N. M. Kayumova


Estetik tarbiya vositalari



Download 18,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/423
Sana28.06.2021
Hajmi18,65 Mb.
#103948
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   423
Bog'liq
Maktabgacha pedagogika F.Qodirova 2019

Estetik tarbiya vositalari

Bolalarda  go'zallik  haqidagi  bilimlar  atrof voqelikni  uning 

butun  xilma-xilligida,  shuningdek  go'zallik  eng  ko'p  jamlan- 

gan holda  aks  etadigan  san'atni  estetik o'zlashtirish jarayoni­

da tarkib  toptiriladi.  Hayot xilma-xilligi  san'at turlari va janr- 

larning  xilma-xilligiga  sabab  bo'ladi.  Maktabgacha  yoshdagi



210


bolalarning har biri  o'z  janriga  ega  bo'lgan  grafika,  rang-tas- 

vir, haykaltaroshlik, manzarali  amaliy san'at, adabiyot va  mu­

siqa bilan tanishadi.

Bolalar  shuningdek,  bizni  o'rab  turgan  dunyoning  eng 

muhim  estetik tomonlari va xususiyatlarini  ham  egallaydilar. 

Maktabgacha yoshdagi davrida musiqa, vokal va cholg'u, unda- 

gi mavzuni xilma-xilligi, ayrim asarlarning janri, tuzilishi, mu- 

siqali ifoda vositalari, musiqa asboblari haqida ham bilim beri­

ladi. Bolalar xalq qo'shiqlari va raqslari, doira bo'lib qo'shiq ay- 

tish, klassik va zamonaviy musiqa asarlari bilan tanishadilar.

MTMni o'rab turgan go'zailik muhiti bolalarning har tomon­

lama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalanishiga yor­

dam beradi.

Pedagogika tizimiiga xos bo'lgan estetika va etikaning birli- 

gini  oilada  MTMlarda  kichkintoylarni  tarbiyalashda  bemalol 

qo'llash mumkin.  Lekin haqiqiy turmush  estetikasini yaratish 

uchun tarbiyachi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi 

xulqli, xushmuomala, badiiy didli bo'lishlari talab etiladi.

211



Bolalarni  o'rab  turadigan  chiroyli  narsalarning  o'zi  bola- 

a  hech  narsa  bermaydi,  shuning  uchun  bolalarni  ularni 

o'rishga,  qadrlashga,  baholay bilishga  o'rgatish  kerak.  Tarbi- 

achi  bolalarning  diqqatini  polning  tozaligiga,  yaxshilab  joy- 

>yiga qo'yilgan mebelga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. 

ar bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko'rib chi- 

iladi. Eng muhimi, hamma narsalarni bolalarda estetik zavq- 

i qo'zg'ata oladigan qilib ko'rsatish kerak.

Bolalarga  estetik  zavq  uyg'otish  uchun  ularga  kuzatilayot- 

an  narsaning  mazmuni  va  ahamiyatini  tushuntirish  kerak. 

olalarning  hislariga  ta'sir  etish  uchun  bu  hali  yetarli  emas. 

ng  muhimi,  bu  yerda  kattalarning  namunasidir.  Tarbiya- 

lining  o'zi  zavqlansa,  ortiqcha  so'zlarsiz  go'zallikka  qiziqish 

yg'ota oladi va bolalarda estetik kechinmalar paydo qila oladi.

Bolalar  tarbiyachidan  «Nima  uchun  oltin  kuz  deyiladi?»  - 

eb so'rashadi, tarbiyachi istirohat bog'iga borib ko'ramiz deb 

ivob beradi.  Bog'ga borishganda bolalarga taklif etadi:  «Sayr 

ilib  daraxtlarni,  yo'lkalarni  kuzatamiz».  Bog'ning  eng  xush- 

lanzara  joyiga  kelganda  bolalar  to'xtab,  jim  atrofga  nazar 

ishlashadi-da,  nima  uchun  oltin  kuzligini  tushundik.  Chun- 

i  barglar  tillaga  o'xshaydi.  «Ana  qizil  barglar»,  deyishadi 

lar hayajon  bilan.  Shamol  bo'lishi  bilan  barglar yerga  tusha- 

i.  Yo'lkalar  esa  gilamga  o'xshaydi.  Ko'chaga  sayrga  chiqisha-

i.  Tarbiyachi  bolalarga  shunday  deydi:  «Biz  hozir  sizlar  bi- 

m  MTM  ko'chasidan  yurib  o'tamiz.  Sizlar  diqqat  bilan  kuza- 

b boringlar, kim qanday chiroyli narsa ko'rsa, sayrdan keyin 

3'zlab beradi».

Shuni  ta'kidlash  kerakki,  ajoyibot  yonimizdadir,  bolalar- 

i  shu  ajoyibotni  ko'ra  bilishga,  undan  hayratlana  olishga 

rgatish lozim. Tabiatning go'zalligini va ajoyibligini inson ha- 

Dt go'zalligiga, san'at go'zalligi va ajoyibotiga aylantiradi.

Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo'lib xiz- 

lat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go'zalligi hatto  eng kichik 

olani ham quvontiradi. Uning tuyg'ular va xayollarda saqlan-

212



an go'zalligi bolalikda ayniqsa, yorqin va chuqur idrok qilina-

i, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.

Sayr,  ekskursiya  vaqtida  tarbiyachi  bolalarning  diqqatini 

ibiatning rang-barangligiga, uning  o'zgarishi va uyg'unligiga 

aratadi,  tabiat hodisalariga  qiziqish  uyg'otadi,  unga  muhab- 

at  va  ehtiyotkorlik  munosabatini  tarbiyalaydi,  asrab-avay- 

shga o'rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didla- 

ni  tarbiyalaydi,  ular  kishilarning mehnat natijalarini  yaqqol 

D'rib, atrofdagi go'zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishi- 

a ishonch hosil qiladilar.

Tarbiyachi bolalarga tabiat olamini kashf etadi, bolalarning 

unchadagi bir tomchi  shabnamda ham,  o'tlarning biri  ikkin- 

lisi  bilan  qo'shilib  ketishida  ham,  oqshom  bo'yoqlarida  ham 

ibiat go'zalligini ko'ra bilishlariga yordam beradi.

MTMda  tabiat  burchagi  tashkil  etiladi.  Undagi  hayvonlar 

a  o'simliklarni kuzatish va parvarish qilish bolalarda estetik 

[rokni, ularga nisbatan to'g'ri munosabatni, go'zallik yaratish 

}hishini  shakllantiradi va  qizg'in  faoliyatga  undaydi.  Yilning 

az fasllarida  polizda, gulzorda, MTM  maydonchasida  mehnat 

ilishda  ham  bolalar  estetik zavq  oladilar.  Kuzda  o'z  mehnati 

levasini yeyish bolaga alohida estetik huzur bag'ishlaydi.  Da- 

va bog'larga sayrga borganda tabiatning go'zalligi va boyligi- 

an,  u  yerdagi  dehqonlarning  yaratuvchilik  mehnatlaridan 

гпШоуа zavqlanishadi.

MTMda bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda san’atning 

ar  xil  turlari va  janrlaridan  (musiqa,  rassomchilik haykalta- 

jshlik xalq amaliy san'ati, adabiyot va hokazo} foydalaniladi.

San'at yuksak estetik zavqning, kishi xursandchiligining tu- 

anmas manbayi bo'lib xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda har 

ir kishining rivojlanishi, ma'naviy boyishi  uchun ham vosita- 

ir.

Badiiy asar kishining his-tuyg'ulariga  ta'sir  etsa,  hissiy ke- 



linmalar  kishida  fikrlashni  uyg'otadi.  Badiiy  asardan  ha- 

ajonlanish fikrlashni faollashtiradi.  Qiziqarli ertak yoki rasm



213


bolada  fikrlar  o'yinini  uyg'otadi.  Bu  to'g'rida  S.Ya.Marshak 

shunday degan edi:  «Qizil shapkacha» ertagini bolalar qatora- 

siga 20 marta eshitishga tayyorlar. Bunga sabab ertak o'z tuzi- 

lishi bo'yicha aniq, uning mantiqi va motivi izchil, har qanday 

bola  o'zini  ertakdagi  qahramon  o'rniga  qo'ya  oladi  va  «Qizil 

shapkacha»ni  o'ynay  oladi.  San'atning  hamma  turlari  -   ada- 

biyot,  musiqa,  rassomchilik,  haykaltaroshlik,  teatr,  kino  bo­

lalarga  tushunarlidir.  Gilamchilik,  to'qimachilik,  kulolchilik, 

zardo'zlik,  kashtachilik,  popopchilik,  badiiy  oyna,  metall  pat- 

nislar,  to'qilgan  va  tikib  gul  solingan  buyumlar  va  boshqalar 

tasviriy san'atning manzarali  shakliga  kiradi.  Bundan tashqa­

ri, MTMda har bir viloyat, o'lka, respublikaning milliy madani- 

yatidan foydalanish kerak.

Ta'lim-tarbiya  ishlarida  o'zbek  xalq  amaliy  san'ati  namu- 

nalaridan  foydalanish katta ahamiyatga egadir.  O'zbek naqsh- 

lari  tushirilgan  chiroyli  guldor  matolar  qo'g'irchoqlar  uchun 

ko'ylak,  oyna  pardalari,  dasturxon  kabilar  uchun  ishlatilishi 

mumkin.


Musiqa  bolalarning  kayfiyatini  ko'tarib  ertalabki  badan 

tarbiyada  yangray  boshlaydi.  Yilning  quruq  va  issiq  vaqtla- 

rida  ekskursiya,  sayr  va  o'yin  vaqtlarida  ashulalar  ijro  etili­

shi kerak, bu bolalarni yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhi- 

ni  ko'taradi.  Maydonchada  mehnat  qilish  jarayonida  ijro etil- 

gan ashula harakat ritmini uyg'unlashtiradi, bolalarga mehnat 

quvonchini bag'ishlaydi.

Bolalarda  estetik idrokning rivojlanishi  uchun  ularni  haqi- 

qiy san'at asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio, oynayi jahon- 

da san'at ustalari va tengdoshlari ijro etgan asarlar bolalarning 

estetik rivojlanishida katta yordam beradi.

Ashula aytib o'yinga tushishda asosan xalq ijodi asarlaridan 

foydalaniladi,  bu  bolalarni  axloqiy-estetik  tarbiyalash  uchun 

g'oyat  qimmatli  vositadir.  Bolalar  xalq  kuylari  va  obrazlarini 

ijro  etayotib,  xalq  tili  va  ko'yining  hamohangligini,  ravonligi- 

ni bilib oladilar.  Bu bolalarda vatanparvarlik hislarini tarbiya-



214


laydi,  musiqaviy didini shakllantiradi, bolalarni  zamonaviy va 

klassik kuylarni idrok eta olishga tayyorlaydi. Ashula va raqs- 

ga  tushishga  o'rgatishda  faqat to'g'ri  aytish  va  to'g'ri  harakat 

qilishni  emas,  balki  ifodaii  aytish va yengil,  chiroyli va latofat 

bilan raqsga tushishga o'rgatiladi.

MTMda  o'tkaziladigan  bayramlar  bolalarga  chuqur  ta'sir 

etadi.  Bayramning  tarbiyaviy  kuchi  va  o'ziga  xosligi  uning 

g'oyaviy va estetik mazmuni san'atning turli ko'rinishlari bilan 

bog'liq bo'lishidadir. Har qaysi bayram o'z g'oyasiga ega bo'lib, 

u bolalarga yorqin obrazlar orqali ta'sir ko'rsatadi.

Estetik  tarbiyaning  vositalaridan  biri  qo'g'irchoq  teatri- 

dir.  Uning  nihoyatda kuchli ta'sir etishi  uning  soddaligi,  odat- 

dan tashqari jo'shqinligi va qo'g'irchoqligi  (o'yinchoqligij, shu­

ningdek,  badiiy  so'z,  musiqa,  ashula,  raqs,  tasviriy  san'at  ka­

bi tarkibiy  qismlarning  uzviy jipslashib  ketganligi  kishi  ko'zi 

o'ngida yaqqol namoyon bo'lishidadir.  Qo'g'irchoq teatrini bo­

lalar  faqat  tomosha  qilibgina  qoimay,  balki  unda  o'zlari  ham 

qatnashadilar.  Bu  bolaning  dramatik  qobiliyati,  tashabbusi, 

nutqini o'stiradi, hayotiga quvonch bag'ishlaydi.

Diafilm  ko'rsatish  bolalarning  estetik  didlarini  o'stirishda 

muhim  vositalardan  biridir.  Diafilmlar  ko'rsatishni  adabiy 

matn o'qib berish bilan qo'shib olib borish bolaga filmning maz­

munini yanada to'g'riroq va ta'sirchanroq tushunishga yordam 

beradi.


Bundan  tashqari,  qo'g'irchoq  teatri,  soya  teatri  ko'rsatish 

ham  bolalarni  estetik  tomondan  tarbiyalashda  alohida  o'rin 

egallaydi.  Bu o'yinchoq,  qo'g'irchoqlar bolalarga tanish bo'lsa- 

da,  ularni  tarbiyachi  qo'Ii yordamida  harakatga keitirib,  badi­

iy so'zlar bilan qo'shib olib borishi natijasida ular bolaning ko'z 

o'ngida  jonlanadi,  boshqacha  tus  oladi  va  bolalar  ertak  maz­

munini chuqur idrok eta boshlaydilar.

Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim  rol o'ynaydi. 

Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bi-

215



langina  emas,  balki  shu  bilan  birga bayon  qilish  usuli  hamda 

bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir.

Kichkintoylar, ayniqsa 2-3  yoshli bolalar uchun  chiqarilgan 

kitoblarda  so'zlardan  ko'ra  rasmlarning  ta'siri  ayniqsa,  katta 

bo'ladi.  Bola kitobdagi  rasmlarni qayta-qayta o'z  o'rtoqlariga, 

kattalarga, qo'g'irchog'iga «o'qib» berish bilan uning mazmuni­

ni  o'z  xotirasida  mustahkamlaydi.  Kitobdagi  chiroyli,  yopqin 

rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi.

Kattalar  mehnati,  qahramonlik  shuningdek,  ona  Vatanga 

bo'lgan  muhabbat,  do'stlik,  birodarlik,  bolalarning  ota-onala- 

riga  nisbatan  mehribon  bo'lishlari  kabi  mavzularda  yozilgan 

hikoyalar bolalarga tushunarlidir.

Bolalarning  sevimli  yozuvchilari  Qudrat  Hikmat,  Mirmux- 

sin,  Shukur Sa'dulla,  Quddus  Muhammadiyning bolalar uchun 

yozgan  she'rlari  ularda  ijobiy  his-tuyg'ularni  tarbiyalaydi, 

ularni yashashga o'rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona 

tilining boyligini,  so'zlarning ta'sirchanligini  his  qilishga  yor­

dam beradi.

Kichkintoylar  hammadan  ham  ertaklarni  sevadilar.  Er- 

takning yaxshi tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi.  Er- 

tak  qahramonlari  bolaga  yaqin  va  tanish.  Ertak  tili  hayotiy 

hamda  jonli  bo'ladi.  Eng  muhimi,  tarbiyachining  o'zi  badiiy 

adabiyotni sevishi va tushunishi,  nasriy asar va she’rlarni  ifo- 

dali o'qiy bilishi kerak.

MTMda  kattalar  rahbarligida  bolalar  tomonidan  konsert- 

lar,  bayramlar,  kichkintoyiarning  tug'ilgan  kunlarini  nishon- 

lash  bolalarda  quvonchli  hislarni  uyg'otadigan,  mazmunli  va 

ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib  qoladigan  qilib  tash­

kil etilishi kerak.

Xulosa qilib  aytganda,  estetik tarbiya bolalarni  har tomon­

lama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo'lib, 

aqliy,  axloqiy, jismoniy tarbiya  bilan  chambarchas bog'langan 

holda amalga oshiriladi.


Download 18,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   423




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish