Bolalar adabiyoti o‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/128
Sana01.07.2021
Hajmi2,56 Mb.
#106728
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
Bog'liq
Bolalar adabiyoti. Majmua (Mamasoli Jumaboyev)

  O‘ZBEK BOLALAR ADABIYOTI
www.ziyouz.com kutubxonasi


4
Gulxaniylar ijodi mumtoz adabiyotimiz tarixida alohida ajralib turadi.
Nishotiyning xalq og‘zaki ijodi asosida yaratgan „Husn-u dil“
dostoni ishq-muhabbat, aql-farosat, odob-axloqqa bag‘ishlangandir.
Shu narsa diqqatga loyiqki, dostonda har biri mustaqil asar bo‘la
oladigan „Shohboz va bulbul“, „Gul va Daf“, „Nay va Shamshod“,
„Binafsha va Chang“ kabi masallar ham berilgan. Bu masallarning
barchasi el-yurtga foyda keltirish, maqtanchoq bo‘lmaslik, ortiqcha
kibr-havoning zarari kabi mavzularning yoritilishi jihatidan bolalar
uchun ibratlidir.
Gulxaniy ham „Zarbulmasal“ asarida o‘zining muhim ijtimoiy
qarashlarini, el-ulus taqdiriga munosabatini hayotiy timsollar
orqali ifodaladi.
Munis mehnatkash xalqning og‘ir ahvoliga qattiq achindi,
ilm-fan va adabiyot ahlining xor-zorligidan qayg‘urdi. Shoir kishi-
larni bilim olishga, kitob o‘qishga, johil va yomonlardan uzoq
bo‘lishga chaqirdi. Munis „Savodi ta’lim“ risolasi orqali bolalarni
o‘qitish va tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shdi. Uning ma’rifat-
parvarlik g‘oyalari Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Komil Xorazmiy,
Zavqiy, Avaz O‘tar kabi shoirlarga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ma’rifatparvarlikni bayroq qilib ko‘targan Abdulla Avloniy,
Behbudiy, Hamza, Fitrat, Munavvarqorilar tomonidan yozilgan
darslik va qo‘llanmalarda bolalar hayoti, o‘qishi, axloq-odobi haqida
materiallar beriladi.
Abdulla Avloniy („Birinchi muallim“, „Ikkinchi muallim“,
„Maktab gulistoni“, „Turkiy guliston yoxud axloq“), Hamza
Hakimzoda Niyoziy („Yengil adabiyot“, „Axloq hikoyalari“,
„Qiroat kitobi“) asarlarida yangi davr nafasi ufura boshladi.
20- yillarda Fitrat, Cho‘lpon, Elbek, Botu, G‘afur G‘ulom,
G‘ayratiy, Shokir Sulaymon, Oybek va boshqalarning kichkin-
toylar uchun yozgan asarlarida bolalarni yaxshi o‘qishga, ilm-
fan nurlaridan bahramand bo‘lib, davrning haqiqiy o‘g‘il-qizlari
sifatida kamol topishga targ‘ib etdilar.
Bolalar adabiyoti yildan yilga rivojlanib bordi. 30- yillarga kelib,
she’riyatda Zafar Diyor, Adham Rahmat, Ilyos Muslim, Shukur
Sa’dulla, Sulton Jo‘ra, Mahmuda Oqilova, Quddus Muham-
madiy, nasrda Majid Fayziy, Dorjiya Oppoqova kabi bolalar
ijodkorlari yetishib chiqdilar, Sadriddin Ayniy, G‘afur G‘ulom,
Hamid Olimjon, Oybek, Elbek, Shokir Sulaymon va G‘ayratiylar
ham o‘zbek bolalar adabiyotini yuksaltirish ishiga munosib his-
salarini qo‘shdilar.
www.ziyouz.com kutubxonasi


5
Bu davrda qardosh xalqlar adabiyotidan ko‘plab asarlar o‘zbek
tiliga tarjima qilindi. Natijada o‘zbek bolalar adabiyoti har tomonlama
boyib bordi. Ayniqsa, „Yer yuzi“, „Bolalar yo‘ldoshi“, „Bolalar
dunyosi“, „O‘zgarishchi yoshlar“, „Yosh kuch“ kabi oynomalar
chiqishi bolalar adabiyotining har tomonlama rivojlanishiga sabab
bo‘ldi. Uning mavzu doirasi kengaya bordi. Yoshlik, maktab hayoti,
ona yurt tabiati, xalqlar do‘stligi, ilm, hunar va texnikaga
muhabbat mavzulari bolalar adabiyotidan keng o‘rin oldi.
Xalqimiz boshiga ko‘p musibatlar, jabr-u jafolar solgan
ikkinchi jahon urushi yillarida urushni va yovuzlikni qoralovchi
ko‘plab otashin she’rlar, dostonlar yaratildi.
So‘nggi davrda bolalar she’riyatida ona-Vatan, go‘zal diyor,
hur o‘lkamiz to‘g‘risida yaratilgan asarlar diqqatga sazovordir.
„Yashna, Vatan“ (I. Muslim), „Obod o‘lkam“, „Yurtimizning
yuragi“ (P. Mo‘min), „Mening Vatanim“, „Baxtli bolalar“
(Q. Hikmat), „O‘lkamizning tonggi otmoqda“ (A. Rahmat),
„Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi“ (A. Oripov), „Ona
degan so‘z“  (O. Matjon) va boshqalar.
Bu mavzuda yaratilgan asarlar ichida Abdulla Oripovning
„Dehqon bobo va o‘n ikki bolakay qissasi“ she’ri ajralib turadi.
O‘zbekiston haqida ko‘plab asarlar bor. A. Oripov ularni tak-
rorlamasdan, o‘ziga xos yorqin asar yozgan. She’r qahramonlari
o‘n ikki viloyatdan chiqqan a’lochi, jamoatchi o‘quvchilar. Ular
o‘z joylarining tarixini yaxshi bilishadi. Poyezdda o‘zlariga hamroh
bo‘lgan boboning savollariga lo‘nda-lo‘nda javob berishadi.
O‘zbekistondagi har bir viloyatning o‘ziga xos boyligi, shaharlari,
bag‘ri keng odamlari kitobxon ko‘z o‘ngida bir-bir gavdalanadi.
O‘zaro suhbat asosiga qurilgan bu she’rdagi boboning yakuniy
so‘zi ham salmoqli. Unda tobora gullab-yashnab borayotgan,
mustaqil, o‘z taqdirini yaratayotgan diyorimizning husn-jamoli,
qudrati yaxlit ifoda etilgan:

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish