xolos, bola yotganida bu egriliklar tо„g„rilanadi.
О‗smirlik davrida jinsiy voyaga yetish oldindan bel egriligi vujudga keladi. Umurtqa
pogona suyaklarini suyaklanishi asta bola yoshidan о‗smirlik davrigacha, sо‗ng katta odamda
ham davom etadi. Bolaning 10 yoshida ham umurtqalar orasidagi tog‗ay tо‗qimasi qalin bо‗ladi.
Bolaning 14-15 yoshlarida shu tog‗ay tо‗qimalarida yangidan suyaklanish nuqtalari hosil bо‗ladi.
Odamning 23-26 yoshida umurtqaning barcha qismlari suyaklashib tutaydi. Umurtqa
pog‗onasini tez о‗sish protsessi о‗g‗il bolalarda qiz bolalarga qaraganda kechroq tugaydi.
Yuqorida keltirilgan umurtqa pog‗onasining xususiyatlari: yuqori egiluvchanligi, togay
tо‗qimasi qavatini qalinroq bо‗lishi va tо‗liq bо‗lmagan suyaklashish bolalarni parta, stolda
notо‗tri о‗tkazilishi tufayli umurtqa pog‗onasining turli normal bо‗lmagan egriliklarini vujudga
kelishiga sababchi bо‗lishi mumkin. Umurtqa pog‗onasidagi notо‗g‗ri shakllanish bolaning
qaddi-qomatini buzilishiga ba‘zi umurtqa pogonasini bir tomonga egilib qolishi skolioz va
boshqa potologik holatlarga sababchi bо‗ladi. Umurtqa pogonasini bо‗yin va bel qismi juda
xarakatchan. Umurtqa pog‗onasida quyidagi harakatlar bо‗lishi mumkin: bukish va yozish о‗ng
va chapga egilish, shuningdek kо‗ndalang о‗q atrofida burilish. Umurtqa pog‗onasining
xarakatchanligi bolalarda kattalarga qaraganda ancha ortiq. Katta erkak kishida umurtqa
gyugonasining uzunligi 75 sm, ayollarda esa 68 sm bо‗ladi.
Kо‗krak qafas skeleti. Kо‗krak qafasi 12 juft qobirg‗alar tо‗sh suyagini birikishidan hosil
bо‗ladi. Haqiqiy qobirg‗alar 1-dan 7-tog‗ay yordamida tо‗sh suyagiga qolgan 5 juft qobirgalarni
8-9-10-juftlarning tog‗ay qismi bilan 7 juft qobirg‗aga birikadi. 11-12-qobirg‗alarning tog‗ay
uchi bо‗lmaydi, bularni uchi erkin bо‗lib, biroz harakatchan, qobirg‗alar umurtqalarga bо‗g‗im
orqali birikkan bо‗ladi. Tо‗sh suyagi toq suyak bо‗lib, uning dastasi, tanasi va о‗simtasi
ajratiladi. Kо‗krak qafasining shakli bolaning yoshi va tana tuzilishining konstitusiyasiga bog‗lik
bо‗ladi. Odamlarda ikki xil shaklidagi kо‗krak qafasi uchraydi: uzun ensiz va qisqa keng.
Kо‗krak qafasini shakliga tо‗sh suyagi ham mos keladi. Kо‗krak qafasining asosiy shakllari
konussimon, silindrsimon va yassi bо‗lishi mumkin. Kо‗krak qafasini shakli bolaning yoshi
ortishi bilan о‗zgarib turadi. Bolaning birinchi yoshida kо‗krak qafasi konus shaklida bо‗ladi.
Bolaning 2,5-3 yoshigacha kо‗krak qafasi tanasining
9
Adolf Faller., Michael Schuenke-The Human Body - ―An Introduction to Structure and
Function‖ ThiemeStuttgart · New Yorkhttp: //www.bestmedbook.com/2004 137- bet mazmun
va moxiyatidan foydalanildi
о‗sishi bilan parallel о‗sib boradi. Keyinroq gavdaning о‗sishi kо‗krak qafasini о‗sishidan
tezroq bо‗ladi. Bolaning 12-13 yoshlarida kukrak qafasini shakli katta odamning kо‗krak
qafasini shakliga о‗xshash bо‗ladi, lekin uning о‗lchamlari kichikroq bо‗ladi. Kо‗krak qafasining
jinsiy farqlari 15 yoshdan hosil bо‗laboshlaydi. 15 yoshdan boshlab kо‗krak qafasining sagital
razmerlari tez ortib boradi. Nafas olinganda о‗til bolalarda kо‗krak qafasidan qobirg‗alar,
qizlarda esa yuqorigi qobirgalar kо‗tariladi. Kо‗krak qafasining aylanasida ham jinsiy farqlar
ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |