Prof. Y.Q.Qodirov tomonidan o‘simlik moylarini gidrogenlashning samarali
texnologiyalarini ishlab chiqilgan va ko‘plab mualliflik guvohnomalarini olishgan. Jumladan
raps, paxta va shu kabi moylarni turg‘un katalizatorlarda intensiv gidrogenlash texnologiyalarini
yaratishgan. Olim kukunsimon nikel-mis katalizatorida o‘simlik moylarini gidrogenlash
texnologiyasining nazariy asoslarini ilmiy asoslab bergan. Sifati past o‘simlik moylarini intensiv
gidrogenlash texnologiyasi yaratilib, sanoat sinovidan o‘tkazilgan. Ishlab chiqarish unumdorligi
moy sifatiga qarab 25-40%ga ortadi hamda olinadigan salomasning sifati yaxshilanadi. Olimning
texnik ishlanmalari va tavsiyalaridan respublikamizdagi yog‘-moy korxonalarida qo‘llanib
kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |