Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Bankni ro‘yxatiga olish hamda litsenziya berish tartibi



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Bankni ro‘yxatiga olish hamda litsenziya berish tartibi 
2. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi. 
Bu bosqich uch davrni o‘z ichiga oladi: 
Bank  ochish  haqidagi  ariza  bilan  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  bankiga 
murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova  qilinishi kerak: 
-yangi tashkil etilayotgan bankni ta’sis etish bo‘yicha xujjat; 
-muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda 
tasdiqlangan  ta’sis  shartnomasi.  Ta’sis  etuvchilar  jismoniy  shaxs  bo‘lganlarida  ularning 
imzolari notarial tasdiqlanadi; 
-muassis aksiyadorlar yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch 
nusxada imzolangan bank ustavi; 
-bank  tashkil  etish  haqidagi  qaror,  ustav  kapitalining  miqdori  va  ustavni  tasdiqlash, 
bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o‘z ichiga 
olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta’sis yig‘ilishining bayonnomasi. 
O‘ayd  etib  o‘tilgan  hujjatlarning  loyihalari  Markaziy  bankning  banklarni 
litsenziyalash departamenti ma’qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi. 
Bulardan  tashqari,  Markaziy  bankka  muassislar  to‘g‘risidagi  ma’lumotlar:  bank 
kengashi  a’zolari  ro‘yxati  (kengash  raisi,  uning  birinchi  o‘rinbosari)  ko‘rsatilgan  holda 
ushbu  shaxslarning  Markaziy  bank  talablariga  muvofiq  kelishlarini  tasdiqlovchi 
ma’lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to‘g‘risidagi 
Nizomi,  kredit  siyosati  to‘g‘risidagi  Nizomi,  biznes  rejasi,  ariza  topshiruvchining 
muassislar  nomidan  ariza  topshirish  vakolatini  tasdiqlovchi  hujjat,  tashkil  etilayotgan 
joydagi  Markaziy  bank  bosh  boshqarmasining  bank  tashkil  etishning  maqsadga 
muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish mo‘ljallanayotganligi 
haqida  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlariga  berilgan  bildirishning  nusxasi  ham 
topshirilishi lozim. 
Tijorat  banki  filialini  tashkil  etish  paytida  ham  ushbu  hujjatlar  (ta’sis  hujjatlaridan 
tashqari) taqdim etilishi kerak bo‘ladi. 


63 
 
Xorijiy  kapital  ishtirokidagi  tijorat  banki  tashkil  etilayotganda  yuqorida  ko‘rsatib 
o‘tilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi: 
-tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori; 
-norezident bankning O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi 
tomonidan tasdiqlangan ustavi; 
-bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini 
yuritish  uchun  litsenziyaga  egaligi  va  xususan,  qaytarib  berish  sharti  bilan  o‘z 
mamlakatida  pul  depozitlari  va  boshqa  boyliklarni  qabul  qilish  huquqiga  egaligini 
tasdiqlovchi xat; 
-bank  nazorati  organining  muassis  bankning  o‘zi  joylashgan  va  ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma; 
-muassis  bankning  oxirgi  uch  moliya  yili  uchun  tuzilgan,  auditorlik  firmasi 
tasdiqlagan 
yillik 
hisobotlari, 
shu 
jumladan, 
foyda 
va 
zararlar 
haqidagi 
konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti; 
-bank  nazorati  organi  muassis  bank  tashkil  etayotgan  bankning    ustav  kapitalida 
ishtirok  etishi  uchun  bergan  yozma  ruxsatnomasi  yoki  bunday  ruxsatnoma  muassis  bank 
mansub  bo‘lgan  davlatning  qonun  hujjatlariga  muvofiq  talab  etilmasligining  yozma 
tasdig‘i. 
Faoliyat  yuritib  turgan  banklar  ustav  kapitalidagi  hissa  xorijiy  shaxslar  tomonidan 
sotib  olinayotganda  ham  ushbu  hujjat  xorijiy  shaxs  tomonidan  Markaziy  bankka  taqdim 
etilishi lozim bo‘ladi. 
 
 Banklar  Markaziy  bankda  Tijorat  banklarini  ro‘yxatga  olish  kitobida  ro‘yxatga 
olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Ro‘yxatga olish bilan bir vaqtda 
ularga litsenziya beriladi. 
 Bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun muassislar dastlabki ruxsat olingan 
kundan boshlab uzog‘i bilan olti oy muddatda quyidagi talablarni bajarishlari shart: 
a)  muassislarning  vakolatli  shaxsi  imzolagan  bankni  ro‘yxatga  olish 
va litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani taqdim etish; 
b) bankni ro‘yxatga olish va litsenziya olish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan 
barcha zaruriy talablarni bajarish; 
v)  bank  binolari  muhofazasini  ta’minlash  hamda  muxandis-texnik  qo‘riqlash 
vositalari bilan jixozlash, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash; 
g)  Markaziy  bank  tomonidan  belgilangan  minimal  talabdan  kam  bo‘lmagan 
miqdorda  bank  ustav  kapitalini  shakllantirish  hamda  ustav  kapitaliga  yo‘naltirilgan 
to‘lovni tasdiqlovchi hujjatlarni va muassislar ro‘yxatini taqdim etish; 
d)  bank  boshqaruvi  raisi  va  uning  o‘rinbosarlari,  bosh  buxgalter  va  uning 
o‘rinbosarlari  egallab  turgan  lavozimlariga  kasbiy  muvofiqliligini  baholash  bo‘yicha 
Markaziy bankning ijobiy xulosasini taqdim etish; 
e) sanab o‘tilgan barcha hujjatlarning fayl (elektron) ko‘rinishdagi nusxalarini ham 
taqdim etish.  
 Bankni  ro‘yxatga  olish  to‘g‘risidagi  ariza  taqdim  etilganidan  so‘ng  Litsenziyalash 
departamenti  ochilayotgan  bankni  mazkur  Nizomning  talablariga  muvofiqligi  yuzasidan 


64 
 
tekshiradi. 
 Bankni  ro‘yxatga  olish  va  unga  litsenziya  berish  to‘g‘risidagi  qaror  Markaziy 
bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi. 
 Quyidagilar bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos 
bo‘ladi: 
a) ta’sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi; 
b) bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi; 
v) muassislar mablag‘lari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy tijorat 
banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari); 
g)  bank  ro‘yxatga  olinadigan  vaqtgacha  bank  eng  kam  ustav  kapitalining 
shakllantirilmaganligi; 
d)  bank  binolari  muhofazasining  ta’minlanmaganligi  hamda  muxandis-texnik 
qo‘riqlash vositalari bilan jixozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi; 
e) tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi. 
 Markaziy  bank  tomonidan  berilgan  litsenziya  bankka  unda  ko‘rsatilgan  faoliyat 
turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradi. 
 Tashkil  etilayotgan  bankni  boshqarish  imkoniyatlari,  umumiy  tavakkalchilik 
va kapital tuzilmasini o‘rganish asosida ayrim faoliyat turlari cheklab qo‘yilishi mumkin. 
 Litsenziya uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas. 
 CHet  el  valyutasida  operatsiyalar  amalga  oshirish  uchun  banklarga  «Tijorat 
banklariga  chet  el  valyutasida  operatsiyalarni  amalga  oshirish  uchun  litsenziyalar  berish 
qoidalari»ga (ro‘yxat raqami 463, 1998 yil 3 avgust) muvofiq bosh yoki ichki litsenziyalar 
beriladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining  "Valyutani  tartibga  solish  to‘g‘risida",  "O‘zbekiston 
Respublikasining  Markaziy  banki  to‘g‘risida"  xamda  "Ayrim  faoliyat  turlarini 
litsenziyalash  to‘g‘risida"gi  qonunlariga  muvofiq  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy 
banki  tijorat  banklariga,  ularning  arizasiga  ko‘ra  chet  el  valyutasida  operatsiyalar 
o‘tkazilishiga, ularning bunga tayerligidan kelib chiqib litsenziya beradi. 
 
 
Litsenziyalar bosh litsenziya va ichki litsenziyalarga bo‘linadi. Bosh 
litsenziya 
tijorat banklariga O‘zbekiston Respublikasi xududida xamda chet elda xorijiy valyutadagi 
operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan xuquqdir. 
Ichki  litsenziya  tijorat  banklariga  O‘zbekiston  Respublikasi  xududida  chet  el 
valyutasidagi  operatsiyalarni  to‘la  yoki  cheklangan  doirada  amalga  oshirish  uchun 
berilgan xuquqdir. 
 
CHet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish uchun bosh yoki ichki litsenziya olgan 
bank  (bundan  buyon  vakolatli  bank  deb  ataladi)  qonunchilikka  muvofiq  va  litsenziya 
shartlari asosida o‘z faoliyatini amalga oshiradi. 
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  tasdiqlagan  talabnomalar  asosida  tijorat 
banklari  chet  el  valyutasidagi  operatsiyalarni  amalga  oshirishga  qay  darajada  tayyor 
ekanligi aniqlanadi. Mazkur talablar malakaviy va texnik talablarga bo‘linadi. 
 
Tijorat  banklari  litsenziya  olish  uchun  mazkur  qoidalarning  ilovasida  ko‘rsatilgan 
xujjatlarni topshirishlari kerak. 


65 
 
 
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar  xujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq xolda taqdim etadilar. 
 
Bir  yildan  ortiq  faoliyat  ko‘rsatayotgan,  ya’ni  to‘la  moliyaviy  (operatsiya)  yilini 
tugatgan  va  rasmiy  yillik  xisobot  tayyorlayotgan  tijorat  banklarining  arizalarigina  ko‘rib 
chiqish uchun qabul qilinadi. Litsenziyalar xorijiy kapital ishtirokidagi banklar belgilangan 
muddatdan  ilgari  berilishi  mumkin.  Xususiy  tijorat  banklariga  chet  el  valyutasida 
operatsiyalarni  amalga  oshirish  uchun  litsenziyalar  ularning  faoliyatiga  olti  oy  to‘lishi 
bilan berilishi mumkin.  
 
 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish