Toshkent moliya instituti "bank ishi" kafedrasi "bank ishi"


Lombard tashkilotlarining faoliyati



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/156
Sana04.07.2021
Hajmi3,13 Mb.
#108947
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156
Bog'liq
bank ishi

Lombard tashkilotlarining faoliyati va ular tomonidan bajariladigan operatsiyalar 
Markaziy  bank  Boshqaruvining  2003  yil  22  sentyabrdagi  “Lombard  tashkilotlarining 
faoliyati  va  operatsiyalarni  amalga  oshirish”    23/4-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  tartibi 
asosida bajariladi. Ushbu tartib Adliya vazirligidan 1290-son bilan ro‘yhatga olingan. 
YUridik  shaxs  -  litsenziya  da’vogari,  lombard  tashkilotlari  faoliyatini  amalga 
oshirishga  litsenziyani  olish  uchun  litsenziyalovchi  organga  quyidagi  hujjatlarni  taqdim 
etadi: 
a)  lombard  tashkilotlarining  faoliyatini  amalga  oshirishga  litsenziya  berish 
to‘g‘risida  elektron  arizani to‘ldirish    yoki  shaklni  yuklab olish    unda  yuridik  shaxsning 
nomi  va  tashkiliy-huquqiy  shakli,  uning  joylashgan  joyi  (pochta  manzili)  va  bank 
hisobvarag‘ining rekvizitlari ko‘rsatiladi; 
b)  yuridik  shaxsning  davlat  ro‘yxatidan  o‘tganligi    to‘g‘risida  guvohnomaning 
notarial tasdiqlangan nusxasi; 


46 
 
v)  lombard  tashkilotlarining  boshqarish  vakolatiga  ega  organ  tomonidan 
tasdiqlangan bir yillik faoliyat uchun biznes-reja; 
g) muassislar ro‘yxati, quyidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda: 
 
Jismoniy shaxslar uchun: 
familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  pasport  ma’lumotlari,  yashash  joyining  pochta 
manzili, telefonlari; 
faoliyat turi, ish joyi, lavozimi (agar ishlasa); 
lombard  tashkilotlarining  ustav  fondidagi  ulushi  summasi,  shu  jumladan,  ustav 
fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida; 
 
Yuridik shaxslar uchun: 
to‘liq nomi, pochta manzili va telefon raqamlari, to‘lov rekvizitlari; 
lombard  tashkilotlarining  ustav  fondidagi  ulushi  summasi,  shu  jumladan,  ustav 
fondining umumiy summasiga nisbatan foiz hisobida. 
Barcha  muassislar  (ham  yuridik  va  ham  jismoniy  shaxslar)  uchun  ariza  taqdim 
qilingunga  qadar  oxirgi  besh  yil  mobaynida  sud  (jumladan,  xo‘jalik  sudi)  yoki  davlat 
organlari  tomonidan  bu  shaxsga  nisbatan  qo‘llanilgan  barcha  huquqiy  jazo  choralari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
d)  lombard  tashkilotlarining  boshqaruv  organlari  tuzilmasi  va  shaxsiy  tarkibi 
to‘g‘risida ma’lumotlar; 
e)  naqd  pul  mablag‘lari  va  garovga  olingan  mulklarning  saqlanishini 
ta’minlaydigan,  maxsus  jihozlangan  xonalar  (binolar)  mavjudligini  tasdiqlovchi 
ma’lumotlar; 
j) litsenziya da’vogarining lombard tashkilotlari shtatida baholash faoliyatini amalga 
oshirish  huquqiga tegishli  litsenziyasi  bo‘lgan,  maxsus kasbiy  tayyorgarlikka  ega hamda 
garovga  qabul  qilinayotgan  qimmatbaho  metal  va  qimmatbaho  toshlardan  yasalgan 
buyumlarni  yoki  ulardan  foydalanib  yasalgan  antikvariat,  qimmatli  ashyolar  va  boshqa 
ko‘char  mulk  buyumlarini  baholaydigan  malakali  mutaxassislar  mavjudligi  to‘g‘risida 
ma’lumot; 
z)  litsenziya  da’vogarning  arizasini  litsenziyalovchi  organ  tomonidan  ko‘rib 
chiqilishi uchun yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasining nusxasi. 
Lombard 
tashkilotlari 
ixtisoslashtirilgan 
tashkilot 
hisoblanadi. 
Lombard 
tashkilotlarini  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  funksiyasi  adliya  organlariga  yuklangan. 
Lombard tashkilotlari adliya organlari tomonidan davlat ro‘yhatidan o‘tkazilganligi uchun 
qonun  hujjatlarida  to‘lov  kunida  belgilangan  eng  kam  oylik  ish  xaqining    4  barobari 
miqdorida  davlat  boji  undiriladi.  Litsenziyalovchi  organ  tomonidan  litsenziya 
talabgorining  arizasi  ko‘rib  chiqilganligi  uchun  ariza  berilgan  kunda  qonun  hujjatlarida 
belgilangan  bitta  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdorida  yig‘im  undiriladi.  Lombard 
tashkilotlari  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqini  beruvchi  litsenziya  berilganligi  uchun 
to‘lov  kunida  qonun  hujjatlarida  belgilangan  eng  kam  oylik  ish  xaqining  besh  barobari 
miqdorida davlat boji undiriladi. 
Fuqarolardan  shaxsiy  iste’molga  mo‘jallangan  ko‘char  mol  mulkni  qisqa  muddatli 
kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilishga ixtisoslashgan tashkilotlar- litsenziyasi 
bo‘lgan  lombard  tashkilotlari  tomonidan  tadbikorlik  faoliyati  sifatida  amalga  oshirilishi 


47 
 
mumkin. Lombard tashkilotlarida ashyolarni garovga qo‘yish haqidagi sharnoma lombard 
tashkilotlari  tomonidan  garov  pattasi  berish  yo‘li  bilan  rasmiylashtiradi.  Garovga 
qo‘yilayotgan ashyolar lombard tashkilotlariga topshiriladi. Lombard tashkilotlari garovga 
qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o‘xshash va shunday sifatli 
ashyolarning narxlariga mos bahodagi to‘liq summasida o‘z hisobidan garovga qo‘yuvchi 
foydasiga  sug‘urtalanishi  shart.  Lombard  tashkilotlari  garovga  qo‘yilgan  ashyodan 
foydalanish  va  ularni  tasavvur  etish  xaqli  emas.  Lombard  tashkilotlari  ashyolarning 
yo‘qolishini yoki shikastlanishini engib bo‘lmas kuch oqibatida yuz berganligini isbotlay 
olmasa,  garovga  qo‘yilgan  ashyolarning  yo‘qolganligi  yoki  shikastlanganligi  uchun 
javobgar bo‘ladi.  
Lombard tashkilotlari faoliyatini amalaga oshirish uchun litsenziya olish to‘g‘risida 
ariza:    
Yuridik  shaxsning  nomi  va  tashkiliy-huquqiy  shakli,  vakolatli  shaxsning  F.I.O., 
arizachining  pochta  manzili,  STIR,  indeks,  telefon,  faks,  bank  hisobvarag‘ining 
rekvizitlari. 
Basharti lombard tashkilotlarida  ashyolar  garovi  bilan taminlangan  kredit summasi 
belgilangan  muddatda  qaytarib  berilmagan  taqdirda  lombard  tashkilotlari  notariyusning 
ijro  yozuvi  asosida  imtiyozli  bir  oylik  muddat  o‘tgandan  keyin  garovga  qo‘yilgan  mol 
mulkni  realizatsiya  qilish  uchun  belgilab  qo‘yilgan  tartibda  ushbu  mol  mulkni  sotishga 
xaqli. SHundan keyin garovga qo‘yilgan mol mulkni realizatsita qilishdan tushgan summa 
talablarni  to‘liq  qanoatlantirish  uchun  etarli  bo‘masa  xam,  lombard  tashkilotlarining 
garovga qo‘yuvchiga talablari bekor bo‘ladi. Agar qarz va boshqa to‘lovlarni to‘lagandan 
keyin  tushim  summasining  qoldig‘i  bo‘lsa,  u  garovga  qo‘yuvchiga  qaytariladi.  Lombard 
tashkilotlarda  ashyolarni  garovga  qo‘yish  to‘g‘risidagi  shartnomaning  garovga 
qo‘yuvchining  xuquqlarini  ushbu  qonun  yoki  boshqa  qonun  va  me’yoriy  xujjatlar  bilan 
unga berilgan xuquqlarga qaraganda cheklab o‘tadigan shartlari o‘z o‘zidan haqiqiy emas. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish