Bog'liq qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining xususiyatlari
Debet 0111-0190 «Asosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 4610 «Ustav kapitaliga ulushlar bo‘yicha ta’sischilarning qarzlari»
Chet el investorlaridan ta’sis badali sifatida korxona ro‘yxatdan o‘tgandan
keyingi sanalarda kelib tushgan asosiy vositalar bo‘yicha valyuta kursini
o‘zgarishi sababli qo‘shilgan kapital vujudga keladi. Bunday holda korxona
ro‘yxatdan o‘tgan sanadagi kurs bo‘yicha ta’sischidan qabul qilib olingan asosiy
vosita qiymatiga yuqorida keltirilgan yozuv beriladi. Haqiqatda kelib tushgan sana
va korxona ro‘yxatga olingan sanadagi kurslar o‘rtasidagi farq summasi
korxonaning qo‘shilgan kapitaliga olib boriladi va unga quyidagi yozuv qilinadi: