II-BOB. MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA
TADBIRKORLIK SUB’EKTLARI TOMONIDAN MAHSULOT
EKSPORTIDAGI HOLATINI TAHLILI
2.1. Tadbirkorlik subyektlarini makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari holatini tahlili
O‘zbekiston Respublikasining rivojlantirish harakatlar strategiyasida
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish milliy iqtisodiyotning etakchi
tarmoqlarini
modernizatsiya
va
diversifikatsiya
qilish
hisobiga
uning
raqobatbardoshligini oshirish, uning tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ulushini ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgandir.
Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifalari ichki va tashqi bozorga mintaqa
imkoniyatlari va talablaridan kelib chiqqan holda tovarlar ishlab chiqarish va
xizmatlar ko’rsatish va tariflarni tartibga solish, tovar va xizmatlarni taqsimlash va
ular iste’molining oqilona darajasini ta’minlash orqali hudud aholisining yuqori
darajalagi farovonligiga erishishdan iborat. Shu bois, u mintaqaning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanlshi jarayonidagi muhim muammolarni hal etishga, mintaqa
iqtisodiyoti tuzilishini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Chunki
mintaqaviy iqtisodiyotini asosiy vazifalaridan iborat.
Bu vazifalarni bajarishda tadbirkorlikni faollashtirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki, aynan tadbirkorlikni faollashtirish mintaqani ichki manbalar
hisobiga rivojlantirish usullaridan biri hisoblanadi. Bu esa tadbirkorlik faoliyati
milliy, shu jumladan, mintaqalar iqtisodiyoti taraqqiyotiga erishish va raqobat
muhitini shakllantirish omili ekanligini, aholii daromadlarini oshirish, bozorlarni
zarur mahsulotlar bilan muhim o’rin tutishini ko’rsatadi. Qolaversa, tadbirkorlikda
"Kichik biznesning ixcham va xarakatchanligi, bozor konyukturasi o’zgarishlari va
ist’molchilar ehtiyojlariga nisbatan tez moslasha olishi uni jahon iqtisodiy inqirozi
davrida yangi ish o’rinlarini yaratish va aholi daromadini oshirish,borasida eng
qulay va maqbul vositaga aylantiradi.
35
Demak, hozirgi davrda tadbirkorlikni samaradorligi, uning milliy, shu
jumladan, mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sirini oshirishning nazariy,
amaliy, xududiy jihatlarini tadqiq etish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Olib borilgan tahlillar shuni ko’rsatadiki, mintaqaviy xususiyatlarni inobatga
olgan holda kichik biznesning mintaqa iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga ta’sirini aniqlash uslubiyati yetarli darajada tadqiqot obyekti
bo’lmagan. Uslubiy jixatdan kichik biznesni mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga ta’sirini tahlil etish tizimli yondashuv asosida amalga oshiriladi.
Iqtisodiy tahlilda tizimli yondashuv tahlil obyektini murakkab tizimlar sifatida
tadqiq etishni nazarda tutadi. Ularning tavsifi esa bir biri bilan bog’lik
ko’rsatkichlar to’plami yordamida berilishi mumkin. Faoliyatni samarali
rivojlanishida tahlil qilishning ahamiyati kattadir.
Iqtisodiy tahlilda tizimli yondashuv bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
-birinchi bosqichda o’rganilayotgan obyekt bir biri bilan bog’lik
elementlaridan iborat deb tasavur etiladi;
-ikkinchi bosqichda o’rganilayotgan obyektning faoliyatini har taraflama
tavsiflovchi ko’rsatkichlar tizimi ishlab chikiladi;
-uchinchi bosqichda tahlil bevosita ko’rsatkichlar tizimi yordamida amalgam
oshiriladi.
-to’rtinchi bosqichda tizim elementlari o’rgasidagi bog’lanish indekatorlari
va ko’p sonli omillarni tavsiflari aniqlanadi;
-beshinchi bosqichda, oldingi to’rt bosqichda olingan axborotlar asosida
model ishlab chiqiladi
-oltinchi bosqichda chiqarilgan xulosalar asosida tizimni modellashtirish,
obyekt samaradorligini oshirish imkoniyatlari aniqlanadi va har taraflama
baholanadi.
Uslubiy jixatdan tadbirkorlikni mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
ta’sirini tadqiq etish uchun uning bu jarayondagi tahlil ketma-ketligi ishlab chiqish
talab etiladi.
36
Birinchi bosqichda o’rganilayotgan muammoning nazariy va uslubiy
jixatlari o’rganiladi va umumlashtiriladi. Bunda quyidagi xolatlarga aloxida e’tibor
qaratish zarur:
- Tadbirkorlik va biznesga doir adabiyotlarni o’rganish asosida uning o’ziga
xos jixatlarini va xususiyatlarini aniqlash;
-kichik biznesni mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etish
yo’nalishlarini aniqlash;
Ikkinchi bosqichda kichik biznesning mintqaviy ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishiga ta’sirini aniqlash ko’rsatgichlar izimi ishlab chiqiladi.
Uchinchi bosqichga-ikkinchi bosqichda ishlab chiqilgan ko’rsatkichlar tizimidan
foydalanib, tadbirkorlik sohasining mintaqaviy rivojlanishiga baho beriladi, uning
ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishga ta’siri, shuningdek, bunga ta’sir etuvchi omillar bir
tizimiga keltirilib sohadagi muammolar aniqlanadi. Xizmatlar sohasining yuqori
ulushini Samarqand (76,5 %), Surxondaryo (76,3 %),Toshkent (76,2 %), Farg‘ona
(75,9 %), Buxoro (74,9 %), Jizzax (74,2 %) va Andijon (73,7 %) viloyatlari tashkil
etadi.
Qurilishda Andijon (94,3 %), Namangan (93,9 %) va Samarqand (92,3 %)
viloyatlari tashkil qiladi.
Bandlikda esa, Andijon va Samarqand viloyatlari (84,5 %), Namangan (83,4 %),
Xorazm (82,9 %) viloyatlari tashkil etadi.
2017 yilning yanvar-dekabrida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
YAIMdagi ulushi 53,3 % ni tashkil qildi (2016 yilning yanvar-dekabrida 56,2 %).
Tahlilni aynan tadbirkorlik faoliyatining milliy iqtisodiyotiga ta’siri
yo’nalishlari, bu jarayoni chuqurroq o’rganish uchun, shuningdek, soha va
tarmoqlar bo’yicha amalga oshirish maqsadiga muvofiq, bu jarayonda soha
subyektlarining yalpi mahsulotdagi ulushiga miqdoran va sifat jixatidan baho
berilishi lozim.
Samarqand viloyati ham kichik biznes va tadbirkorlikni mintaqa
iqtisodiyotida qo’shgan hissasi tobora oshib borilmoqda.
37
Do'stlaringiz bilan baham: |