Gruntlarning adsorbsion xossalari. Dispers gruntlarning orasidan
har xil suyuqlik yoki gazli aralashmalar o„tganda ularning tarkibida bo„lgan
moddalar qisman ushlanib qoladi. Natijada bu eritmalar yoki gazli
aralashmalardan ayrim ionlar, molekulalar, kolloidlar yoki gil zarralari
dispers gruntlari ichida yutiladi. Gruntlarning bu xossalari yutilish yoki
adsorbsiya qobiliyati deb ataladi.
86
Yutilish murakkab tabiatga ega va odatda bir nechta birgalikda kechadigan
jarayonlardan iborat, natijada gruntlarning tarkibi, strukturasi va xossasi o„zgaradi.
K.K.Gedroys yutilish qobiliyatini beshta turga ajratishni taklif qiladi: mexanik,
fizik, fizik-kimyoviy, kimyoviy va biologik. Gruntlarning fizik-kimyo yutilish
qobiliyati almashinuvchandir. Qolgan to„rt xil adsorbsion qobiliyati tabiati
boshqachadir: bu hollarda eritmalarni gruntlar bilan ta‟sirlanganda birinchisida bir
qancha moddalar yutiladi, ammo bu yutilish almashinuv reaksiyasi bilan birgalikda
bo„lmaydi.
Gruntlarning mexanik yutilish qobiliyatida har qanday g„ovak jism kabi
gruntlar orasidan filtrlanayotgan suvdagi zarralarning ushlab qolinish qobiliyati
tushuniladi. Har bir grunt uchun zarralarning chegaraviy o„lchami bo„ladi, undan
kattasi grunt qatlami orasidan o„ta olmaydi. O„lchami kichik bo„lgan zarralarning
bir qismi filtrlanadi, ayrim qismi gruntda quyidagi sabablar natijasida ushlanib
qoladi: 1) g„ovaklikning bo„linganligi; 2) ularning noto„g„ri, xilma xil shakllari; 3)
mayda zarralarda molekulyar tortish kuchining borligi, qiymati ularning diametri
kamayishi bilan oshadi. Oxirgi holatda mexanik yutilish bilan fizik yutilish
qobiliyatining birorta turi uyg„unlashadi.
Gruntlarning fizik yutilish qobiliyati. Bu turdagi yutilish gruntlarning suvli
eritma yoki suspenziyadan, ular va grunt zarralari orasida hosil bo„lgan qandaydir
moddalarning molekulyar o„zaro ta‟sirlari yordamida yutilishini aks ettiradi. Bunda
yutilayotgan modda va grunt zarralari orasida kimyoviy o„zaro ta‟sir bo„lmaydi.
Nam grunt dispers tizim bo„lib, tarkibida erigan tuzlari bo„lgan suvni
disperslangan muhit, qattiq mineral va organik zarralarni – dispers faza deb qarash
mumkin.
Dispers yutilish jarayonida dispers faza faqat molekulalarni adsorblab
qolmas-dan, eritmadan kislotali va ishqorli ionlarni ham yutadi. Bunday turdagi
yutilish gidrolitli adsorbsiya deb ataladi. Jarayonlar davomida grunt ishqorni yoki
anionlarni adsorblashi natijasida gidrolit kislotalar yoki gidrolit ishqorlar hosil
bo„ladi.
87
Grunt yuzasining energiyasi qiymati uning qattiq komponentlarining
umumiy yuzasini, shundan kelib chiqib grunt kolloidlari miqdorini ham belgilaydi.
K.K.Gedroys hisoblariga ko„ra, grunt og„irligining 1 % ni tashkil qiluvchi o„lchami
0,1 mkm dan kichik bo„lgan zarralarning yuzasi, qolgan 99 % har xil
granulometrik elementlarning yuzasiga teng. Suglinkali va gilli gruntlarda
kolloidlar miqdori odatda 1 % dan oshadi, ayrim hollarda 75 % gacha yetishi
mumkin. Shuning uchun grunt yuzasining energiyasi ulardagi kolloidlar miqdori
bilan ko„p hollarda belgilanadi. U kolloidlar grunt tizimida koagulyatsiya
natijasida birdan kamayadi.
Gruntlarning fizik-kimyoviy yutilish qobiliyati. Gruntlarning fizik-
kimyoviy almashinuv qobiliyati mazmuni ular birorta maddaning eritmasi
bilan o„zaro ta‟sirda bo„lganda ayrim ionlar eritma tarkibidan yo„qoladi,
ularning o„rniga eritmada ularga ekvivalaent miqdorda boshqasi hosil
bo„ladi deb tushuniladi. Masalan, CaCl
2
eritmasi bilan gilli grunt o„zaro
ta‟sirlanganda eritmadan kalsiy ionining bir qismi yo„qoladi. Ammo
eritmani tahlil qilganda boshqa ionlar, masalan yo„qolgan Ca
2+
miqdoriga
ekvivalent bo„lgan Mg
2+
, Na
+
, yoki K
+
yeg„indisi hosil bo„lganiga uengil
ishonish mumkin. Eritmada, grunt bilan o„zaro ta‟sirlanganda, hosil bo„lgan
ionlarni miqdori, birinchi galda eritmadan ketgan ionlarning miqdoridan
kam bo„lgandek ko„rinishi mumkin. Ammo bunda, har doim eritmaning rN
qiymati doimo kamayadi, bu uning kislotaliligi oshganini ko„rsatadi, ya‟ni
unda N
+
ion konsentratsiyasi oshadi. Agar eritmada N
+
ion konsentratsiyasi
va boshqa aniqlangan ionlarni yeg„indisining o„zgarishi hisobga olinsa,
eritma va grunt orasidagi ion almashinuv reaksiyasi ekvivalent miqdorda
bo„lgani kelib chiqadi.
Gruntlarning fizik-kimyoviy almashinish qobiliyati uning dispersligi
bilan aniqlanadi: gruntning disperslik darajasi qancha yuqori bo„lsa, uning
almashinuv qobiliyati shuncha yuqori bo„ladi. K.K.Gedroys tushunchasiga
asosan, gruntlarning almashinuv qobiliyati kolloid zarralarning miqdori
88
bilan belgilanadi. Almashinuv qobiliyati granulometrik, shuningdek gruntlarning
mineral tarkibi bilan aniqlanadi.
Qiyin eriydigan birikmaning hosil bo„lishi ikki holatda yuz beradi. Birinchi
holat – fizik-kimyoviy almashinuv natijasida adsorblashgan holatda bo„lgan va
eritmaning anioni bilan qiyin eriydigan tuzlarni hosil qiluvchi eritmadan chiquvchi
kationlar bo„ladi. Ikkinchi holatda tabiiy suvda va gruntning qattiq tarkibida kation
va anionlari kimyoviy reaksiya natijasida qiyin eriydigan tuzlarni hosil qiluvchi
oddiy tuzlar bo„ladi.
Gruntlarni biologik yutilish qobiliyati. Bu turdagi yutilish qobiliyati
gruntlarning yuqori qatlami uchun tavsifli hisoblanadi. Xususan qatlamda,
g„ovaklik eritmalarida yoki gazli aralashmada bo„luvchi, makr- va
mikroorganizmlarning hayot faoliyati natijasida qattiq komponentlarga aralashishi
mumkin bo„lgan yangi moddalar hosil bo„ladi va yig„iladi. Bu turdagi yutilish
faolligi va tanlanishi gruntning tashqi ko„rinishini, ularning fizik holati va
xossasining o„zgarishiga olib keladi. Biologik yutilishning ahamiyati, xususan tog„
jinslari nurashida, shuningdek cho„kindi qatlamning shakllanishining boshlang„ich
bosqichida yaxshi bilinadi.
Gruntlarning
ionalmashinuv
xossasi.
Gruntlarda
ion
almashinuvi
adsorbsiyaning bir xil ko„rinishi bo„lib, gruntning yuqori qatlami g„ovaklik
eritmasidagi elektrolitdan ionlarning yutilish jarayoni tushuniladi. Bunda
gruntlarning kristall panjarasi buzilmaydi. Ionlar kation va anion turlarga bo„linadi.
Ion almashinuvining asosiy omili, gruntning kimyoviy-mineral tarkibi, uning
dispersligi, g„ovaklik eritmasidagi ion konsentratsiyasi va turi, eritmaning rN
hisoblanadi. Gruntlarda ion almashinuvi ularning mikrostrukturasi o„zgarishi bilan
ro„y beradi, chunki bitta ionning boshqasi bilan almashinuvi natijasida zarralar
orasidagi
bosimning
o„zgarishi
ro„y
beradi.
Natijada
zarralarning
koagulyatsiyalashishi yoki agregatlarni dispergatsiyalashish jarayoni ro„y beradi.
Suniy ion almashtirish natijasida gruntlarning xossalari va xususiyatlari
o„zgartiriladi.
89
Do'stlaringiz bilan baham: |