Mamlakatimizda bank tizimini isloh qilish iqtisodiy islohotlarning muhim ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul
qilingan qator farmon va qarorlar asosida ushbu sohaning har tomonlama qo‘llab-
quvvatlanishi tufayli yurtimizda xalqaro andozalarga mos keladigan zamonaviy bank
tizimi shakllandi. Shu bilan birga, bank-moliya tizimida raqobat muhitining kuchayishi,
o‘z navbatida, bu sohada olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
erkinlashtirish, shuningdek, banklarning kapitallashuv darajasini oshirish hamda
investitsion jarayonlardagi ishtirokini yanada faollashtirishni taqozo etmoqda.
Yurtboshimizning 2007 yil 12 iyuldagi «Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish
va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini
faollashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori tizimda amalga oshirilayotgan
Shuni alohida ta’kidlash joizki, jahon tajribasiga ko‘ra har qanday bankning salohiyati,
eng avvalo uning kapitali, resurs bazasi va aktivlari salmog‘i bilan baholanadi.
Bankning resurs bazasi esa asosan bank kapitali hamda yuridik va jismoniy
shaxslarning banklardagi depozitlaridan tashkil topadi. Bundan ko‘rish mumkinki,
mamlakatimizdagi har bir fuqaro, har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ekt eng asosiy
sarmoyador hisoblanadi. Ularning banklardagi mablag‘lari qancha ko‘p bo‘lsa,
bankning kredit berish, investitsiya qilish salohiyati ham shunchalik kuchli va
Bank faoliyatidagi eng muhim muommolardan biri yetarli darajadagi bank
kapitali miqdorini taminlashdir.”Kapital” termini bankirlar uchun alohida ahamiyatga
ega.Bu tushuncha birinchi navbatda bank egalari tomonidan kiritilgan va aksiyadorlik
kapitalida
joylashtirilgan
mablag’lar
hamda
taqsimlanmagan
foydaga
tegishlidir.Banklarga bo’lgan ishonchni taminlab beruvchi tashkil qiluvchilardan biri-
bank kapitalidir.Shu sababli bank kapitalining miqdori va sifati masalasi banklar uchun
katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bois Prezidentimiz banklarning kapitallashuvini yanada oshirishga
alohida e’tibor qaratayotganligi bejiz emas. Chunki, bu nafaqat bank resurslarining
asosiy qismini yangi, zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish yoxud mavjud
korxonalarni modernizatsiyalashga, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, pirovardida
esa, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati ortishiga, xalqimiz turmush farovonligi
yaxshilanishiga
xizmat
qiladi.
Bu borada 2010 yil 29 yanvar kuni Prezident Islom Karimovning 2009 yilning asosiy
yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim
ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi maruzasida
moliya-bank tizimini mustahkamlash masalasiga alohida etibor qaratildi.Mazkur
majlisdagi maruzaning etiborli tomoni shundaki, unda bank-moliya tizimida olib
borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirishning ustuvor
yo‘nalishlari belgilab berilgan. Banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash
borasida ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida, so'nggi ikki yilda tijorat banklarining
umumiy kapitali 2 barobar ko'payib, 2010 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra 3 trln. 10
mlrd. so'mga etdi. Masalan, ushbu maruzada banklarning kapitaliga aholi, tadbirkorlik
sub’ektlari, investorlarning bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish uchun qo‘shimcha
aksiyalar chiqarib, fond bozorida faol joylashtirish hisobiga banklarning kapitallashuv
darajasini
oshirishga
keng
yo‘l
ochib
berdi.
Jumladan, bugungi kunda respublikamiz tijorat banklari kapitalining yetrlilik darajasi 23 foizdan
oshadi va bank nazorati bo’yicha Bazel qo’mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan
qariyb 3 barobar ko’pdir.
2009 yilda chuqurlashgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida
Hukumatimiz tomonidan 2009 – 2012 yillarga mo'ljallab qabul qilingan Inqirozga
qarshi dastur doirasida bank-moliya tizimining barqarorligini ta'minlashga qaratilgan
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi o'zining ijobiy samarasini berdi.
Ko'rilgan tadbirlar qatorida bank tizimining barqarorligini yanada mustahkamlash,
banklarning kapitallashuv darajasini, ularning resurs bazasini yanada oshirish orqali
bank-kredit tizimining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash, banklarning
iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirishga alohida
e'tibor qaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: