I bob. Avtotransport shovqinining shahar muhitiga



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/36
Sana29.06.2021
Hajmi2,15 Mb.
#103992
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
transport shovqinidan himoyalovchi maxsus ekranlarni loyihaviy yechimlarini ishlab chiqish

dolzarbligicha qolmoqda. 

           Muammoning 

  o’rganilganlik  darajasi.  Mustaqillik  sabab  Ona 

O'zbekistonimiz  dunyo  hamjamiyatida  o'zining  munosib  o'rniga  ega  bo'lib 

borayotgani  hech  kimga  sir  emas.  Ayniqsa,  Toshkent  shahrining  kun  sayin 

go'zallashib  borayotgani  va  uning  obodonlashtirish  ishlariga  bo'lgan  e'tibori, 

shuningdek,  Toshkent  shahar  hududini  avtotransportning  zararli  ta'sirlaridan 



 

himoya  qilish  chora-tadbirlari  borasida  qilinayotgan  say'-harakatlar  o'z  natijalarini 



bermoqda.  Muammoga  nisbatan  bildirilgan  mulohazalar  va  tadqiqotlarni  shartli 

ravishda quyidagi guruhlarga bo’lib o’rganish mumkin: 

     - xorijiy mutaxasssislar va olimlarning tadqiqotlari

     - O’zbekistonda olib borilgan ilmiy izlanishlar.  

Avtotransportning  zararli  ta'sirlaridan  himoya  qilish  chora-tadbirlari  borasida 

bir  qator  xorijlik  olimlarning  ishlarida,  jumladan,  A.S.Monin,  A.M.  Ryabchikov, 

V.I.Vernadskiy shaharlar hududini havo ifloslanishining zararli ta'sirlaridan himoya 

qilish chora tadbirlari yuzasidagi izlanishlarini ko'rsatishimiz mumkin. Shuningdek, 

izlanuvchi  tadqiqotchilar  –  V.I.Korobkin,  L.V.Peredelskiy,  B.Kitonovich, 

Yu.Feldman,  G.Sheleyxovskiy,  G.Voloshin  va  ko'plab  tadqiqotchi,  olimlar  ilmiy 

ishlarida  shahar  atrof  muhitini  zararli  ta'sirlari  yuzasidan  olib  borgan  izlanishlari 

borasida  xulosalar  shakllantirilgan  hamda  uni  takomillashtirishga  qaratilgan  ilmiy 

taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. 

         Chistyakov  S.B  o’zining    “  Охрана  окружающей  среды  ”    kitobini  atrof 

muhit 

muhofazasining 



shaharsozlikdagi 

yechimi, 

tabiat 

muhofazasida 

arxitekturaning  o’rni,  shaharsozlikda  vujudga  keladigan  zararli  ta’sirlar  va  ularni 

oldini olishga bag’ishlagan.  

         Bu 

borada 


o'zbekistonlik 

olimlardan 

– 

L.A.Alibekov, 



S.A.Nishonov,K.A.Temiryazov, 

O.Qudratov, 

R.Xalilov, 

S.M.Qodirov, 

O.V.Lebedev, 

S.Ye.Nikiten, 

M.O.Qodirxonov,A.M.Xakimov, 

I.Shukurov, 

B.Bozorov,  A.Bogdasarov  va  boshqa  ko'plab  ilmiy  izlanuvchi  tadqiqotchilar  ham 

ma'lum  yutuqlarga  erishganinita'kidlab  o'tishimiz  mumkin.  Yuzaga  kelgan 

tadqiqotlar  hamda  mavjud  tahlillar  shuni  ko'rsatadiki,  keyingi  50-60  yil  ichida 

inson  organizmiga  ta'sir  qiluvchi  yangi  kimyoviy  moddalarning  kundalik 

turmushda qo'llanilishi, avtotransport shovqini, tebranish, asab toliqishi va turli xil 



10 

 

dorilarning  ko'plab  iste'mol  qilinishi  natijasida  oldin  fanga  mutlaqo  noma'lum 



bo'lgan  jumladan:  nurlanish,  ichki  organlar  endokren,  allergiya,  astma,  bronxit, 

raxit, zaharlanish kabi kasalliklarning yangi patologik jarayonlari guruhiga kiruvchi 

“sivilizatsiya  kasalliklari”  deb  ataluvchi  guruh  kasalliklarining  kelib  chiqishiga 

sabab bo'lmoqda.  

Mavjud  imkoniyatlar  natijasida,  kelajak  avlod  sog'ligi  nafaqat  odamning 

biologik tabiatiga bog'liq bo'lmasdan, balki atrof-muhit ta'siriga ham bog'liqligi bu 

real  holat  ekanligi  aniqlandi.  Bu  sohada  aniq  amaliy  yutuqlar  qo'lga  kiritildi. 

Ayniqsa, keyingi yillarda Respublikamizda xususan, 2005 yilning “Sihat salomatlik 

yili”  deb  e'lon  qilinishi,  2008  yilning  2  avgustida  “Sog'lom  muhit  –  inson 

salamotligi”dir  shiori  ostida  “O'zbekiston  ekologik  harakati”  tashkiloti  tuzilishi 

ham yuqoridagi amaliy ishlar natijaksi , -deyishimiz mumkin. Hususan mustaqillik 

yillarida 

birgina 

Toshkent 

shahri 

hududining 

30% 

yashil 


maydonga 

aylantirildi.Boshqacha  qilib  aytganda  aholi  jon  boshiga  69  kvadrat  metrdan  kam 

ko'kalamzor to'g'ri keladigan hududlar ko'kalamzorlashtirildi. Havoni kislarod bilan 

boyitadigan  eman,  qarag'ay,  kashtan,  qayin,  chinor,  archa  daraxtlari  hamda 

manzarali butalarni ko'plab ekish loyihalari rejalashtirilgan.  

         Keyingi  yillarda  dunyo  standartlariga  javob  beradigan  magistral  yo'llar, 

ko'plab  ko'prik  va  yo'l  o'tkazgichlar  qurildi,  kichik  va  katta  halqa  yo'llari  bunyod 

etildi. Respublikamizda avtotransport vositalarining atrof muhitga va aholiga salbiy 

ta'sirini  oldini  olish  maqsadida  ko'plab  qo'shimcha  chora-tadbirlar  ishlab 

chiqishimizga  qaramasdan,  bugungi  kunda  bu  muammoga  yanada  diqqat-

e'tiborimizni  qaratishimiz  zarur.  Bunday  muammolarga  e'tibor  berilmas  ekan 

nafaqat  sanoat,  energetika  va  avtotransport  sohasi  rivojlangan  yirik  shaharlarda 

emas,  balki  qishloqlarda  ham  ekologik  ahvolni  keskinlashib  borishiga  sabab 

bo'ladi.  Olib  borilgan  tahlillar  shuni  ko'rsatadiki,  dunyo  miqyosida  avtotransport 

sonining  o'sishi  1990  yilda  jami  400  mln.ga  etgan  (har  ming  odamga  80  ta 



11 

 

avtotransport to'g'ri kelgan), hozirgi kunda avtotransport soni 900 mln.ga yaqin (har 



ming odamga 150 ga yaqin avtotransport to'g'ri keladi). Respublikamiz bo'yicha esa 

bu  ko'rsatgich  2000  yilda  1.3  mln.ga  etgan,  (har  ming  odamga  o'rtacha  50  ta 

avtotransport to'g'ri kelgan).  

Hozirgi kunda birgina Toshkent shahrining o'zida avtotransport vositalari soni 

1.0 mln.dan oshganligi ma'lum. Bu esa shahar 3 mln aholisining har ming odamga 

o'rtacha 330 ta avtotransport vositasi to'g'ri kelishini ko'rsatadi. Yaqin 10 yil ichida 

respublikamiz  bo'yicha  bu  ko'rsatgich  yanada  oshishi  ko'tilmoqda,  natijada 

mamlakatimiz  avtotransport  sanoati  rivojlangan  Germaniya,  Amerika,  Angliya, 

Frantsiya  va  Yaponiya  kabi  davlatlar  qatoriga  kirishi  ko'tilmoqda.  Lekin  “Har 

narsaning  yaxshi  va  yomon  tomonlari  bor”  deganidek.  Ko'rinib  to'ribdiki, 

Respublikamizda  avtotransport  vositalari  soni  ortib  borishi  shahar  hududlarini 

avtomobil  shovqinidan  muhofaza  qilishning  iqtisodiy,  ijtimoiy,  ekologik  va  har 

tomonlama  qulay,  ilmiy  asoslangan  chora  tadbirlar  majmuasini  ishlab  chiqishi 

lozimligini  ko'rsatmoqda.  Bu  esa  tadqiqotga  tortilayotgan  mavzuning  yanada 

dolzarbligini  ko'rsatadi.Yuqorida  bayon  etilgan  fikr-mulohazalar  tadqiqotning 

maqsadi va vazifalarini belgilab beradi. 

           Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi. Toshkent shahri hududida aholini 

avtotransport shovqinidan himoya qilish chora tadbirlarini qo’llash bo’yicha taklif 

va tavsiyalar ishlab chiqish. 


Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish