3.
A
6.
7.
4.
5.
6.
Savollar:
Bo`yiga:
1. Ishlab chiqarishga va samaradorlikni oshirishga ta`sir etuvchi tushuncha bu-…
2. Ishlab chiqarishga sarflanadigan xom ashyolar boshqacha nomi.
3. Samaradorlikka qisqa va uzoq muddatda erishish … omili deyiladi.
4. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan mablag` … deyiladi.
5. Talab va taklif uchrashadigan mexanizm bu …
6. Mehnat haqi fondi, asosiy kapital, aylanma kapital, muomala fondlari va pul
mablag`lari pul shaklidagi … ga kiradi.
7. … kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning
mehnat sig`imi ko`rsatkichlari yordamida aniqlash mumkin.
Eniga
1. Korxona mahsulotini sotishda olib boradigan jarayonlardan biri.
2. korxona faoliyatining ijobiy natijalari.
3. Korxona faoliyatining ijobiy jihatlarini tavsiflovchi tushuncha.
4. Ishlab chiqarishning pirovard natijasi.
5. Boshqarish, rejalashtirish, iqtisodiy rag`batlantirish usul va shakllari nimada
ifodalanadi.
6. Rejalarning balanslashtirilishi, ko`rsatkichlar tizimini optimal shakllantirish,
rejalashtirilayotgan maqsadlar resurslar bilan ta`minlanishi nimada muhim
ahamiyatga ega?
Mavzu: KORXONANING ASOSIY FONDLARI VA ISHLAB ChIQARISh
QUVVATI
Asosiy fondlarkorxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib,
ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy
holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga
qismlab o‘tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga
o‘tkazish jarayoni amortzatsiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag‘lar esa
amortizatsiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga
ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashkil qilib, ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
uzatish qurilmalari;
quvvat mashinalari va uskunalari;
ishchi mashinalar va uskunalar;
transport vositalari;
o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab
qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha
mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish
apparati deb ataladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlarikorxona asosiy fondlarining ishlab
chiqarishda bevosita ishtirok etmaydigan qismi bo‘lib, shu sababli o‘z qiymatini
tayyor mahsulotga o‘tkazmaydi. Bular qatoriga asosan korxona balansida turuvchi
turarjoy (uy-joy fondi), oshxona, profilaktoriya, klub, bolalar bog‘chasi va yaslilar,
sport-sog‘lomlashtirish va boshqa ob'ektlar kiritiladi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud:boshlang‘ich
qiymat bo‘yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan
xarajatlar majmuidan iborat bo‘lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini
foydalanishga topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan-ularni
keltirish, o‘rnatish kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.
Do'stlaringiz bilan baham: