3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi; Tabiat o’zining go’zalligi bilan o’ziga insoniyatni
jalb etadi. Har bir kishini maftunkor tog’larni qoplab turgan doimiy muzlar,
ulardagi xushbo’y gullar, dorivor o’simliklar, hayvon turlari, toza havo sho’x
sharsharalari, muz cho’qqilari, qoyalari bilan rom etadi. Bularning hammasidan
zavq olish kerak, har bir narsaning o’z qadriga yetish, tabiatdagi mo’’jazgina bir
jonli mavjudotni ham asray-avaylash lozim.
Ma’lumotlarga qaraganda, Yer yuzida hayvonot va o’simlik turlarining
yo’qolib ketishga ikkita sabab bor bo’lib, ulardan birinchisi – bu tabiiy sharoitning
o’zgarishi (tabiiy sabab) natijasida bo’lsa, ikkinchisi esa – (antropogen) inson
xarakatlari natijasidir. Dunyoda umumiy qushlar va hayvonlarning to’rtdan bir
qismi tabiiy sabablar natijasida yo’qolgan bo’lsa, to’rtdan uch qismi esa inson
ta’sirida yo’qolganligi aniqlangan. Bunday raqamlarni yana ko’plab keltirish
mumkin, afsuski, ularning deyarli barchasi insoniyatning bilib-bilmay tabiatga
nisbatan olib borayotgan beayov qilmishlarini ko’rsatib beradi. Aslini olganda, bu
raqamlar aynan bo’lmasa-da, ko’pchiligimizga ma’lum, bu raqamlar oqibatida
yuzaga keladigan fojealar ham ma’lum. Yer kurrasida hozirgi vaqtda 670 ming
(shundan 500 mingi gulli o’simliklar) o’simlik va 1,5 million hayvon turlari
mavjud bo’lib, ularning 93 % uchun quruqlik va 7% i uchun suv yashash muhiti
hisoblanadi.
Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng atrof-muhitni va
undagi o’simlik va hayvonot dunyosini himoya qilish bo’yicha katta ishlar amalga
oshirildi. Bu sohada 1992 yil 9-dekabrda ―Tabiatni muhofaza qilish‖ to’g’risida,
1993 yil 7-mayda ―Alohida muhofaza qilinadigan maydonlar‖ to’g’risida, 1997 yil
26-dekabrda ―O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish‖
to’g’risida qonunlar qabul qilinganligi buning yaqqol misolidir [O’zbekiston
Respublikasining ―Normativ - huquqiy xujjatlar to’g’risida‖gi O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012].
4
Ma’lumki, o’simliklar xalq xo’jaligining barcha sohasida samarali
foydalanib kelinmoqda. Shu jumladan chorvachilik, tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va
boshqa sohalarni misol qilib keltirish mumkin. Lekin shu tufayli o’simliklardan
belgilangan miqdordan ko’proq foydalanish o’simliklar qoplamiga salbiy ta’sir
etmoqda. Bunday xarakatlar dovomida o’simliklar florasi, antropogen omillar
natijasida son jixatidan kamaishi, ayrim turlar yo’qolish arafasida turganligi, ko’p
sonli o’simlik turlari O’zbekiston Qizil kitobiga kiritilayotganligi, o’simliklarni
muhofaza qilish, ularni asrab-avvaylash, ko’paytirish va ularni tarqalgan arealini
kengaytirish, ularga ta’sir qiluvchi ekologik omillarni aniqlash hamda taxlil qilish
shu kunning dolzarb masalalaridan biri ekanligini tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: