xalqaro standartlashtirilishi vujudga keladi. Bunda ham xalqaro standartlashtirish
milliy standartlashtirishga asoslanadi.
Hozirgi vaqtda geografik nomlarni milliy standartlashtirish rivojlangan va
rivojlanayotgan mamlakatlaming ko'pchiligida amalga oshirilmoqda. Ko'pgina
mamlafatlarda davlat kartografiya xizmatlari (chunonchi, mahkamalararo geografik
nomlar komissiyasi) ishlab turibdi. Geografik nomlarni standartlashtirish
muammolari milliy tashkilotlarninggina emas, balki xalqaro ilmiy va hukumatlararo
tashkilotlarning ham diqqat-e'tiborini tobora ko'proq o’ziga jalb qilmoqda. Xalqaro
onomastika fanlari komiteti (IGOS), Xalqaro fonetika assotsiyatsiyasi (IPA),
Antarktikani o'rganish Ilmiy komiteti (SOAR), Xalqaro gidrografiya tashkiloti (IHO),
Xalqaro fuqarolar aviatsiyasi tashkiloti (IGAO), Xalqaro aloqa uyushmasi (ITV),
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) ana shular jumalasidandir.
Keyingi yillarda geografik nomlarni standartlashtirish muammosiga Birlashgan
Millatlar Tashkiloti (BMT) katta ahamiyat bermoqda. BMT tomonidan chaqirilgan va
geografik nomlarni standartlashtirishga bag'ishlangan bir necha konferensiya,
BMTning geografik nomlar bo'yicha Ekspertlar guruhlari faoliyati shuning dalilidir.
Ma'lumki, uzoq vaqtlar mustamlaka bo’lib kelgan va mustaqil taraqqiyot
yo’liga kirgan bir qancha mamlakatlarda geografik obyektlarning nomlari topografik
kartalarda metropoliyalardan kelgan mutaxassislar va topografiar tomonidan
aniqlangan shakllarda muhrlanib qolgan edi. Mustamlaka qaramligidan ozod bo'lgan
mamlakat xalqlarining milliy ongi, madaniyatining o'sishi oqibatida geografik
nomlarning milliy talaffuz va yozilish shakllarini tiklash jarayoni boshlandi. Chunki
toponimlammg milliy doirada tan olingan shakllari xalqaro iste'mol uchun tavsiya
etiladi.
Respublikamizda ham bu ishga qo'l urildi. Mamlakatimizda birinchi o'laroq
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va
davlat kadastri Bosh boshqarmasining Geoinformatika va kadastr milliy markazi
Toponimika
laboratoriyasi
Respublikamiz
geografik
obyektlarining
standartlashtirilgan, qat'iylashtirilgan nomlar lug'atini yaratish ustida ishlamoqda.
Chunki O'zbekistonning geografik nomlari ilmiy manbalarda ham, rasmiy
hujjatlarda ham, biron marta ham milliy shakllarda to'laroq raqamlangan emas.
To'g'ri, geogfafik nomlar borasida bir qancha tarixiy, lisoniy, rasmiy manbalar
ma'lum. Chunonchi, Turkiston, jumladan, hozirgi O'zbekiston hududi joy nomlari
ko'hna yodnomalarda ham qayd qilingan. Masalan, IX-X asrlarda yashab ijod etgan,
shu diyorda ham bo'lib o'lkaning bir qancha geografik nomlari haqida ma’lumotlar
bergan, arab geograflari Ibn Xurdodbeh (820-913), Ibn Havqal (tug'ilgan yili
noma'lum - 976 yilda vafot etgan), Istaxriy (850-934 yillar), Muqaddasiy (946-1000)
va boshqalarning 8 jildli «Arab geograflari kutubxonasi» nomi bilan mashxur
asarlari, eronlik olim Rashid ad-dinning (1247-1318) «Solnomalar majmui»,
noma'lum muallifning «Hudud ul-olam» (982-983 yillarda bitilgan), Narshaxiyning
«Buxoro tarixi» va bir qancha tarixiy asarlar shular jumlasidan.
XIX asr oxirida arab alifbosida bitilgan va talay geografik nomlarrfl o'z ichiga
Zarafshon vodiysi shahar va qishloqlari ro'yxati alohida diqqatga sazovor. Biroq arab
yozuvida raqamlangan yozma yodgorliklami fonetik jihatdan ishonchli manba deyish
qiyin. Chunki eski arab yozuvida ba'zibir qisqa unli tovushlar va o'zbek tili uchun
xarakterli bo'lgan ayrim undoshlar (masalan ch, p tovushlari) o'z aksini topmagan.
Lotin alifbosining qabul qilinishi (1929-1930), keyinroq (1940) rus yozuviga
o'tilishi bilan ahvol butunlay o'zgardi, joy nomlarining yozuv shakllari ularning
talaffuziga ancha mos kela boshladi.
Barcha turdagi geografik nomlar rus tilidagi topografik xaritalarda deyarli to'liq
o'z aksini topgan edi. Biroq rus topograflari o'zbek tilini bilmaganlaridan nomlarni
ko'pincha o'z tiliga moslashtirishga harakat qilganlar. Oqibatda talay geografik
nomlar geografik xaritalarda buzib qayd qilingan. Masalan, Kirakash ruscha
Karakash deb yozilgan, bu o'zbekchaga qayta Qoraqosh shaklida qayd qilingan. Yoki
olaylik, Qorasuv nomli soylar, ariqlar, buloqlar O'zbekistonda juda ko'p, Qorasuv bir
o'rinda ruschada Karasu o'rniga Karasi bo'lib ketgan, natijada buni baliq nomidan
olgan bo'lsa kerak degan taxminda Karas qilib o'zgartirishgan. Ba'zan joy nomlarini
milliylashtirish o'rniga buzish hollari ham uchraydi. Farg'ona shahri yaqinidagi bir
qishloq nomi Qo'qon xonligi arxivlarida arab yozuvida Kirgili, Kirgil shaklida qayd
qilingan. Keyinchalik shu qishloq o'rnida paydo bo'lgan shaharcha Qirgull deb
yotiladigan bo'ldi.
Bu misollar shuni ko'rsatadiki, Respublikamiz hududidagi minglab
geografik obyektlarning nomlarini standartlashtirish oson ish emas.
Buning uchun mamlakatimiz hududidagi jamiki geografik nomlarni to'plab
muayyan til qonun-qoidalari asosida qat'iylashtirish kerak bo'ladi.
Toponimika laboratoriyasida keyingi yillarda 1:1000000, 1:500000 va 1:200000
masshtablardagi topografik xaritalarda uchraydigan barcha geografik nomlar qog'oz
kartochkalarda va kompyuter xotirasida hisobga olindi. Ana shu axborotlarda
geografik obyektning o'rni, turi, nomining davlat tilida kirill va lotin yozuvlaridagi
shakllari aniqlandi. Bu esa Respublikamizdagi yirik obyektlar nomlarining
qat'iylashtirilgan shakllari yuzasidan davlat hokimiyati organlari va kartografik
korxonalarning ehtiyojlarini qondirishga imkon beradi.
Yaqin yillarda 1:100000 masshtabdagi topografik xarita varaqalarining
geografik obyekt nomlari, so'ng 1:50000, masshtabdagi topografik kartalarining
geografik nomlari borasida ma'lumotlar jamlanadi.
Shunday qilib, Geografik nomlarning avtomatlashtirilgan davlat katalogi
vujudga keladi. Bunday katalogni yaratish jarayonida uning axborot, dasturiy va
texnikaviy ta'minotlarini ishlab chiqish talab etiladi.
Axborot ta'minoti deganda hujjatlarning ko'rsatkichlari, axborot kodlari va
geografik nomlarning majmuyi, shuningdek, ularni uyushtirish, saqlash va nazorat
qilish usullari tushuniladi.
Texnikaviy ta'minot axborotlarni kiritish, saqlash va qayta ishlashga
mo'ljallangan va bir-biriga ulangan texnikaviy vositalar, jumladan, eng yangi
kompyuterlar yig'indisi nazarda tutiladi.
Geografik nomlarning yozilish shakllarini standartlashtirish, ya'ni xarita, atlas,
rasmiy hujjatlar, ilmiy asarlar, darsliklar, matbuot organlarida bir xilda yozilishini
ta'minlash mamlakatimiz tarixida birinchi bor amalga oshirilayotgan o'ta qiyin va
mas'uliyatli vazifa.
Bu ishning qiyinligi shundaki, necha minglab joy nomlari shaklida uchraydigan
yoki ularning tarkibida keladigan ijtimoiy-iqtisodiy, geografik atamalar, o'simliklar
va hayvonlar, urug'-aymoq nomlari, hatto kishi ismlari ham turli joylarda turlicha
fonetik, semantik shakllarda muhrlanib qolgan. Boz ustiga toponimlar tarkibidagi
qadimiy so'zlai hozirgi vaqtda butunlay tushunarsiz bo'lib qolgan.
Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy, madaniy, turistik aloqalar
o'rnatayotgan ekanmiz, yurtimizdagi geografik nomlarning milliy shakllarini, o'zbek
tilida va yangi yozuvimizda yetkazish kerak bo'ladi.
Umuman ham joy nomlarini standartlashtirishda o'zbek adabiy till me'yorlariga
amal qilinadi, istisnolar esa hamma tillarda, hamma leksik qatlamlarda uchraydi.
Toponimlarning yozilish shakllarini aniqlashda Toponimika laboratoriyasida
tayyorlangan «O'zbekcha geografik nomlar yozilishining asosiy qoidalari»ga amal
qilinishi lozim.
3. Joy nomlarini to'g'ri talaffuz etish, hamma manbalarda xatostz bir xil yozish
madaniyatning muhim ko'rsatkichlaridan biridir.
Darsliklar, ilmiy va ommabop kitoblarda, kundalik matbuot, xarita va
atlaslarda, radio va televizion eshittirishlarda ming-minglab joy nomlari qayd etiladi.
Shahar-shaharchalarda bir kunda qancha-qancha ko'cha-ko'ylar, bekatlar, idora
nomlariga ko'zingiz tushadi. Masalan, birgina poytaxtimiz Toshkent shahrida 3000 ga
yaqin ko'cha, mahalla, maydon bor. Respublikamizda bir necha yuz ming uchraydi.
Bunday son-sanoqsiz geografik nomlarning o'zbek va boshqa tillarda qanday
yozilishi hammani qiziqtiradi. Biroq toponimlarni to'g'ri yozish murakkab ish, buning
uchun joy nomining tarixidan xabardor bo'lish, etnonimlar - urug'-qabila nomlarini
farqlash, ba'zan nomning etimologiyasi haqida tasavvurga ega bo'lish, o'zbekcha va
xorijiy transkripsiya qoidalarini o'rganib olish kerak bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |