yarn, juybar, kat, kent, kom, krngar, chorsu, shahriston, yayloq, qarya, g'aicha, qisor,
o'rchin, qal'a, qo'rg'on kabi yuzlab geografik atamalarni aytib o'tgan va ko'pincha
ularning ma'nosini ham bergan. Bu atamalar ko'plab joy nomlari tarkibida uchraydi
va ulaming leksik-semantik xususiyatlarini tushunib olishda katta yordam beradi.
Birgina misol keltiramiz. V.V. Bartold o'z asarida eron tillarida bog' so'zining «xudo»
degan ma'nosi ham bor deb yozadi. «Eronning tarixiy-geografik obzori» asarida
Bog'iston degan joyni «xudo maskani» deb izohlaydi. Bag'dod ham ―xudo bergan‖
demakdir. Ana shu munosobat bilan Toshkent viloyatidagi Begiston qishlog'ining
etimologiyasi haqida ham o'ylab ko'rishga to'g'ri keladi.
V.V. Bartold joy nomlarini mamlakat tarixi va geografik muhiti bilan bog'liq
ravishda o'rgandi, ayni vaqtda toponimlarning lingvistiksiga ham katta ahamiyat
beradi. V.V. Bartold asarlari toponimistlar tomonidan tanqidiy ravishda chuqur
o'rganilishi kerak. Har qanday tarixchi ozmi-ko'pmi toponimika bilan shug'ullanadi,
beixtiyor joy nomlari tarixi, kelib chiqishi bilan qiziqadi. Shuning uchun ham har bir
tarixiy asardan bir necha geografik nom to'g'risida ma'lumot topish mumkin.
Tarixchilardan M.Ye.Masson, S.P. Tolstov, O.A. Suxaryeva, O.D. Chexovich,
Y.G'.G'ulomov, A.R. Muhammadjonov asarlarida O'zbekiston toponimikasiga doir
talay materiallar topish mumkin. Masalan, akademik Y.G'. G'ulomovning
«Xorazmning sug'orilish tarixi»da geografik nomlar ham juda ko'p. Umuman olganda
jamiyat tarixi, xususan, irrigatsiya tarixi ma'lum ma'noda toponimlar tarixidan
iboratdir.
Muallif bir qancha joy nomlarining kelib chiqishini, etimologiyasini aytib
o'tadi. Chunonchi, Qizilqum choiidagi Sulton Uvays tizmasi O'rta Osiyoda tasavvuf
ta'limotiga asos soluvchilardan biri – arab Uvays Qorniy (VII asr) nomi bilan atalgan,
«sulton» unvoni unga keyinchalik O'rta Osiyo xalqlari tomonidan berilgan. Kaltepa
degan do'ng o'simliksiz, yalang bo'lgani uchun shunday nom olgan. V.V. Bartold kabi
Y.G'. G'ulomov ham G'azobod (xalq talaffuzida g'azovot) kanali nomi muqaddas
urush ma'nosidagi g'azovot so'zidan emas, balki g'ozi (g'olib) laqabli xonlardan
Abuig'ozixon ismidan kelib chiqqanini aniqladi. Xonqa asli «xonaqoh» degan so'zdir.
«Mo'g'ul istilosi davrida Xonqa shahri vayron qilinib, faqat xonaqo saqlanib qolgan
edi. Bu xonaqo atrofida keyinchalik hayot tiklangan. O'sha vaqtdan boshlab shahar
«Xon(a)qo» (Xonqo) deb atalgan».
Toponimistlar ko'pgina joy nomlari aslida oddiy geografik atamalardan iborat
ekanini aniqladi. Y.G'. G'ulomov ham atamaologiyaga juda katta ahamiyat beradi. Bu
esa ko'plab toponimlarning ma'nosini ochib beradi. Xorazmda arna (Mang'itarna,
Paxtaarna, Shovotarna, Otaliqarna, Polvoaarna), yob (yop) (Bog'yop, Biizyop,
Kaltantinoryep,
Polvonyop,
Tozayop,
Xonyop,
Sariblyop,
Tozabog'yop,
Chirmonyop), qir (g'ir) (Manqir, Toyqir Tuzqir, Yassiqir), qal'a (Bozorqal'a
Burgutqal'a, Qabulqal'a Qavatqal'a, Tuproqqal'a, Kofirqal'a) kabi atamalardan
tuzilgan geografik nomlar juda ko'p. Y.G'. G'ulomov bu atamalarni tushuntirib o'tadi.
Masalan, arna so'zi Xorazmda hozir «magistral kanal» ma'nosida keladi.
Y.G'.G'ulomov esa arna atamasining asl ma'nosi «daryo tarmog'i», «shoxobcha»
ekanini aytadi.
Olim qoq (ko'lmak), o'y (chuqurlik, botiq), qayir, qo'rg'oncha, tal (tepalik),
Do'stlaringiz bilan baham: |