O‘QUV-METODIK QO‘LLANMA
Aziz ustozlar! Mazkur qо‘llanma 8-sinf “Informatika va axborot texnologiyalari” darsligi asosida
tayyorlandi va о‘qituvchilar uchun metodik yordam sifatida tavsiya etiladi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son Farmoni asosida qabul
qilingan “О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”
asosida qator reja va loyihalar ishlab chiqildi.
KIRISH
Yangi avlod darsliklar majmuasining yaratilishi о‘quvchilarning mustaqil bilim olishini
yo‘lga qo‘yishga hamda о‘qituvchilarga metodik yordam berishga qaratilgan bо‘lib,
o‘qituvchilarga:
1) an’anaviy (klassik);
2) onllayn;
3) aralash (blended learning) ta’lim berish shakllarini taqdim etadi.
Bugungi ta’lim tizimi eski mazmundagi о‘quv dasturlaridan voz kechib, innovatsion raqamli
iqtisodiyot va axborotli jamiyat uchun kadrlar tayyorlash imkoniyatini beradigan о‘qitish tizimiga
о‘tmoqda. Shunga mos ravishda, ta’lim berishga yondashuvlar ham о‘zgarib, internet va axborot
texnologiyalari imkoniyatlari tufayli о‘qituvchilar oddiy bilim beruvchidan, asosiy tashkilotchiga
aylanmoqdalar.
Ayrim о‘qituvchilar uchun bunday о‘zgarish oson kechmaydi. Bunday davrda raqobatbardoshlik,
hamkorlik munosabatlarini о‘rnata olish qobiliyati zarur bо‘lganligi sababli, о‘quv dasturlari
mazmuni tanqidiy fikrlash, kommunikativlik, ijodiy yaratuvchanlik va hamkorlik kо‘nikmalarini, ya’ni
kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan bо‘lishi lozim.
Mazkur metodik qо‘llanmada о‘quvchilarda XXI asr kо‘nikmalari, ya’ni bilim olish ehtiyojini, asosiy
о‘quv-ilmiy va umummadaniy kompetensiyalarni, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan
ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat kо‘nikmalari, tanqidiy va ijodiy fikrlash, kasb tanlashga ongli
munosabatda bо‘lishga о‘rgatish imkonini beruvchi ba’zi zamonaviy texnologiyalar va о‘qitish
metodlarini keltirmoqdamiz.
Ta’kidlash joizki, har qanday pedagogik texnologiya va metodlarning samaradorligi uni qо‘llayotgan
о‘qituvchining ijodiy va kasbiy mahoratiga bog‘liq.
Xususan, umumiy о‘rta ta’lim muassasalari uchun yangi avlod darsliklarini yaratish va bunday
darsliklarni jahon standartlariga moslashtirish konsepsiyalari ishlab chiqildi. Konsepsiya asosida
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini о‘qitishning quyidagi yangi asosiy vazifalari belgilab
berildi:
– “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini о‘qitishning zamonaviy shakl, metod va
texnologiyalarini qо‘llash;
– о‘quvchilar masofadan turib yangi bilimlarni egallashi, doimiy ravishda о‘z ustida ishlashi uchun
tizim yaratish va uni yo‘lga qo‘yich;
–
ta’lim jarayonida tayanch bilim, kо‘nikma, malaka va kompetensiyalarni doimiy nazorat qilib
turish, o‘quvchilar qobiliyatiga qarab kasbiy yо‘naltirish ishlarini olib borish.
5
8-SINF DARSLIGI BO‘YICHA
Do'stlaringiz bilan baham: |