Masalalar:
1. “XNG” korxonasi erkaklar uchun ko‘ylak ishlab chiqaradi. Tayyor
tovarning o‘rtacha sotilish narxi har bir donasiga 110 so‘m. Bir dona ko‘ylakning
o‘zgaruvchan xarajati 78 so‘m. “XNG” korxonasining doimiy xarajatlari yiliga 215,0
ming so‘mni tashkil etadi. Korxonaning zararsizlik miqdorini va daromadlarning
zararsizlik darajasini aniqlang.
2. So‘mda 5000 AQSH dollari depozitga joylashtirilgan. Depozit muddati
boshida 1 AQSH dollari 8400 so‘mni, kutilayotgan xarid narxi 8650 so‘mni tashkil
etadi. Depozit foiz stavkasi milliy valyutada yillik 20 %. Depozit muddati 6 oy.
So‘mda joylashtirilgan depozitning 6 oy muddatdan so‘ng xorijiy valyutadagi
qiymatini aniqlang.
3. 200,0 ming $ summani 12 % yillik stavka bo‘yicha uzluksiz va oylik foiz
hisoblashda 3 yil uchun oshirilgan qiymatlar orasidagi farqni aniqlang.
582
Do'stlaringiz bilan baham: |