1 4
*
*
*
Odob — kishining zebi.
TOPISHMOQLAR
Lenta kabi cho‘zilib,
Yurtni yurtga ulaydi.
Do‘stni do‘stga
uchratib,
Qalbga sevinch qalaydi.
(Yo‘l)
Bulut desang, bulutmas,
Yerdan ko‘kka suzadi.
Ko‘zga, burunga kirsa,
Asabingni buzadi.
(Tutun)
Keragida
suvga otasan,
Qimirlashin poylab yotasan.
(Qarmoq)
*
*
*
Hunar — zar, hunarsiz — xor.
*
*
*
Hunari yo‘q kishining,
Mazasi yo‘q ishining.
*
*
*
Yoshlikda o‘rgangan hunar,
O‘zingga o‘ljaga qolar.
*
*
*
Bir yigitga yetmish hunar
kam.
*
*
*
Elga qo‘shilsang, el bo‘lasan,
Eldan ajralsang, yer bo‘lasan.
*
*
*
Yurti boyning — o‘zi boy.
*
*
*
O‘zga yurtda shoh bo‘lguncha,
O‘z yurtingda gado bo‘l.
*
*
*
To‘pdan
chiqsang ham,
ko‘pdan chiqma.
*
*
*
Tilni bilish — dilni bilish.
*
*
*
Sevdirgan ham til,
Bezdirgan ham til.
*
*
*
Odobni beodobdan o‘rgan.
*
*
*
Ko‘p yurgan — ko‘p ko‘rar,
Ko‘p o‘qigan — ko‘p uqar.
*
*
*
Yaxshi gap bilan ilon inidan
chiqadi.
*
*
*
To‘g‘ri bo‘lsang, bexavotir
bo‘lasan.
*
*
*
Ilmsiz
bir yashar,
Ilmli ming yashar.
Qo‘shaloq tovoq,
Ichi to‘la yog‘.
(Yong‘oq)
*
*
*
Birlashgan — o‘zar,
Birlashmagan — to‘zar.
*
*
*
Haq so‘z —achchiq so‘z.
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 5
TEZ AYTISHLAR
Shokir sholipoyada shovqin solib, shaqildoqni shaqillatdi.
Bir juft cho‘p ko‘pmi, qo‘sh juft cho‘p ko‘pmi?
Jamila jiydani joyiga joyladi.
Shu mushuk,
shum mushuk, shumshuk mushuk.
Tez aytishni tez-tez ayt.
Sovuqda tustovuq sovuq qotdi.
Boqi bog‘ga, Soqi tog‘ga boradi.
Saodat soatini soatsozga sozlatdi.
Qo‘sh qo‘lqop, qo‘shovi ham bo‘sh qo‘lqop.
Gulsara gul saralab, gul sanadi.
Tubsiz dengiz dedingizmi? Dengiz tubsiz dedingizmi?
Olti juft oq chinni choynakka to‘rt juft ko‘k qopqoq yopsa
bo‘ladimi?
O‘ktam ko‘m-ko‘k, ko‘rkam ko‘klam rasmini ko‘p ko‘k
qalamda chizmoqchi.
Zanjir, sarjin, anjir.
Bir tup tut, tutning tagida bir tup turup.
Tut turupni turtib
turiptimi, turup tutni turtib turiptimi?
Shotursunning shotutini shitirlatgan shamol Sharifning
shaftolisini shitirlatdi.
Tunda ko‘rib cho‘g‘ deysan,
Tongda ko‘rib yo‘q deysan.
(Yulduz)
Koptokka o‘xshar o‘zi,
Yo‘l-yo‘l beqasam yuzi,
Ichi to‘la
qand-asal,
Yesang chanqoqni bosar.
(Tarvuz)
Ilon izli yorug‘ nur,
Bulutlarni quchadi,
Jarangdor ovozidan
Yer-u osmon ko‘chadi.
(Chaqmoq)
Oyna emas, jimirlar,
Tek turolmas, qimirlar.
(Suv)
Kasbi
doim taqir-tuqur
Qayda ilon ko‘rsa cho‘qir.
(Laylak)
Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar.
(Shamol)
www.ziyouz.com kutubxonasi
1 6
Qurilishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak.
Oq choynakka ko‘k qopqoq,
Ko‘k choynakka ko‘k qopqoq.
Erkin egatga ertaki ekinni ertalab ekdi.
Eshik oldida buloq,
buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun
quloq.
Do'stlaringiz bilan baham: