Toshkent kimyo-texnologiya institiuti "tasdiqlayman"



Download 7,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/636
Sana02.07.2021
Hajmi7,27 Mb.
#107015
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   636
Bog'liq
9f271df388 1585767174

 

 

                         Abu Ali ibn Sino 

(980-1037) 

Ibn  Sino  (asl  ismi  Husayn,  otasining  ismi  Abdulloh) 

Buxoroning Afshona qishlog‘ida hijriy 370 (980)- yilning safar 

oyida amaldor oilasida tug‘ildi.  

986-  yildan  ibn  Sino  oilasi  Buxoroga  ko‘chib  keldi  va 

shu  vaqtdan  boshlab  yosh  Husayn  boshlang‘ich  ma’lumot 

olishga, ilm-fanni o‘rganishga kirishadi. 



53

 

 



16-17  yoshidayoq  ibn  Sino  mashhur  tabib-hakim  bo‘lib  tanildi.  999-  yilda  Buxoro 

Qoraxoniylar tomonidan zabt etilgach, Somoniylar hokimiyati inqirozga uchradi. 1000- yilda ibn 

Sino  Buxorodan  chiqib  ketdi  va  madaniyat  markazlaridan  biri  hisoblangan  Xorazmga  bordi,  u 

yerda  Xorazm  hokimi  Ali  ibn  Ma’mun  saroyidagi  olimlarni  birlashtirgan  o‘z  zamonasining 

akademiyasiga qabul qilindi. Ibn Sino Beruniy, Abu Sahl Masihiy, Abulxayr Hammor, Abu Nasr 

ibn  Irod  kabi  yetuk  olimlar  bilan  yaqindan  tanishdi.  Lekin  bu  davrda  kuchayib  borayotgan 

Mahmud  G‘aznaviyning  ta’qibidan  o‘chib,  Xorazmni  tashlab  ketishga  va  Xuroson,  Eronning 

turli shaharlarida sarson-sargardonlikda yurishga majbur bo‘ldi. 

Ibn  Sinoning  hayot  yo‘li  o‘zi  yozgan  tarjimai  holi  va  shogirdi  Jurjoniy  tomonidan 

qoldirilgan  manbalardan  ma’lum.  Ibn  Sino  asarlarining  umumiy  soni  450  dan  oshadi,  lekin 

bizgacha faqat 160 ga yaqin asari yetib kelgan, xolos. Uning bizga ma’lum bo‘lgan katta asari 

"Kitob  ush-shifo"  ("Shifo  kitobi")  22  jilddan  iborat  bo‘lib,  4  ta  katta  bo‘limini  mantiq,  fizika, 

matematika,  metafizikaga  doir  masalalar  egallagan.  Uning  ayrim  qismlari  lotin  tiliga, 

Ovro‘padagi boshqa tillarga, sharq tillariga, shuningdek, rus, o‘zbek tillariga tarjima qilingan.  

Ibn  Sinoning  "Kitob  ush-shifo"  asarida  turli  tibbiyot  ilmlariga:  botanika,  geologiya, 

mineralogiya,  astronomiya,  matematika,  kimyoga  oid  ko‘p  ma’lumotlar  keltiriladi.  Uning 

tog‘larining  vujudga  kelishi,  yer  kurrasining  davrlar  o‘tishi  bilan  o‘zgarib  borishi,  zilzilaning 

sabablari kabi turli jarayonlar haqidagi fikrlari keyinchalik geologiya ilmining mustaqil ravishda 

rivoj topishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Ayrim joylarning bir vaqtlar dengiz bo‘lganligi, shu sababli 

qattiq qatlamlarda turli dengiz hayotlarining izlari saqlanib qolganligi haqida ham turli misollar 

asosida fikr yuritiladi; meteoritlar, vulqonlar haqida ma’lumotlar keltiriladi. Mineralogiya, uning 

rivojida  ham  ibn  Sinoning  xizmatlari  katta.  U  minerallarni  4  guruhga  ajratadi:  1)  toshlar;  2) 

eriydigan qism (metal)lar; 3) oltingugurtli yonuvchi qismlar; 4) tuzlar. 

Kimyoda  ham  ibn  Sino  zamonasining  bilimlarini  umumlashtirishga  harakat  qilib,  turli 

asarlar yozdi, tajribalar o‘tkazdi. Xususan, uning organik kimyo sohasidagi fikrlari keyingi davr 

mutaxassislari  tomonidan  yuqori  baholandi.  U  oddiy  metallni  qimmatli  metallga  aylantirish 

ustida  fikr  yurituvchi  alximiklarni  tanqid  qildi.  Ibn  Sino  astronomiya  sohasida  Ptolomeyning 

geotsentrik  nazariyasidan  tashqari  chiqmagan  bo‘lsa-da,  tabiiy  hodisalarning  ichki  sababiy 

bog‘lanishini  aniqlashga  harakat  qildi,  inson  hayoti  va  ijtimoiy  hodisalarni  osmon  jismlari 

harakati  holatiga  bog‘lovchi  astrologiyaga  shubha  bilan  qaradi,  turli  tajribalar  o‘tkazish  uchun 

yangi  astronomik  asbob  yaratish,  botanikada  turli  o‘simliklarning  tabiiy  xususiyatlarini 

o‘rganish, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ish olib bordi. 

 

 


Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   636




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish