60
turmush darajasi haqida fikr yuritganda aholi jon boshiga iste‘mol qilingan milliy
daromad ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Iste‘mol miqdori va tarkibi aholi turmush
darajasini aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichdir.
Iste‘mol darajasi. tarkibi va o‘zgarnshi bilan tavsiflanib, iste‘mol qiymat
va natural ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi. Iste‘mol zarur maxsulotlar va xizmatlarni sotib
olish uchun ketadigan xarajatlar bilan bevosita bogliq va aksariyat hollarda ular
yordamida baholanadi.
Aholi daromadlari va xarajatlari balansi xujjatlarida iste‘mol xarajatlari aholi
jamg‘armalari bilan birgalikda daromadlarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Jamg‘armalarni
tadqiq etish iste‘molni tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqiladi.
Aholi iste‘molini tadqiq etishda quyidagi iqtisodiy kategoriyalar mohiyatini
yoritish lozim:
1.
Uy xo‘jaliklarining haqiqiy pirovard iste‘moli (iste‘molga ketadigan
xarajatlarni to‘liq tavsifi o‘z ichiga iste‘mol tovar va
xizmatlarni sotib olishga ketgan xarajatlarni, shuningdek, uy
xo‘jaliklarining davlat boshqaruv organlaridan va notijorat
tashkilotlaridan tekinga naturadagi ijtimoiy transfert ko‘rinishida
olingan tovar va xizmatlarning qiymatidan iborat.
2. Uy xo‘jaliklarining pirovard iste‘moliga xarajatlar. Iste‘molda tovarlar
va xizmatlarni sotib olishga ketadigan xarajatlar, shuningdek, o‘zi
uchun ishlab
chiqarilgan natural shakldagi shaxsiy tomorqa xo‘jaliklaridagi qishloq
xo‘jalik mahsulotlari hamda turli ko‘rinishdagi yordam va ish haqi sifatida
olingan tovar va xizmatlar iste‘molidan iborat.
Aholini pullik xarajatlari va jamg‘armalari tarkibiga tovar va xizmatlarni sotib
olishga ketadigan xarajatlar, majburiy to‘lovlar va turli soliq, yig‘imlar, sug‘urta
bo‘yicha to‘lovlar, tovar krediti uchun foizlar, xorijiy valyutani sotib olish,
qo‘yilmalardagi va rasmiy qog‘ozlardagi jamg‘armalarning o‘sishi kiradi.
61
Ushbu jamg‘arishning maqsadi to‘y qilish, imorat qurish, o‘limlik uchun pul
yigish va boshqa omillarga bog‘liq. Aholi xarajatlari dastlab oziq-ovqat, kiyim - kechak,
turar-joy, transport va boshqalarga sarflanadi.
Jahon
amaliyotida
turmush
darajani
umumlashtiruvchi
indikatorlaridan biri sifatida oila byudjetidagi oziq-ovqat xarajatlari ulushi
foydalaniladi. AQShda iste‘mol savatini hisoblashda uy xo‘jaliklarining umumiy
xarajatidan 1/3 hajmda oziq-ovqatga xarajatlar ulushi kiritiladi. Ammo, shuni nazarda
tutish kerakki, o‘rtacha Amerika oilasida oziq-ovqatga haqiqiy xarajatlar hamma
iste‘mol xarajatlarining 15% idan oshmaydi. Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida
oziq-ovqatga xarajatlar 16-20%ni tashkil qiladi.
Iste‘molning umumiy hajmida uzoq muddatga foydalanish uchun
mo‘ljallangan tovarlar ulushining yuqoriligi aholining turmush darajasi va mamlakat
iqtisodiy taraqqiyoti darajasining yuqoriligidan dalolat beradi. Respublikamizda
aholi xarajatlari tarkibi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi (2.3- jadval).
2.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: