Taklif chizig„i S (supply) qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida
tovarning bozorda sotilishi mumkinligini ko‗rsatadi. Taklif chizig‗i qancha yuqoriga
ko‗tarilsa, shuncha narx yuqori bo‗ladi va shunga ko‗p firmalar mahsulot ishlab chiqarib,
sotish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.
Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da‘vat etadi, bozorga
yangi firmalarni o‗z mahsuloti bilan kirib kelishini ta‘minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori
harajatli rentabel bo‗lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo‗ladi. Bunday holda,
firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‗ida intensiv bo‗lsa, uzoq
muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |