3.1 Gruntlarning kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalari
Gruntlarning kimyoviy xossalari unda bo„ladigan kimyoviy o„zgarishlarni,
har xil moddalar bilan o„zaro kimyoviy ta‟sirda o„zaro ishtirok etish qobiliyatini
o„zida aks ettiradi. Ular gruntda kechadigan kimyoviy reaksiyalarda, gruntlarning
yerishida, kimyoviy yutilish qobiliyatida, gruntlarning kimyoviy faolligida
bilinadi.
Gruntlarning eruvchanligi. Gruntlarning eruvchanligi deganda ularning
tabiiy suv yoki boshqa eritmalar ta‟sirida erish qobiliyati tushuniladi. Erish
jarayonida dipol tuzilishga ega bo„lgan suv molekulalari minerallarning kristall
panjarasini buzadi. Bunda panjaradagi ionlar suvga o„tadi va suvli eritmani hosil
qiladi. Erish va keyinchalik gruntning qattiq komponentlari tarkibiga kiruvchi
moddalarning chiqib ketishi natijasida uning holati va xossasi o„zgaradi, shuning-
dek massivda har xil o„lchamdagi g„ovaklik hosil bo„ladi.
82
Gruntlarning erishi har xil yo„l bilan kechadi. To„g„ridan to„g„ri erish
g„ovakliklar yoki yoriqliklarda bo„lgan suvlar (yoki boshqa har qanday eritma),
berilgan sharoitda grunt tarkibidagi mineral bilan o„zaro ta‟sirlanishida rivojlanadi.
Yer osti suvlarining oqish tezligi oshishi bilan u oshadi. Diffuziyali erish (ishqor
yuvilishi) to„g„ridan to„g„ri yerishga nisbatan farqli ravishda harakatlanuvchi suv
oqimining minerallarning erishiga ta‟siri bilan bog„liq emas. U grunt massivining
har xil maydonida, ionlarning g„ovaklik eritmasida konsentratsiyaning farqlari
ta‟sirida, o„z-o„zidan harakatlanib, gruntning qattiq qismini va g„ovaklikdagi
suvlar tarkibini o„zgarishga olib kelishi tushuniladi.
Juda kam suv o„tkazuvchanlikka ega bo„lgan va tarkibida ko„p miqdorda
bog„langan va immobilizatsiya suvlari bo„lgan gilli gruntlarda diffuziya erish
jarayoni muhim ahamiyatga ega. Ularda g„ovaklik eritmasi filtratsiyasida erigan
moddalarning, ko„pincha diffuziyaga nisbatan ancha kichik bo„lgan ko„chishini
o„lchash mumkin. Qumli, yirik donali gruntlarda va qattiq kristalli bog„langan
yorilgan gruntlarda, suv o„tkazuvchanligi kam bo„lgan, suvda eruvchi
komponentlarning to„g„ridan-to„g„ri erishi va ularning filtratsiya yo„li bilan
ko„chishi asosiy omil hisoblanadi.
Gruntlarning eruvchanligi ularning kimyoviy-mineral tarkibi va strukturali
xususiyati, erituvchini eritish qobiliyati (yer usti va osti yoki boshqa erituvchilar),
shuningdek termodinamik sharoiti bilan belgilanadi. Hamma turdagi gruntlar
kimyoviy-mineral xususiyati va tog„ jinsini tashkil qiluvchi elementlar orasidagi
bog„liqlik tavsifiga bog„liq holda eriydi. Mutlaq erimaydigan gruntlar uchramaydi.
Ammo amaliyot nuqtai nazaridan karbonatlar (ohaktosh, dolomit, bo„r), sulfatlar
(gips, angidrid) va galoidlarni (galit, silvin, silvinit, karnallit), shuningdek boshqa
turdagi jinslar (marmar, sho„rlangan gilli va lyossimon jinslar va boshqalar)
tarkibiga kiruvchi galit, gips, kalsit va ularga yaqin minerallar erishi katta qiziqish
uyg„otadi.
O„tkazilgan eksperimentlar natijalarining ko„rsatishicha erituvchining
kiristall panjarasi enyergiyasi va dielektrik xossalari mineral va gruntlarning
erishini belgilovchi muhim omil hisoblanadi, ammo ular yakkayu yagona omil
83
hisoblanmaydilar.
Galoidlar,
sulfatlar
va
karbonatlarning
eruvchanligi
quyidagilarga bog„liq bo„ladi: a) tog„ jinsi tuzilgan mineralning o„lchamiga; b)
aralashmalarning borligiga; v) xarorat va bosimga; g) tabiiy suvlarning kimyoviy
tarkibi va ulardagi karbonat kislotasiga (Sokolov).
Ma‟lumki amalda erimaydigan gruntlar bo„lmaydi. Ayrim mineral va
moddalarning suvda harorati 20
o
C bo„lganda eruvchanligi 3.1-jadvalda
keltirilgan.
3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |