Buyurtmali usulda bajarilgan har bir qurilish ishi harajat ob’ekti sifatida
qaraladi. Uning haqiqiy tannarxini kalkulyatsiya qilish qurilish ob’ektiga
(buyurtmaga) ochilgan 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida to‘plangan hisob
ma’lumotlari asosida ob’ekt (ish) buyurtmachiga topshirishgandan keyin amalga
oshiriladi. Ushbu schyotning debetida alohida korrespondensiyalanuvchi schyotlar
bo‘yicha ko‘rsatilgan yig‘ma ma’lumotlar buyurtmaga ochilgan kalkulyatsiya
kartochkasining tegishli harajat moddalarini to‘ldirishga asos bo‘ladi (5.4-jadval).
5.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |