M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi


 reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limining



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

2.3. reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limining 
tuzilish va jihozlanishi
Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi tarkibida reani matsiya 
zali, intensiv terapiya palatalari, muolaja xonasi, shifokorlar xonasi, 
hamshiralar  xonasi,  bo‘lim  boshlig‘i  va  katta  hamshira  xonalari, 
apparatlar  va  oqliklar  xonalari,  ekspress-laboratoriya,  dush  va 
hojatxonalar  bo‘ladi.  Reanimatsiya  va  intensiv  terapiya  bo‘limi 


184
tuzilishining  asosiy  prinsipi  markazda  reanimatsiya  zali  va  uning 
atrofida intensiv terapiya palatalarining joylashishidir.
Bu  joylashuv  hamshira  postidan  hamma  bemorlarni  kuzatish 
imkonini beradi. Bo‘limning tuzilishida quyidagi shartlarga amal 
qilish  ko‘zda  tutilgan.  Har  bir  bemorni  kuzata  olish  va  bemor 
karavotiga  har  tomondan  maxsus  apparaturalarni  o‘rnata  olish. 
Xonalarda  elektr  tokiga  ulanadigan  apparatlardan  foydalanilishi 
sababli  yerga  ulanish  imkoniyati  bo‘lishi  zarur  va  apparaturalar 
uchun  tagliklar  bilan  jihozlangan  bo‘lishi  zarur.  Har  bir  karavot 
oldida  kislorod  manbai,  manfiy  bosim  tizimi  (faol  drenajlash 
uchun)  va  bosimli  tizimlar  (o‘pka  sun’iy  ventilatsiyasi  apparati 
uchun) bo‘lishi zarur.
Bo‘lim narkoz va nafas berish apparaturalari, kardiomonitorlar va 
pulsoksimetrlar, elektrodefibrillatorlar va kardiostimulatorlar, efferent 
davolash  usullari  (gemosorbsiya,  qonni  ultrabinafsha  nurlantirish) 
moslamalari, elektroso‘rg‘ich, ingalyatorlar, portativ rentgen apparati, 
traxea  intubatsiyasi,  traxeostomiya,  markaziy  venalarni  kateterlash, 
prevral  va  lyumbal  punksiya  uchun  jihozlar  to‘plami,  «Ambu» 
qopchasi, zondlar va kateterlar, funksional karavotlar, zarur laborator 
jihozlar va dori vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
Tezkor  va  intensiv  terapiyani  o‘tkazish  vaqtida  bemorning 
hayotini saqlab qolish eng muhim vazifa bo‘lganligi sababli, ko‘p 
sonli apparatlar va doimiy kuzatish sistemasi qo‘llaniladi.
Reanimatsiya  va  intensiv  terapiya  bo‘limida  maxsus  qurilma 
monitorlar  yordamida  bemorlarni  kuzatish  organizm  holati  ha-
qidagi  obyektiv  ma’lumotlarni  to‘plash  va  to‘satdan  yuzaga 
keladigan  hayot  uchun  xavfli  daqiqalarda  xavf  signalini  berish 
imkoniyatini beradi.
Monitorlar  quyidagi  ko‘rsatkichlarni  qayd  qiladi:  arterial 
qon  bosim,  EKG,  qonning  kislorod  bilan  to‘yinish  darajasi 
pulsoksimetriya.  Bundan  tashqari,  ba’zi  monitorlar  yordamida 
boshqa  parametrlar  kattaligini  kuzatish  mumkin:  chiqarilayotgan 
havoda karbonat angidrid gazining parsial bosimi va o‘pkani sun
:
iy 
ravishda apparatli ventilatsiyasini o‘tkazish vaqtida O‘KCH.


185
Ko‘rsatmalarni  qayd  qilish  hamshira  tomonidan  intensiv 
kuzatish  xonasida  chiziqli  grafik­gistogrammalar  ko‘rinishida 
amalga oshiriladi.
Apparatli  monitoringni  o‘tkazish  vaqtida  hamshira  quyida-
gilarni bajarishi lozim:
apparat datchiklarini bemorning badaniga o‘rnatish va ular 
 

to‘g‘ri o‘rnatilganligini kuzatish;
apparatni yoqish va uni ish tartibiga sozlash;
 

fiziologik  parametrlar  ahamiyatini  displeyda  qayd  qilish 
 

va  intensiv  kuzatish  kartasida  ma’lum  chastotasi  bilan 
ifodalash;
xavf-xatar  signali  bo‘lgan  taqdirda  shifokorni  chaqirib,  zaru-
 

riyat bo‘lsa, reanimatsiya tadbirlarini zudlik bilan boshlash;
monitoring tugagandan so‘ng bir marotaba foydalanadigan 
 

datchiklarni  utilizatsiya  qilish,  ko‘p  marotaba  foydala-
nadigan datchiklarni dezinfeksiyalash.
Kardioreanimatsiya  bo‘limida  o‘tkir  miokard  infarkti,  o‘tkir 
yurak-tomir  yetishmovchiligi  kabi  yurak  faoliyatining  o‘tkir 
buzilishlariga  uchragan  bemorlarda  tezkor  tadbirlar  amalga 
oshiriladi. Katta va o‘rta yoshdagi kishilar uchun muammo bo‘lib 
hisoblanadigan  yurakning  ishemik  kasalliklari  orasida  miokard 
infarkti  hayot  uchun  xavflidir.  To‘satdan  keskin  og‘riq  bilan 
kechuvchi yurak xuruji oqibatida bemor ahvoli og‘irlashadi, ba’zida 
hushdan  ketadi.  Bunday  hollarda  bemor  intensiv  terapiyaning 
kardioreanimatsiya  bo‘limiga  olib  kelinadi.  Bu  yerda  bemorni 
xavfsiz  holat  va  uni  qo‘llab-quvvatlashga  yo‘naltirilgan  davolash 
va  parvarish  amalga  oshiriladi.  Kardioreanimatsiya  bo‘limida  bir 
vaqtning o‘zida quyidagi 4 asosiy vazifa hal qilinadi:
diagnostika;
 

intensiv davolash;
 

EKG va gemodinamika ko‘rsatmalarini uzluksiz kuzatish;
 

to‘laqonli parvarish.
 


Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish