Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida
ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalar, ota-onalar,
pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta'lim-tarbiya
jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Davlat
maktabgacha
ta'lim
muassasasida
vasiylik
kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning
524
vakolatlari davlat maktabgacha ta'lim muassasasining
ustavida belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi vasiylik kengashining
faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi
tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga
oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta'lim muas
sasasi ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya
dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi bilan ota-onalar
o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga
solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning
davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lishi vaqtini, ta'lim-
tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari,
majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar:
o'z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, davlat
maktabgacha ta'lim muassasasida ta'lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarga ta'lim-
tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini
hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda
bo'lishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan
tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni
davlat maktabgacha ta'lim muassasasidan olib ketish huquqiga
ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq
boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin.
Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat
maktabgacha ta'lim muassasasida bo'lgan davri uchun badal
to'lovini o'z vaqtida to'lash;
bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy
gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish,
525
bolani davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga ozoda kiyingan
holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq
boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va
xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning
shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiyxususiyatlariga muvofiq
rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga xodimlarni ishga
qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy
shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka
va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat
maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan
shug'ullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik
faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu
faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlarining
huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida,
davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek,
mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq
tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi.
Davlat maktabgacha ta'lim muassasasining pedagog
xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o'z
ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini
tatbiq etish;
526
ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni
har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy
rivojiantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida
shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish
orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimma-
tini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni
mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;
o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini
doimiy
ravishda
takomillashtirish
hamda
belgilangan
muddatlarda o'z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |