O`quv mashg`ulotining maqsadi iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli va
iqtisodiy vazifalari to`g`risida yaxlit tassavur hosil qilish .
Pedagogik vazifalar: - iqtisodiyotni boshqarishning zarurligi
va mohiyatini tushuntirish;
- iqtisodiyotni boshqarishning turli
modellarini tavsiflash;
- iqtisodiyotni davlat tomonidan
tartibga solishning maqsad va vazifalarini
izohlash;
- davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish
usullari va vositalari to`g`risida
tushuncha berish. O`quv faoliyatining natijalari: Talaba: - davlat boshqaruvi tushunchasini yoritish;
- iqtisodiyotga davlat aralashuvi zarurligining
sabablarini sanab berish;
- davlat boshqaruvining bevosita usullari va
shakillarini aytib berish;
- davlat boshqaruvining bilvosita usullarini ayta
olish;
- iqtisodiyotga davlat aralashuvi chegarasining
tushuntish.