2.2.Makroiqtisodiy o’sishni ta’minlashda mahsulot eksporti salohiyatini
yanada jadalashtirish mexanizmlari
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarining asosiy
maqsadi bo‘lib unga iqtisodiyotning turli tarmoqlarini jumladan. Tadbirkorlikda
sanoatni rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin. Sanoatni rivojlantirish
asosida aholi turmush darajasini oshirishda bir qator tadbirlarni amalga oshirish
orqali erishiladi. Bularga sanoat korxonalarida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga
oshirish, korxonalarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash ya’ni ishchi
o‘rinlari yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalarga
investisiya kiritish va aholining bo‘sh pul mablag‘larini sohani rivojlantirishga jalb
etish kabilar kiradi.
Sanoatda tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim ustuvor yo‘nalishi
tarmoqda sohadagi tarkibini o‘zgarishlarni amalga oshirish hisoblanadi. Tarkibiy
o‘zgarishlar iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan
qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo‘naltirilgan
tadbirlardir. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish milliy manfaatlarni
ta’minlovchi, iqtisodiy o‘sishga yo‘l beruvchi va aholi farovonligini ishishga olib
keluvchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasi yaratilishidir.
Bugungi kunda sanoatni modernizatsiya qilish, texnika va texnologik
yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatining
yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha
dastur
ishlab
chiqmoqda.
Buxoro
viloyatida
sanoat
korxonalarini
modernizatsiyalash bo‘yicha tarmoqning hududiy dasturi ishlab chiqilib unda
etakchi sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlab
chiqarishni zamonaviy andazalariga o‘tish, tejamkor va samarali texnologiyalarni
qo‘llash tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz sanoatida tarkibiy o‘zgarishlar davom ettirilishi barqaror va
mutanosib iqtisodiy o‘sishni ta’minlash sanoat korxonalari raqobatbardoshligini
oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishi muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiy
41
nochor ahvoldagi korxonalar faoliyatini yaxshilash yo‘nalishlaridan biri ularning
tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyalash mazkur korxonalar boshqa tarmoqlar
mahsulot ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatishlarini o‘zlashtirib, boshqa
tarmoqlar bilan faoliyatini muvofiqlashtirish lozim.
O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-
tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda ularning eng muhim masalalarga yangi
ish o‘rinlarini yaratish va aholi turmush darajasini yanada oshirishda
yo‘naltirilganligini alohida takidlash lozim.
Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar
samaradorligi faoliyat tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish jarayonida yirik
sanoat korxonalari bilan tadbirkorlikni aloqalari asosidagi kasanachilik va boshqa
turdagi faoliyatni rivojlantirish bilan bog‘liq.
Tadbirkorlikda
kichik
biznesni
rivojlantirish
sanoat
korxonalari
samaradorligi asosida aholi turmush darajasini oshirishning muhim tadbirlaridan
biri bo‘lib u bir qator iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qiladi.
Sanoat korxonalari samaradorligini oshirish asosida aholi turmush darajasini
yaxshilash tadbirlaridan yana biri sanoat sohasida kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirish hisoblanadi.
Mamlaktimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini
ta’minlash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda moliyaviy
jihatdan
ko‘maklashish,
jumladan, kreditlar ajratishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Bu boradagi ma’lumotlardan ko‘rinadiki, mamlakatimizda 2016
yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi
2015 yilga nisbatan 25,1 foiz ko‘payib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 53,4
trillion so‘mga etdi.
O‘zbekistonda
investision
faoliyatini
rivojlantirishning
hududiy
xususiyatlarini e’tiborga olib, mintaqalarni tabiiy va mehnat resurslari mavjud
ishlab chiqarish salohiyati, ishlab chiqarishning ixtisoslashishiga moyilligi va
infratuzilmani hisobga olib hududiy konsepsiyalar ishlab chiqilmoqda. Bu davlat
tomonidan hududlar hayot darajasini tenglashtirish orqali yagona investision
42
siyosat yuritilayotganini bildiradi. Investisiya kiritish bo‘yicha xorijiy davlatlar
tajribasi ko‘rsatadiki ishlab chiqarishni og‘ir texnologik liniyalar bilan emas, balki
qisqa va tez yangilanadigan bozor talablarini tez o‘zlashtira oladigan “egiluvchan”
ishlab chiqarish liniyalari bilan qurollantirish ustuvor yo‘nalish bo‘lib bormoqda.
Mamlakatimiz jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish va mavqeni
mustahkamlashda yo‘naltirilgan tarkibiy o‘zgarishlar va yuksak texnologiyalarga
asoslangan zamonaviy tarmoqlar va ishlab chiqarish sohalarini jadal rivojlantirish
siyosati asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida izchil amalga oshirilmoqda. Bu jarayon
ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish va mamlakatimizdagi xom ashyo
resurslariga boy mavjud manbalardan oqilona foydalanish asosida yuqori
qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yuksak texnologik mahsulotlarni ishlab
chiqarishni ta’minlaydigan istiqbolli iqtisodiyot tarmoqlarini vujudga keltirishni
nazarda tutadi. Prezidentimiz ta’kidlagalaridek “2013 yil va yaqin kelajakka
mo‘ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning etakchi
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni
jadallashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya
qilish markaziy o‘rin tutishi darkor.
2016 yilda Respublikada asosiy kapitalga kiritilgan insestitsiyalarning
umumiy miqdori 16,6 mlrd. AQSH dollari miqdorida yoki 2015 yilga nisbatan 2,6
foizga ko‘p investisiyalar yo‘naltirildi.
Diagramma ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, korxonalarni modernizatsiya
qilish texnologik va texnik jihatdan qayta jihozlashga ajratilgan investision
kreditlar hajmi 2009-2016 yillarda 5 barobardan ziyod o‘smoqda.
Bank tizimi tomonidan amalga oshirilgan qulay ishbilarmonlik muhitini
shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirklari
natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar
hajmi 2015 yilga nisbatan 1,3 barobar ko‘payib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga
15,9 trln.so‘mga etdi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |