0890 «Boshqa kapital quyilmalar» schyotida yuqoridagi schyotlarga
kiritilmagan kapital investitsiyalar, jumladan asosiy vositalarni kengaytirishga,
rekonstruksiya va modernizatsiyasiga sarflangan kapital quyilmalar hisobga
olinadi. Bu harakterdagi quyilmalarning summalari kengaytirish, rekonstruksiya
va modernizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda bo‘lib kelgan asosiy
vositalarning boshlang‘ich qiymatiga kiritiladi.
Qurilish tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik
va jismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar
shartnomalar, schyot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida
qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga quyidagi
buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |