N. M. Kayumova


Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Mustaqillik yillarida maktabgacha ta'lim

 

tizimini rivojlantirish tamoyillari

 

va asosiy yo'nalishlari

Mustaqillik 

yillarida 

mamlakatimizda 

O'zbekiston 

Respublikasining  birinchi  Prezidenti  rahbarligida  davlat  va 

jamiyat hayotini, jumladan, ta'lim tizimini tubdan yangilash va 

isloh  etish borasida ulkan  ishlar amalga  oshirildi.  Istiqlolning 

dastlabki  yillaridayoq  Prezidentimiz  kadrlar  tayyorlashning 

zamonaviy  yagona  tizimini  yaratish  g'oyasini  ilgari  surib: 

«Ta'lim berishning ma’naviy, axloqiy va kasb malakasi bo'yicha 

tarbiyalashning  mutlaqo  yangi  tizimi  ishlab  chiqilishi  zarur. 

Sifat  jihatidan  butunlay  yangi  o'quv  das turlari  yaratilishi 

darkor»,  deya  ta'kidlagan  edi.  Davlatimiz  rahbarining  ushbu 

fikrlari  keyinchalik  ta'lim-tarbiya  sohasiga  oid  ko'plab 

qonunlarning,  tegishli  me'yoriy  hujjatlarning,  eng  muhimi, 

butun  dunyo  jamoatchiligi  tomonidan  tan  olingan  Kadrlar 

tayyorlash  milliy  dasturining  yaratilishiga  metodologik  asos 

sifatida xizmat qildi. Ushbu dasturda maktabgacha va maktab, 

o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy ta'limni uch bosqichda 

isloh  qilishni,  besh  bosqichli  ta'lim  tizimini  yaratish  ko'zda 

tutilgan edi.

Bu  boradagi  milliy  dastur  konsepsiyasi  O'zbekiston 

Respublikasining  birinchi  Prezidenti  tomonidan  1997-yil 

Oliy  Majlisning  IX  sessiyasida  «Barkamol  avlod  -   O'zbekiston 

taraqqiyotining poydevori» nomli ma’ruzasida asoslab berildi. 

Unga  binoan,  mamlakatimizda noyob,  dunyoda  o'xshashi yo'q 

uzluksiz ta'lim tizimi yaratildi.

Maktabgacha  ta'lim  uzluksiz  ta'lim  tizimining  dastlabki 

bosqichi  hisoblanadi.  Uning asosiy maqsadi  -   bola  shaxsining 

har jihatdan  rivojlanishini ta'minlash,  qobiliyatlarini ro'yobga 

chiqarish,  o'qishga,  doimiy  ta'lim  olish  uchun  zarur  bo'lgan 

ko'nikmalarni shakllantirish va maktabda muvaffaqiyatli o'qish 

uchun tayyorlashdan iborat. Maktabgacha ta'lim muassasalari 

bolalarning  bilimi  va  amaliy  ko'nikmalarini  shakllantirish

478



bilan  birga,  ularni  vatanparvarlik,  mustaqillik  g'oyalariga 

sadoqat,  tariximiz  va  boy  ma'naviy-ma'rifiy  merosimiz  va 

qadriyatlarimizga yuksak hurmat ruhida tarbiyalashda muhim 

o'rin tutadi.

Maktabgacha  ta'lim  muassasalari  faoliyatining  qonu- 

niy  asoslari  «Ta'lim  to‘g'risida»gi  Qonun  (1992-y.),  Kadr 

lar  tayyorlash  milliy  dasturi  (1997-y.),  «Maktabgacha 

ta'lim  to'g‘risida»gi  Konsepsiya  (2008/  2011),  Vazirlar 

Mahkamasining 2017-yil  19-iyuldagi 528-son qaroriga "Davlat 

maktabgacha  ta'lim  muassasasi  to'g'risida"gi  NIZOM  (2017), 

"Nodavlat maktabgacha ta'lim  muassasasi to'g'risida  NIZOM" 

«Ilk qadam» o'quv dasturi  (2018) va boshqa me'yoriy-huquqiy 

hujjatlarda belgilab berilgan.

Masalan,  2008-yilda  ishlab  chiqilgan  «Maktabgacha 

ta'lim  to'g'risida»gi  Konsepsiyada  maktabgacha  ta'lim 

muassasalari  taraqqiyotining  ustuvor  yo'nalishlari,  ta'lim- 

tarbiya  ishlarini  takomillashtirish  usul  va  uslublari  belgilab 

berilgan  bo'lib,  bu  borada  ilgari  surilgan  davlat  talablari  har 

bir bolaning yoshini e'tiborga olgan holda rivojlanish darajasini 

aniqlash,  pedagog  va  tarbiyachilar  ish  samaradorligini 

oshirish  imkonini  beradi.  Vazirlar  Mahkamasining  2017- 

yil 


19-iyuldagi 

528-sonli 

qaroriga 

binoan 


«Jismoniy 

yoki  psixik  rivojlanishida  nuqsoni  bo'lgan  bolalar  uchun 

ixtisoslashtirilgan  davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasasi 

to'g'risida»gi  qaroriga  asosan  mazkur  nizom  jismoniy  yoki 

psixik  rivojlanishida  nuqsoni  bo'lgan  maktabgacha  yoshdagi 

bolalarni sog'lomlashtirishga yo'naltirilgan ixtisoslashtirilgan 

davlat  maktabgacha  ta'lim  muassasalarining  (keyingi  o'rin- 

larda  ixtisoslashtirilgan  maktabgacha  ta'lim  muassasasi  deb 

ataladi) maqsadi va vazifalarini, uning faoliyatini tashkil etish, 

moliyalashtirish  va  ixtisoslashtirilgan  maktabgacha  ta'lim 

muassasasini  boshqarish  tartibini  belgilaydi.  Ixtisoslash­

tirilgan maktabgacha ta'lim  muassasasi ta'lim-tarbiya berish, 

korreksion-pedagogik va davolash-sog'lomlashtirish faoliyatni 

olib boruvchi muassasa hisoblanadi,



479


Jismoniy  yoki  psixik  rivojlanishida  nuqsoni  bo'lgan 

bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, 

nuqsonlarni  korreksiyalash,  imkoniyatiga  muvofiq  maktab 

ta'limiga  tayyorlash,  jamiyatga  moslashuviga  ko'maklashish 

maqsadida tashkil etiladi.

Quyidagilar 

ixtisoslashtirilgan 

maktabgacha 

ta'lim 

muassasasining vazifalari hisoblanadi:

maktabgacha  ta'limga  qo'yiladigan  davlat talablari  hamda 

ular asosida  ishlab  chiqilgan  ixtisoslashtirilgan  maktabgacha 

ta'lim  muassasalarida  ta'lim-tarbiya  va  sog'lomlashtirish 

ishlariga  qo'yiladigan  talablarga  muvofiq  bolalarning  ta'lim- 

tarbiya olishlariniva korreksion pedagogik ishni ta'minlash;

-  korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsga yo'naltirilgan, 

individual tarzda tashkil etish;

-   bolaning  ijtimoiy-hissiy rivojlanishi,  hayotiy qobiliyatlari 

shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlantiruvchi ta'lim- 

tarbiya muhitini yaratish;

-  bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni 

bartaraf  etish  uchun  zaruriy  korreksion  pedagogik  ishni 

tashkillashtirish;

-   bolalarni  ijtimoiy  hayotga  va  maktab  ta'limiga  sifatli 

tayyorlash.

O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi qonunga 

muvofiq,  ixtisoslashtirilgan  maktabgacha  ta’lim  muassasasi 

akkreditatsiyasi  attestatsiya  asosida  vakolatli  davlat  organi 

tomonidan amalga oshiriladi.

"Maktabgacha  ta'lim  muassasasi  tarbiyalanuvchilarining 

sog'lom  va  xavfsiz  ovqatlanishini  tashkil  etish  to'g'risida 

NIZOM"da  maktabgacha  ta'lim  muassasalari  tarbiyalanuv­

chilarining  sog'lom  va  xavfsiz  ovqatlanishini  tashkil  etish 

tartibini belgilaydi.

Ushbu  Nizom  talablari  mulkchilik  shaklidan  qat’iy  nazar, 

barcha  turdagi  maktabgacha  taTim  muassasalariga  nisbatan 

tatbiq etiladi.

480



Tarbiyalanuvchilarning  sog'lom  va  xavfsiz  ovqatlanishni 

tashkil 


etish 

maktabgacha 

ta'lim 

muassasalarining 

oshxonalarida  (keyingi  o'rinlarda  oshxona  deb  yuritiladi) 

sanitariya  qoidalari,  normalari  va  gigiyena  normativlariga 

muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.

Respublikadagi barcha maktabgacha ta'lim muassasalarida 

bolalarning  hayoti  va  sog'lig'ini  muhofaza  etish  masalalariga 

alohida  e'tibor  qaratib  kelinmoqda.  Jumladan,  Maktabgacha 

ta'lim  va  Sog'liqni  saqlash  vazirliklari  tomonidan  ishlab 

chiqilgan  «Maktabgacha  ta'lim  muassasalarida  bola  hayoti 

va  sog'lig'ini  muhofaza  etish  tartibi  to'g'risida»gi  Nizomda 

bolalar  hayoti  va  sog'lig'ini  muhofaza  etishni  tashkil  qilish 

tartibi, bolalarning muassasaga kelib-ketish  qoidalari,  binoda 

sog'liqni  muhofaza  etishga, yong'in xavfsizligiga  doir talablar 

bayon etilgan.

O'zbekistonda 

maktabgacha 

ta'lim 


muassasalarining 

zamonaviy tizimi:

>   Maktabgacha  ta'lim  va  boshlang'ich  ta'lim  muassasasi 

(bolalar bog'chasi -  maktab];

>  bir  necha  ustuvor  yo'nalishda  faoliyat  yurituvchi 

maktabgacha ta'lim  (badiiy-estetik, tillarni o'rganish va 

sport yo'nalishlari va h.k];

>  Tarbiya  jismoniy  va  ruhiy  rivojlanishdagi  og'ishlarni 

kvalifikatsion  yaxshilovchi  tiklovchi  turdagi  bolalar 

bog'chasi;

>  tibbiy-gigiyenik, 

profilaktik 

va 

sog'lomlashtirish 



tadbirlari  orqali  jismonan  zaif bolalarga  qarab  tu~  rish 

va  ularning  sog'lig'ini  tiklashga  yo'naltirilgan  bolalar 

bog'chasi;

>  birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan 

turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va 

rivojlantiruvchi  guruhlar umumlashtirilgan  ko'rinishda 

kiradi]

481



Ta'kidlash joizki, maktabgacha ta'lim oldida turgan maqsad 

hamda  vazifalarni  amalga  oshirishda  jamoat  va  xayriya 

tashkilotlari,  mahalla,  xalqaro  jamg'armalar,  shuningdek, 

tadbirkorlik tuzilmalari faol ishtirok etib kelmoqda.

Bugungi  kunga  kelib,  respublikada  maktabgacha  ta'lim 

muassasalarida  ta'lim-tarbiya  ishlari  amaldagi  qonunchilikka 

binoan o'zbek, rus,  qoraqalpoq, tojik,  qirg'iz va qozoq tillarida 

olib borilmoqda.

O'zbekiston  Respublikasining  ta'lim  sohasidagi  davlat 

siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:

1) ta'lim-tarbiyaning  insonparvar,  demokratik  xarakterga 

ega ekani;

2) ta limning uzluksizligi va izchilligi;

3)o'rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'lim  yo'nalishini  akademik 

litseyda  yoki  kasb-hunar  kollejida  o'qishni  tanlashning 

ixtiyoriyligi;

4) ta'lim tizimining dunyoviyligi;

5) Davlat ta'lim standartlari doirasida ta’lim olish huquqiga 

ega ekani;

6) ta'lim  dasturini  tanlashga  yagona  va  tabaqalashtirilgan 

yondashuv;


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish