Tamaki chеkish va uning zarari haqida. Chеkuvchilik chеkuvchi uchun ham, atrofdagi
chеkmovchilar uchun ham katta zarar kеltiradi. Chеkish bilan juda ko‘p kasalliklar uzviy
boglangan bo‘lib, insonlarni barvaxt va tasodifan o‘limga olib kеladigan, ularning umrini
o‘rtacha 8-15 yilga qisqartirishga sababchi bo‘ladigan omildir. O‘pka raki kasalligi qariyb
90% qollarda chеkish bilan bog‘langan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston bolalar sport jamg‘armasini
tuzish to‘g‘risida»gi farmoni (24 oktyabr 2002 y.) va shu asosda hukumat qarori sportni keng
rivojlantirish hamda bu bilan yoshlarning jismoniy barkamolligini ta’minlash, yurtimizning
sportdagi shuhratini jahonga keng yoyish kabi eng muhim tadbirlarni amalga oshirishga asos
bo‘la oladi.
Vazifa: Gazeta yoki jurnaldan ijtimoiy-siyosiy mavzudagi matnni o‘qing, uning til va
uslubiy xususiyatlarini izohlang.
OLMOSH
Ot, sifat, son va boshqa so‘zlar o‘rnida qo‘llanib, ularga ishora qiluvchi so‘zlar olmosh
hisoblanadi.
Olmoshlar qaysi so‘z o‘rnida qo‘llansa, o‘sha so‘zning so‘rog‘iga javob bo‘ladi,
Men, sen kishilik olmoshlariga qaratqich va tushum kelishigi qo‘shimchalari hamda -niki
qo‘shimchasi qo‘shilsa, bir n undoshi tushib qoladi: Men+ning-mening, sen+niki-seniki.
U, bu, shu, o‘sha olmoshlariga jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishigi qo‘shimchalari hamda -
ga, -dek, -day qo‘shimchalari qo‘shilsa, n undoshi orttiriladi: unga, shunda, bunda, shunday.
Boshqa so‘zlar, shuningdek, so‘z birikmasi va gap o‘rnida almashinib qo‘llaniluvchi, ularga
ishora qiluvchi yoki so‘roq bildiruvchi so‘zlar olmosh hisoblanadi. Masalan, Kitobni ko‘p
o‘qisangiz, undan ko‘p hikmat topasiz. Istagim shuki, doimo tinchlik bo‘lsin.
Birinchi gapda undan olmoshi kitob so‘zi (ot) o‘rnida, ikkinchi gapda shuki olmoshi doimo
tinchlik bo 'Isin gapi o‘rnida qo‘llanilgan.
134
Olmoshlarning aniq atash ma’nosi bo‘lmaydi. lining qaysi ma’noda kelayotganligi matnda
qaysi so‘z yoki gap o‘rnida almashinib kelishiga qarab belgilanadi.
Men, sen, u, biz, siz, ular, bu, shu, o‘sha, hamma, o‘z, kim?, nima?, qachon?, qanday?,
qancha?, qayer? kabi so‘zlar olmoshlar bo‘lib, ularning aniq lug‘aviy ma’nosi yo‘q.
Olmoshlar matndan anglashilib turgan so‘zlarga, so‘z birikmalariga yoki fikrlarga,
shuningdek, so‘zlovchi yoki tinglovchiga ishora qiladi, ularni almashtiradi. Olmoshning
ma’nosi faqat matndagina oydinlashadi. Shunga ko‘ra olmoshlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) kishilik olmoshlari; 2) o'zlik olmoshi; 3) ko 'rsatish olmoshlari; 4) so'roq olmoshlari; 5)
belgilash olmoshlari; 6) bo 'lishsizlik olmoshlari; 7) gumon olmoshlari.
Olmoshlar nutqimizni o‘rinsiz takrorlardan tozalashning, fikrni ixcham bayon qilishning
muhim vositasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |