Qosimova R. A. Boltayev Z. B


 Sport turlari bo’yicha to’garaklar mashg’ulotini tashkil



Download 1,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/99
Sana29.06.2021
Hajmi1,1 Mb.
#104654
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99
Bog'liq
jismoniy tarbiya asoslari va metodikasi 2

 
9.4. Sport turlari bo’yicha to’garaklar mashg’ulotini tashkil 
etish. 
 
 
O’tgan  bo’limlarda  boshlang’ich  sinf  o’quvchilari  orasidagi 
iqtidorli  bolalarni  sportga  jalb  etish  masalalari  bo’yicha  ba’zi 
ma’lumotlar bayon etilgan. Bu bo’limda esa maktab sharoitlariga qarab 
sport  to’garaklarini  tashkil  qilish  va  ularning  mashg’ulotlarini  tashkil 
qilish haqida mulohazalar yuritiladi.  
 
Ta’kidlanganidek, muhit va sharoitlar asosida sport turlari bo’yicha 
to’garaklar (seksiya) ikki yo’nalishga ajratilishi lozim, ya’ni: 
1.  Sportga mehr qo’ygan va jismoniy tayyorgarligi yaxshi bo’lgan 
o’g’il va qiz bolalar. 


 
151 
2.  O’z  hoxishi  yoki  ota-onalarning  tavsiyasi  asosida  sport  bilan 
shug’ullanishga  harakat  qilgan,  ya’ni  jismoniy  tayyorgarligi 
uncha yuqori bo’lmagan o’g’il va qiz bolalar. 
Mazkur guruhlardagi mashg’ulotlar qaysi sport turi bo’lmasin, eng 
avvalo  jismoniy  tayyorgarlikni  yaxshilash  va  o’stirish  bilan  bir  qatorda 
texnik-taktik  amallar  bilan  shug’ullanishga  odatlantirishdan  iborat 
bo’ladi. 
To’garaklarga  (seksiya)  jalb  etilgan  o’quvchilarning  yoshi  va 
jinsini  hisobga  olgan  holda  guruhlarga  ajratiladi.  Ya’ni  har  bir  guruhda 
10-15 nafar bola shug’ullanishi lozim.  
Gimnastika,  badiiy  gimnastika,  yengil  atletikaning  yugurish, 
sakrash va uloqtirish turlari (barcha shug’ullanuvchilar uchun) bo’yicha 
to’garaklarga  jalb  etish  va  ular  bilan  mashg’ulotlarni  tashkil  etishda 
faqat jismoniy tarbiya mutaxassis rahbarlik qilishi lozim.  
Futbol,  kurashlar,  stol  tennisi  kabi  sport  turlari  bo’yicha  tajribaga 
ega  bo’lgan  boshlang’ich  sinflar  o’qituvchisi  yoki  yuqori  sinfda  ta’lim 
oluvchi sportchi yoshlarni jalb etish mumkin. 
To’garak mashg’ulotlari asosan haftada 2-3 marotaba tashkil etilib, 
ular  haftaning  o’rtasida  yoki    shanba  va  yakshanba  kunlariga 
mo’ljallanishi  lozim.  Chunki,  bu  kunlarda  boshlang’ich  sinf 
o’quvchilarining bo’sh vaqtlari bo’lishi hamda shug’ullanishga qiziqish 
va ehtiyojlari seziladi.  
 Sport  turlari  bo’yicha  mashg’ulotlarning  yillik  va  har  oy  uchun 
rejalarini  to’garak  rahbari,  ya’ni  o’qituvchi-murabbiy  tomonidan  ishlab 
chiqiladi.  Uning mazmunida  belgilangan  sport  turining  texnik va  taktik 


 
152 
mazmunlari  qatorida  ularga  yordam  beruvchi  boshqa  sport  turlarining 
qismlari, 
umumrivojlantiruvchi 
mashqlar, 
harakatli 
o’yinlar, 
noan’anaviy  asbob-uskunalarda  bajariladigan  xilma-xil  mashqlardan 
foydalanish usullari ham e’tiborga olinadi.  
To’garak  mashg’ulotlari  uchun  maxsus  qayd  daftari  tutilib,  unda 
shug’ullanuvchilar haqidagi barcha ma’lumotlar, davomat, o’zlashtirish, 
mashg’ulot  o’tkazilgan  kun,  ularning  mavzulari  va  ular  bilan  bog’liq 
bo’lgan  ma’lumotlar  yozib  beriladi.  Bu  qayd  daftarida  eng  muhim 
bo’lgan  narsa-o’quvchilarning  salomatligini  aniqlagan  shifokorlarning 
ma’lumotnomalari    rasmiy  ravishdagi  imzosi,  muhri  bilan  belgilanishi 
shart. 
Har  bir  sport  turi  bo’yicha  tashkil  etilgan  to’garaklarning 
mashg’ulotlari  asosan  musobaqa  shakli  va  ko’rinishida  tashkil  etilishi 
shug’ullanuvchilarda  mashg’ulotlarga  qiziqish,  raqib-tengdoshlardan 
o’zib  ketish,  harakatchanlikni  yanada  oshirish    va  boshqa  paytlarda, 
ayniqsa  ertalabki  sog’lomlashtirish  gimnastika  mashqlari  bilan  doimiy 
ravishda shug’ullanish jarayonlarida o’rganayotgan sport turi amallarini 
yanada yaxshiroq bajarishga intilish tobora oshib boradi.  
Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, to’garak mashg’ulotlarida ortiqcha 
yuklanish  (nagruzka)  yoki  murabbiy-o’qituvchining kam  e’tibor  berishi 
natijasida  ba’zi  shug’ullanuvilarda,  loqaydlik  va  hatto  shug’ullanishdan 
bosh  tortish  darajasigacha  yetib  borishi  mumkin.  Buning  uchun  esa 
to’garak  rahbari  doimiy  ravishda  nazorat  olib  borishi,  harakat 
faoliyatlarni  yaxshi  baholab  (maqtab)  ularning  ruhiy  holatlarini 
ko’tarishi  hamda  jismoniy  tayyorgarlik  ko’nikmalarini  oshirishi  lozim 


 
153 
bo’ladi.  Bunday  munosabatlar  o’qituvchi  va  sportchi-o’quvchi 
o’rtasidagi  hurmat  va  munosabatlarni  yaxshilash  bilan  bir  qatorda, 
to’garakda ishtirok etmaydigan tengdosh bolalarning ham sportga havas 
uyg’otishi 
va 
to’garaklarga 
kelib 
shug’ullanuvchilar 
sonini 
ko’paytirishga sabab bo’lishi mumkin. 

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish