Iqtisodiy ta’sir mexanizmi- kredit uchun o’rnatiladigan foizlarning o’rnatilishi va
rejali iqtisodiyotda ular ishlab chiqarilgan tovarning tannarxini oshirib yubormaslikka
qaratilgan.
3. Tijorat banklarida kredit operatsiyalarini tashkil etishning huquqiy asoslari.
Respublikamiz tijorat banklari kredit operatsiyalarining rivojlanishi takomillashuvi
shuningdek yuqori daromad keltirishi bilan birgalikda kam riskli bo’lishi zarur. Banklarda
kredit operatsiyalarining joriy etilishi, kreditlash jarayoni va amaliyoti bilan bog’liq bozor
iqtisodiyoti qonuniyatlarini o’z ichiga olgan, bir vaqtning o’zida kreditor va qarz
oluvchining huquq va majburiyatlarini teng taqsimlaydigan qonun va qonun osti hujjatlar
davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ularning barchasi mulkchilik shaklidan
qat’iy nazar, chet el kapitali ishtiroki va boshqa sho’ba banklar va kredit operatsiyalari
bilan shug’ullanuvchi moliyaviy tashkilotlarga birdek xizmat qilmoqda.
Quyida tijorat banklarimizning kreditlash jarayonida yo’l yo’riq bo’lib xizmat
qiluvchi meyoriy hujjatlar va huquqiy asoslar keltirilgan:
O’zbekiston Respublikasining qonuni “Banklar va bank faoliyati to’g’risida” 1996-
yil 25-aprel;
O’zbekiston Respublikasining qonuni “Bank siri to’g’risida” 2003-yil 30-avgust
530-II-sonli;
O’zbekiston Respublikasining qonuni “Ipoteka to’g’risidagi”2006-yil 4-oktabr
O’RQ-58-son;
O’zbekiston Respublikasining qonuni “Iste’mol krediti to’g’risidagi” 2006-yil 6-
may O’RQ-33-sonli;
O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 02.03.2000-yil ro’yxatga
olingan №905-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qo’yilgan talablar
to’g’risidagi ” nizom;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda
ro’yxatga olingan №1435-sonli “Tijorat banlarida kreditlarning buxgalteriyasini
yuritish to’g’risidagi” nizom;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 02.03.2000-yil ro’yxatga
olingan №906-sonli “O’zbekiston respublikasi banklarida kredit hujjatlarini yuritish
tartibi to’g’risidagi” nizom;
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 16-martda ro’yxatga
olingan №675-sonli “O’zbekiston respublikasi hududida banklar tomonidan xo’jalik
yurituvchi subyektlarga qisqa muddatli kreditlar berishni tashkil etish tartibi
to’g’risidagi” nizom;
Tijorat banklarida har yili bankning imkoniyatlari va o’ziga xos jihatlarini hisobga
olgan holda bank kengashi tomonidan kredit siyosati ishlab chiqilishi va amaliyotga
berilishi zarur. Ushbu kredit siyosati O’zbekiston respublikasi Adliya vazirligi tomonidan
02.03.2000-yil ro’yxatga olingan №905-sonli “Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan
qo’yilgan talablar to’g’risidagi ” nizom orqali tartibga solinadi.
Bankning kredit siyosati - kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi tavakkalchilikni
boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni
belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlarini kreditlar portfelini samarali
279
boshkarishga doir ko’rsatmalar bilan ta'minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning
kredit faoliyati maqsadlarini aniq ko’rsatishi va aniqlab berishi shart. Kredit siyosatining
tavsifi kredit portfelining tarkibiga, bank o’z faoliyatini amalga oshirayotgan hududning
iqtisodiyotiga qarab aniqlanadi. Kredit strategiyasini shakllantirishda va tegishli kredit
siyosatini tayyorlashda, bank ushbu omillarni hisobga olishi shart. Bankning kredit
siyosati uning joriy bank strategiyasi va iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta'minlash uchun
bank Kengashi tomonidan yiliga kamida bir marta tegishli yilning 1- fevraligacha bo’lgan
muddatda kayta ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak. Kredit siyosati bank faoliyati
turlariga karab mazmuni va tuzilmasi jihatidan farq qiladi. Mazkur bo’lim bank maqomi
va u joylashgan manzildan qat'iy nazar kredit siyosatida aks ettirilishi lozim bo’lgan
umumiy masalalar ro’yxatini belgilab beradi. Bunda kredit siyosatining yo’nalishlarida
berilayotgan kreditlarning hajmi va shakli, qisqa va uzoq muddatli kreditlar o’rtasidagi
nisbat, moliyaviy axborotlarni tahlil etish jarayoni, kredit portfeli hamda mablag’larning
qaytarilishini ta'minlash bo’yicha chora-tadbirlar aks ettirilishi lozim. Har qanday kredit
siyosatining maqsadi odatda quyidagilardan iborat bo’ladi: uzoq muddatli
investisiyalardan aksiyadorlarga yuqori daromad kelishini ta'minlash, likvidlikni saqlab
turish, tavakkalchilikni diversifikasiya qilish, siyosat va tadbirlar birligini kafolatlash,
qonunlar va me'yoriy hujjatlarga rioya qilish, hududning kreditlarga bo’lgan ehtiyojini
qondirish. Kreditlashning strategik yo’nalishlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi va
tasdiqlanadi.
Kredit siyosati kredit berish jarayoniga jalb etilgan kredit xodimining lavozimi va
vakolatlariga qarab ularning har biri uchun kreditlash to’g’risida qaror qabul qilish va
kredit miqdorini cheklash tartibini belgilab beradi. Kreditlash uchun mas'ul bo’lgan barcha
shaxslar vakolatlari kredit siyosatida qayd etiladi. Kredit qo’mitasi majlislari va uning
bank boshqaruvi organlari oldida hisobot berishi davriyligi ham kredit siyosatida belgilab
qo’yilishi kerak.
Kredit siyosati bank tomonidan beriladigan kreditlar toifasi va turlarini aniqlashi va
belgilashi lozim. Masalan, kreditlash sohalari bo’yicha: tijorat faoliyati, sanoat, qishloq
xo’jaligi, kapital qo’yilmalarni moliyalash va boshqalar. Kredit turlari bo’yicha: "kredit
liniyalarini ochib va ochmay" kreditlash, lombard va veksel kreditlari va boshqalar. Kredit
siyosatida maxsus ssudalarni berish direktiv tamoyillari aniq ifodalangan holda mazkur
bank uchun mos kelmaydi yoki maqbul bo’lmaydi, deb hisoblanuvchi kredit turlari va
toifalari ham ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
Kreditni to’lash muddati uni to’lashning birlamchi va ikkilamchi manbalarini
sinchiklab baholash asosida belgilanishi kerak. Kredit siyosat rahbariyat nuqtai nazaridan
har xil toifa va turdagi kreditlarni to’lashning ma'qul dasturlaridan iborat bo’lishi zarur.
Kredit siyosati kreditlar berishning maksimal muddatlarini belgilashi lozim. Ushbu siyosat
shuningdek kreditning asosiy summasini kredit to’lash muddatining so’ngida va kredit
to’lashning boshlang’ich muddati uzaytirilayotganda qaytariladigan kredit turlarini berish
tartibini ham o’z ichiga olishi kerak. Kredit siyosati to’lovlarni o’z vaqtida to’lanishini
ta'minlash, mablag’larning qaytarilishi va berilgan kreditlar bo’yicha qarzdorlikni undirib
olish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga olishi lozim.
280
Bank kredit siyosati kredit berish bosqichida ham, keyingi monitoring bosqichlarida
ham jismoniy va yuridik shaxslarning moliyaviy hisobotlariga nisbatan qo’yiladigan
talablarni o’z ichiga olishi kerak. Moliyaviy hisobotlarni auditorlik tekshiruvlaridan
o’tkazish, naqd pul oqimi va boshqa ma'lumotlar bo’yicha hisobotlarni taqdim etish
yuzasidan qo’yiladigan talablar aniq ifodalanishi zarur. Shuni ham qayd etib o’tish
lozimki, banklar talab qiladigan ma'lumotlar Milliy Buxgalterlik Hisobi Standartlariga
(MBXS) muvofiq taqdim etilishi kerak. Kredit siyosatida potensial qarzdorlarning kredit
qobiliyatini (likvidlik, qoplanish, muxtoriylik koeffisientlari, kapitallashtirish darajasi,
garov ta'minoti ekspertizasi va boshqalar) aniqlash uchun ularning moliyaviy ahvolini
tahlil qilish tadbirlari batafsil yoritilishi lozim. Bank qarzdorlarning kredit qobiliyati
mezonlari va ularni baholash metodikasini aniq belgilab olishi zarur. Bundan tashqari,
kredit siyosati qarzdorlar tomonidan biznes rejaga buyurtmalar portfelining tuzilishi va
bank kreditidan foydalangan holda ko’rsatiladigan xizmatlar, ishlab chiqariladigan
tovarlarni sotish bozorining mavjudligini kiritish bo’yicha talabni o’z ichiga olishi kerak.
Kredit siyosati muayyan turdagi qimmatliklar (ko’chmas mulk, avtomobillar va
boshqalar) garovi asosida beriladigan ssudalarning maksimal miqdori limitlarini o’z ichiga
olishi hamda ta'minlangan ssudalarning har bir turi uchun kredit hujjatlari to’plamini
rasmiylashtirish tadbirlarini belgilashi lozim. Bank kredit siyosatida garov kreditlashning
uni berish vaqtidayok kreditni to’lash manbasi (naqd pul yoki davlat qisqa muddatli
obligatsiyalari (xazina veksellari) bilan ta'minlangan kreditlar bundan mustasno)
hisoblangan yagona asosi bo’lmasligi belgilab qo’yilishi zarur. Kredit siyosati garovga
olingan mulk turiga qarab garov mavziga nisbatan qo’yiladigan talablar va kreditning
garov qiymatiga nisbatini o’z ichiga olishi kerak. Mazkur bandda garov mavzui sinchiklab
baholanishi va uning bozor qiymati uni sotish lozim bo’lgan paytda yuzaga kelishi
mumkin bo’lgan zarar o’rnini qoplashi lozimligi aniq yoritilishi zarur. Hujjatda garov
mavzui mustaqil baholovchi va ichki bank baholovchisi tomonidan baholanadigan hollar
ko’rsatib o’tilishi kerak. Turli garov toifalarini baholash uslublari batafsil aks ettirilishi
lozim. Siyosat ko’chmas mulk, ishlab chiqarish jihozlari va iste'mol kreditlarini
moliyalash uchun beriladigan kreditlarni to’lash hisobiga qarzdor tomonidan bo’nak
to’lovlarini kiritishga doir muayyan talablarni o’z ichiga olishi zarur.
Kredit siyosatida kreditlarni tasniflash tizimi aniq ifodalanishi lozim. Kredit
xodimlari kredit portfelidagi barcha ma'lum bo’lgan salbiy o’zgarishlar to’g’risida
rahbariyatga xabar berishlari kerak. Qarzdor yoki garov ahvoli yomonlashishini oldindan
aniqlash ehtimoliy yo’qotishlarni kamaytirish uchun juda muhimdir. Kredit siyosati
kreditlarning barcha toifalari bo’yicha "to’lovsizlik" tushunchasining aniq ifodalanishi,
foizlarni o’stirmaslik mezonlari, shuningdek bank Boshqaruvi va Kengashining tegishli
hisobotlariga nisbatan talablarni o’z ichiga olishi lozim. Hisobotlarda ahvolning
yomonlashishi, yashirin zararlar sabablari va sog’lomlashtirish rejalari batafsil bayon
etiladi. Kredit siyosat qarzlarni qaytarishga doir izchil bosqichma-bosqich chora-tadbirlar
ko’rilishini talab qilishi kerak. Rahbariyat Markaziy bank tomonidan belgilangan
talablarga muvofiq kreditlarni hisobdan chiqarish tadbirlarini ishlab chiqishi lozim.
Kredit siyosati turli kreditlar va qarzdorlar bo’yicha belgilanuvchi foiz stavkalarini
aniqlashda foydalaniladigan omillarni o’z ichiga olishi kerak. Bunda hech bo’lmaganda
281
resurslar qiymati, kredit bo’yicha xizmat ko’rsatishga doir kutilayotgan xarajatlar,
vositachilik haki, ma'muriy sarflar, ehtimoliy yo’qotishlarga qarshi zahiralar va bank
marjasi baholanishi zarur.
Kredit siyosati bank bilan bog’liq shaxslarga beriladigan kreditlar bo’yicha
Markaziy bank talablariga muvofik keluvchi limitlarni o’z ichiga olishi lozim. Kredit
siyosatida bank bilan bog’lik shaxslar bilan bitimlarni qisqartirish yoki ularni tuzishning
har qanday imkoniyatlarini bartaraf etish maqsadida bog’liq shaxslarga beriladigan
kreditlarni tasdiqlash va qayta tiklash tartibi va tadbirlari belgilab qo’yilishi kerak.
Kredit siyosatida kafolatlar va akkreditivlarning maqsadi va ishlatilishi, mansabdor
shaxslarning bunday majburiyatlarni chiqarishga doir vakolatlari va bunday vositalar
chiqarilishi mumkin bo’lgan hollar, shuningdek ularga doir hujjatlar va hisobotlarga
nisbatan qo’yiladigan talablar batafsil yoritilishi lozim. Balansdan tashkari majburiyatlarni
berishda moliyaviy xisobotlar (hujjatlar)ni taqdim etishga oid talablar kreditning istalgan
boshqa turlarini berishda foydalaniladigan hujjatlar va hisobotlar bilan bir xil bo’lishi
zarur. Tijorat akkreditivlari bo’yicha to’lovlarni o’tkazish, to’lov va yuk ortish hujjatlari
(yuk xatlari), sug’urta polislari hamda xalqaro andozalar va tadbirlarga muvofiq talab
qilinadigan boshqa hujjatlarga nisbatan qo’yiladigan qo’shimcha talablar qayd etilishi
kerak. Siyosat bank kredit portfelini vaqti-vaqti bilan baholashga javobgar bo’lgan
mansabdor shaxslar ro’yxatini belgilashi hamda kredit portfeli sifatini aniqlash va
tuzatishlar minimal yuzaga keluvchi yo’qotishlar bilan kiritilishi uchun muammoli
kreditlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan ichki bank kredit tahlili maqsadlarini belgilab
qo’yishi lozim. Tahlil maqsadlari kredit sifatini aniqlash bilan bir qatorda kreditlash
jarayonini boshqarish sifatini baholash, jumladan, tasdiqlangan kredit siyosati
muvofiqligini ta'minlash va kredit hujjatlarini rasmiylashtirish tadbiri, moliyaviy tahlil,
garovni rasmiylashtirish va baholash, kreditlashga doir vakolatlarni taqsimlash,
qonunchilik me'yorlariga rioya qilish.
Kredit siyosati bank xizmatlari va bo’linmalari tomonidan Bank Boshqaruvi va
Kengashiga kreditlashning turli jihatlari bo’yicha topshiriladigan hamda kredit portfeli
sifati va kredit portfelini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ma'lumotlarni o’z ichiga
olgan hisobotlar turi va davriyligini belgilashi lozim. Hisobotlar filiallar va bank bo’yicha
umuman kreditlash vositalari va yo’nalishlariga qarab tavakkalchiliklarni baholash uchun
boshqarishning turli darajalariga moslashtirilgan hamda batafsil yoritilgan bo’lishi kerak.
Tijorat banklari kredit siyosatini ishlab chiqqanlaridan keyin, kredit berish uchun
maxsus hisob raqamlar bilan ishlashi kerak. Ushbu maxsus ssuda hisob raqamlari
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 17-dekabrda ro’yxatga
olingan 1435-sonli ” Tijorat banklarida kreditlarning buxgalteriya hisobini yuritish tartibi
to’g’risidagi” nizomgaa asosan ochiladi va yuritiladi.
Bank tomonidan berilgan kredit amaldagi qiymatida aks ettiriladi va u qarzdorga
berilgan pul mablag’lari summasini ifodalaydi. Bank tomonidan kredit berilganda
quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 11900-15500 (tegishli ssuda hisobvarag’i)
Kt 10301 - "Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro" (agar mablag’
oluvchiga boshqa tijorat banki tomonidan xizmat ko’rsatilsa), yoki
282
Kt – mablag’ oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag’i (agar
mablag’ oluvchiga mazkur bankda xizmat ko’rsatilsa) yoki
Kt - 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari" (kredit naqd pulda
berilganda).
Kreditlarning qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab qilib
olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga
oshiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i
Kt - Ssuda hisobvarag’i
Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi buxgalteriya
o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt - Kafolat beruvchi (kafil) talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i, yoki Dt
10301 - Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i – Nostro (agar oluvchiga boshqa tijorat
banki xizmat ko’rsatsa)
Kt - Ssuda hisobvarag’i
Kreditlar qarz oluvchi tomonidan naqd pulda qaytarilganda quyidagi buxgalteriya
o’tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10100 - "Kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari"
Kt - Ssuda hisobvarag’i.
Agar kreditga foiz o’stirmaslik maqomi berilmagan bo’lsa, unda kreditlar bo’yicha
foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali aks ettiriladi:
Dt- qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisobvarag’i
Kt 16309 - "Kreditlar bo’yicha hisoblangan foizlar"
Foizlarni o’stirmaslik maqomi berilgan kreditlar bo’yicha foizlar hisobi Foizlarni
o’stirmaslik to’g’risida Nizom (ro’yxat raqami 1304, 2004-yil 24-yanvar)ga muvofiq
amalga oshiriladi.
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta'minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki
to’liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil qilingan zaxira hisobiga
quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali hisobdan chiqariladi:
Dt - Kreditlar bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlar zaxirasi - Kreditning mos
kategoriyasi (kontr-aktiv)
Kt - Ssuda hisobvarag’i.
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta'minlangan kredit qaytarilmasa yoki
to’liq qaytarilmasa, u holda bank olingan kreditni garovga qo’yilgan mol-mulk orqali
undirish huquqiga ega. Undirib olish bo’yicha garovga qo’yilgan mol-mulk kim oshdi
savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. Garovga qo’yilgan mol-mulkni
sotishdan mablag’lar kelib tushganda:
Dt 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i - Nostro – debetlanadi
Kt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar" hisobvarag’i kreditlanadi.
Kreditlar bo’yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo’yicha hisoblangan, lekin hali
olinmagan foizlarni qaytarish quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi orqali amalga oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Dt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar"
283
Kt - Ssuda hisobvarag’i.
b) Asosiy qarz to’liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda:
Dt 29801 "Mijozlar bilan hisob-kitoblar"
Kt 41400-44600 - Kreditlar bo’yicha foiz daromadlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |