vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dastur-
lar bilan belgilanadi.
Muassasa o'z (mualliflik) dasturlaridan foydalanishga
haqlidir. Ushbu dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston
Respublikasi
Maktabgacha
ta'lim
vazirligi
tomonidan
belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va
bolalarning muassasada bo'lish vaqti muassasa ustavi hamda
muassisning qarori bilan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida 5 kunlik ish
haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi:
12 soatli;
10,5 soatli;
9 soatli;
4 soatli.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi joylashgan
hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, nodavlat
maktabgacha ta'lim muassasasida yoki uning alohida
guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning
ovqatlanishi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash
vazirligi tomonidan tasdiqlangan sanitariya qoidalari,
normalari va gigiyena normativlari asosida amalga oshiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuv-
chilariga tibbiy yordam ko'rsatish shtatdagi yoki sog'liqni
saqlash organlarining shartnoma asosida maxsus biriktirilgan
tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiyot xodimlari nodavlat maktabgacha ta'lim muas
sasasi xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i
va
jismoniy
rivojlanishi,
davolash-profilaktika
tadbir-
lari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena
normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi
uchun javob beradilar. Nodavlat maktabgacha ta'lim muassa
sasi xodimlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish shartnoma asosida
amalga oshiriladi.
530
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi ta'limning
uzluksizligini ta'minlash maqsadida shartnoma asosida o'z
faoliyatini umumiy o'rta ta'lim muassasalari bilan birgalikda
amalga oshirishi mumkin.
Maktabgacha ta'limga qamrab olinmagan bolalarni maktab
ta'limiga tayyorlash, ularni har tomonlama intellektual,
axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish maqsadida nodavlat
maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar
tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarida qisqa muddatli
guruhlar uchun 4 soatli ish tartiblari joriy etiladi.
Nodavlat ta'lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar
qonun hujjatlariga muvofiq olingan litsenziya asosida muassis
qarori bilan tashkil etiladi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil etilgan
qisqa muddatli guruhlarda moddiy-texnik va kadrlar ta'minoti
muassis tomonidan belgilanadi.
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasida qisqa muddatli
guruhlarni qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda muassisning qaroriga muvofiq amalga
oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: