shug’ullangan. 
Masalan, u shayx Shih’obuddin Suh’ravardiyning (vaf.1234 y.) «Uyun al-
h’aqoiq va ixoh’ al-taroiq» («Haqiqatlar bulog’i va tariqatlar izoh’i») kitobini 
arabchadan fors tiliga tarjima qilgan. Bu tarjima «Kitob kashf ul-asrori Qosimiy» 
(«Qosimiy sirlarining kashf etilishi h’aqida kitob») nomi bilan malum. As-Safiy 
Sharqda mashh’ur bwlgan «Kalila va Dimna» asarini h’am qayta ishlagan va 
unga «Anvori Suh’ayliy» («Suh’ayl yulduzining nurlari») deb nom bergan.  
Wzbekistonning XV asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siёsiy tarixini 
wrganishda as-Safiyning ayniqsa «Rashah’ot» asari muh’im wrin tutadi. Asar 
Naqshbandiya tariqati mashoilarining qisqacha tarjimai h’oli h’amda tariqatning 
yirik namoёndalaridan xoja Ubaydulla Ah’rorning h’aёti va maqomotlarini wz 
ichiga oladi. 
As-Safiy wz asarini ёzishda xoja Muh’ammad Porsoning «Fasl ul-xitob», 
Shih’obuddin ibn Amir Hamza (vaf.1405 y.)ning «Maqoqoti Amir Kulol», 
Muh’ammad al-Buxoriyning (XII asr) «Maslak ul-orifin», Mavlono Muh’ammad 
qozining (vaf.1516 y.)ning «Silsilat ul-orifin va tazkirat as-siddiqin» asarlaridan 
foydalangan. Lekin asarning katta qismi, yani xoja Ubaydulla Ah’rorning h’aёti 
va faoliyati h’aqidagi qismi, muallifning shaxsiy kuzatuvlari va swrab-surishtirib 
twplagan malumotlari asosida ёzilgan. 
«Rashah’ot» qisqacha swz boshi-debocha, kirish-maqola va uch qismdan 
iborat. 
Swz boshida mazkur asarning ёzilish sabablari, muallifning ismi sharifi, 
asarning  ёzilib tamomlangan vaqti, shuningdek, xoja Ubaydulla Ah’rorning 
Naqshbandiya tariqatiga munosabati h’aqida swz boradi. 
Kirish qismida Naqshbandiya tariqati mashoyixlarining, xoja Yusuf 
Hamadoniydan to mavlono Shamsuddin Ruh’iygacha qisqacha tarjimai h’oli 
baёn qilingan. 
Asarning I-III qismlarida xoja Ubaydulla Ah’ror va uning farzandlari, xoja 
Zikriё, xoja Yah’ё, shuningdek, zoja Ah’rorning yaqin muridlarining h’aёti va 
maqomotlari h’aqida h’ikoya qilinadi. 
«Rashah’ot»ning biz uchun qimmatli tomoni shundaki, unda, ayniqsa 
asarning uchinchi qismida, Wzbekistonning XV asrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va 
siёsiy avoliga oid qimmatli malumotlar mavjud. Xoja Ubaydulla Ah’rorning er-
suvlari va boshqa mulki, tamg’a solig’i, xorijiy mamlakatlar bilan bwlgan savdo-
sotiq aloqalari va mamlakatda kuchayib ketgan wzaro kurash va bunda 
musulmon ruh’oniylari, xususan xoja Ah’rorning ishtiroki h’aqidagi malumot va 
xabarlar shular jumlasidandir. 


 
193
«Rashah’ot» Hindistonda 1890, 1897 va 1906 yillari h’amda Toshkentda 
1911 yili chop etilgan. Asar arab, 1852, 1889 yillari h’amda turk tiliga 1888 yili 
tarjima qilingan. 
XVI-XVIII asrlarda ёzilgan maqomotlar h’am bir talay. Ular h’am 
biografik asarlar sirasiga kiradi. Ularning kwplari XVI asrga oiddir. Mah’dumi 
Azam Kosoniyning nabirasi xoja Abulbaqoning qaoamiga mansub bwlgan «Jomi 
ul-maqomoti Mah’dumi Azam Kosoniy» («Mah’dumi Azam Kosoniy 
maqomotlari majmui»). Muh’ammad Rah’im tarafidan ёzilgan «Siroj us-salokin 
va latoif ul-orifin» («Twg’ri ywldan boruvchilar uchun chirog’ va donolarning 
lutf swzlari»). Dwstmuh’ammad al-Buxoriyning «Juybor ul-asror» («Kwp 
irmoqli manzilning siru asrorlari»). Husayn ibn Mir Husayn Saraxsiyning 
«Manoqibi sadiya» («Xoja)Sadning maqomotlari»), Muh’ammad Tolib ibn xoja 
Tojiddinning «Matlab ut-tolibin» («Toliblar matlabi») kitobi, Badriddin 
Kashmiriyning «Ravzat ur-rizvon va h’adiqat ul-g’ilmon» («Jannat bog’i va 
changalzor mah’ramlari»), XVII-XIX asrlarda ёzilgan asarlardan Muh’ammad 
Qosimning «Nasimot ul-quds» («Qudsiylikning mayin shabadasi»), Muh’ammad 
Avazning «Ziё al-qulub» («Qalblar ziёsi»), xoja Hoshim Kishmiyning «Zubdat 
ul-maqomot» («Maqomotlar zubdasi»), Sayid Ali Zindaning «Samarot ul-
mashoyix» («Mashoyixlar natijasi»), Muh’ammad Toh’ir ibn Muh’ammad 
Tayyib Xorazmiyning «Silsilati xojagoni Naqshbandiya» («Naqshbandiya 
xojalarining silsilasi») shular jumlasidandir. 
XVI-XVII asrlarda yaratilgan uch-twrt asarga aloh’ida twxtalamiz.  
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish