2.4-jadval
O’zbekiston hududlarida pul daromadlari va xarajatlari
dinamikasi, %*
Hududlar
Pul daromadlari
Pul xarajatlari
Daromadlarning
xarajatlarga
nisbatan farqi
2004 y
2012 y
2004 y
2012 y
2004 y
2012 y
O‘zbekiston
100,0
100,0
96,1
98,2
3,9
1,8
Qoraqalpog‘iston
3,8
3,45
3,0
2,6
0,8
0,85
viloyatlar:
Andijon
10,4
7,37
10,5
7,1
-0,1
0,27
Buxoro
5,5
5,89
5,1
5,05
0,4
0,84
Jizzax
2,2
2,39
2,1
1,99
0,4
0,4
Qashqadaryo
6,8
6,39
5,8
4,97
1,0
1,42
Navoiy
3,8
4,97
2,8
3,37
1,0
1,6
Namangan
5,5
5,6
5,4
5,03
0,1
0,57
Samarqand
7,7
7,3
7,5
6,75
0,2
0,55
Surxondaryo
4,9
5,48
4,0
4,55
0,4
0,43
Sirdaryo
1,9
1,96
1,7
1,69
0,2
0,27
Toshkent
9,2
9,05
9,6
8,56
-0,4
0,49
Farg‘ona
10,9
8,65
11,1
8,2
-0,2
0,45
Xorazm
4,2
3,93
3,7
3,8
0,5
0,13
Toshkent sh.
22,7
27,9
27,6
34,4
-4,9
-6,91
* Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari asosida tuzildi.
Aholi iste‘molining muhim tavsiflaridan biri iste‘mol byudjeti xisoblanadi.
Iste‘mol byudjeti nazariy jihatdan olib qaralganda iste‘molning etalon me‘yoridan
kelib chiqib quriladi. Bu minimal yoki rasional iste‘mol byudjeti bo‘lib, aholini
turli daromadliligi va ijtimoiy demografik guruhlarining yuqori va quyi turmush
darajasiga muvofiq keluvchi tushunchalardir. Amaliyotda aniq uy xo‘jaliklarini
iste‘mol byudjeti ko‘rib chiqiladi.
Odatdagi sharoitda insonlarning iste‘moli oilaviy byudjetda mablag‘larning
cheklanganligi bois yetishmaydi. Oila byudjetida cheklangan chegaradan o‘tishga
harakat qilish inson mehnat faoliyatidagi muhim motiv hisoblanadi. Iste‘molchilar
64
oldida cheklangan byudjetni taqsimlash jarayonida ikki vazifa turadi: a) iste‘mol va
jamg‘arish o‘rtasida; b) turli xil tovarlarning turlari bilan xohish istaklar o‘rtasida.
Iste‘mol xarajatlari tarkibida aholining oziq-ovqat xarajatlari (2004 yilda
56,9%dan 2012 yil 53,7%ga) qisqardi. Nooziq-ovqat xarajatlari (2004 yilda
23,7% dan 2012 yil 25,3%ga) va xizmatlar (2004 yilda 12,8%dan 2012 yil 16,1%ga)
xarajatlari xam oshdi. Bu tendensiya bir tomondan yaxshi, ammo boshqa tomondan
olib qaralganda aholi o‘zining joriy daromadlarini inflyasiyadan saqlab qolish uchun
banklarga nisbatan pul jamgarmalarni ko‘proq qo‘zg‘almas mulklarga, tovarlarni sotib
olishga pul mablag‘larini joylashtirishni ishonchli deb qaramoqdalar. Bu so‘zsiz
aholini xarid qilish tarkibida o‘z aksini topgan. Iste‘molchilarning aksariyat qismi
to‘lov qobiliyati yuqori emasligini hisobga olib, umuman aholining o‘rtacha zarur
bo‘lgan nooziq-ovqat tovarlari (kiyim-kechak va h.)ni harid qilish bilan bog‘liq.
Jahonda agar iste‘mol xarajatlaridagi oziq-ovqatlar xarajatlari ulushi 50%
dan yuqori bo‘lsa, bu mamlakat kambag‘al hisoblanadi. Iqtisodiyotni
erkinlashtirish bosqichida aholi pul xarajatlari tarkibida respublikada ijobiy
o‘zgarishlar sodir bo‘layotganini kuzatish mumkin.
Iqtisodiy muvozanat nazariyasi nuqtai nazaridan, ya‘ni talab va taklifning
muvozanatlashuvida narxlarning o‘zgarishi hisobiga ro‘y beradi. Ushbu holat kam
daromadli
aholining
iste‘moli
qisqarishiga,
iste‘mol
tarkibining
deformasiyalashuviga va bozorda arzon assortimentdagi tovarlar sotilishining
ko‘payishiga olib keladi. Ushbu holat narxlarni boshqarish siyosatini tartibga
solishda juda ehtiyotkorlik bilan egiluvchanlik chora-tadbirlar amalga oshirishni
taqozo etadi.
Aholi iste‘mol xarajatlari tarkibida oziq-ovqat ulushining xajmiga
ta‘sir ko‘rsatuvchi qator korrelyasion bog‘liqliklar mavjud:
– oziq-ovqat harajatlari hajmi bilan aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
daromad miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik;
65
– aholi jon boshiga sarflanadigan harajatlarda oziq-ovqat miqdori bilan
boshiga to‘g‘ri keladigan daromadlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik;
– pul daromadlaridagi jon boshi hisobiga oziq-ovqat harajatlari bilan
shaxsiy tomorqa xo‘jaligidan tushumlar o‘rtasidagi bog‘liqlik;
– aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan pul daromadda oziq-ovqat xarajatlari
ulushi, oila hajmi, bolalar ulushi va ayollar ulushi o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Aholi iste‘mol xulkiga bevosita daromadlar darajasi, narxlar va iste‘mol
bozorining holati ta‘sir ko‘rsatadi. Bozorning to‘yinganligi, tovar aylanmasi, tovar
va xizmatlarning ulgurji narxlari ishlab chiqarishning samaradorligi va ishlab
chiqarilgan mahsulotlar hajmi bilan aniqlanadi. Iste‘mol bozorining to‘yinishini
import qilinadigan iste‘mol tovarlari ham ta‘minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |