15
Chizg‘ichdagi chiziqcha va raqamlar
chizg‘ich shkalasini, qo‘shni
ikkita chiziqcha oralig‘i
o‘lchash aniqligini
ko‘rsatadi. Chiz
g‘ich bilan o‘lchash mum kin
bo‘l gan eng katta ma
so fa
o‘lchash chega
rasi
deyiladi.
Biror kattalikni o‘lchashdan oldin o‘lchanadigan kattalik o‘lchov
asbobining imkoniyati bilan solishtiriladi. Masalan,
qalam yoki
ruchkaning uzunligini o‘lchash kerak bo‘lsa, uni o‘lchashga oddiy
o‘quvchilar chizg‘ichining imkoniyati yetarli bo‘ladi. Chunki uning
o‘lchash chegarasi qalam yoki ruchkaning uzunligidan katta. Lekin
bunday o‘lchashda ham xatolik bo‘ladi. O‘lchash paytida
bunday
xatolik o‘lchanayotgan kattalik ikkita qo‘shni chiziq oraligiga
to‘g‘ri kelib qolishidan hosil bo‘ladi. Fizikada o‘lchash davrida
yo‘l qo‘yiladigan noaniqlikni
o‘lchashlar xatoligi deyiladi. O‘lchov
asboblarida uning qiymati shkalaning dara
jasidan katta bo‘lmaydi.
Predmet uzunligi o‘lchov asbobining shkalasidagi shtrix bilan
ustma-ust tushganda ham baribir xatolik bo‘ladi. Bu inson ko‘zi
imkoniyatlari chegaralanganligi bilan bog‘langandir. Shunga ko‘ra
o‘lchashlar xatoligi o‘lchov asbobi
ning shkalasi darajasining yarmiga
teng deb qabul qilingan.
Ko‘pincha uzunligi chizg‘ichning o‘lchash chegarasidan katta
bo‘lgan hollar uchraydi. Masalan, stol uzunligini o‘lchash
kerak
bo‘lganda, boshqa uzun chizg‘ich bo‘lmasa, kalta chizg‘ichni ketma-ket
bir necha marta stolga qo‘yib uning uzunligi o‘lchanadi. Bunda, har
safar o‘lchash davrida xatolik yig‘ilib boradi.
Shunga ko‘ra, o‘lchashlar xatoligini kamaytirish uchun o‘lchash bir
necha marta o‘tkaziladi. Buning uchun hattoki bir necha xil asbobdan
ham foydalanishadi.
Natijada, fizik kattalikka doir bir-biridan farq
qiluvchi bir qancha qiymatlarga ega bo‘lamiz. U holda o‘lchanayotgan
kattalik nimaga teng?
Buni aniqlash uchun,
o‘rtacha qiymat deb ataluvchi son
hisoblab topiladi. Buning uchun o‘lchangan
barcha qiymatlar
qo‘shiladi va o‘lchashlar soniga bo‘linadi. Masalan, ikki marta
o‘lchash olib borilgan bo‘lsa,
o‘rtacha qiymat =
1-o‘lchangan qiymat + 2-o‘lchangan qiymat
2
16
Fizik kattalik qancha ko‘p marta o‘lchanib, uning o‘rtacha qiymati
topilsa, kattalik shunchalik aniq chiqadi.
Ayrim o‘lchov asboblariga uning o‘lchash
xatoligi foizlarda ham
yozib qo‘yiladi. Masalan, ±
5 degan yozuv asbob ko‘rsatishi haqiqiy
kattalikdan + 5 yoki – 5 foizga farq qilishini ko‘rsatadi.
Kattaliklar o‘lchash xatoligini hisobga olgan holda quyidagicha
yoziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: