Iste‟molchi ortiqchaligi (yutug„i) – iste‘molchi tovarlar uchun to‗lashi mumkin
bo‗lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‗langan narxlar ayirmalarining yig‗indisi.
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutug„i) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir
birlik qo‗shimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) harajatlarni ayirmalari yig‗indisiga teng.
Taklif chizig„i – tovar narxi bilan taklif qilinadigan ushbu tovar miqdori o‗rtasidagi
bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq.Talab chizig„i – tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu
tovar miqdori o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Shaxs talabi – bitta iste‘molchining tovarga bo‗gan talabi.
Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga to‗g‗ri
keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.