475
Bunda firma moliyaviy leverejga ega va quyidagi vaziyat mavjudligi
sharoitida o’z egalarini moliyaviy riskka qo’yadi:
𝐚𝐤𝐬𝐢𝐲𝐚 𝐛𝐢𝐫𝐥𝐢𝐠𝐢𝐠𝐚 𝐭𝐨
′
𝐠
′
𝐫𝐢 𝐤𝐞𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐟𝐨𝐲𝐝𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐟𝐨𝐢𝐳𝐥𝐢 𝐨
′
𝐳𝐠𝐚𝐫𝐢𝐬𝐡𝐢
𝐅𝐒𝐓𝐃 𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐟𝐨𝐢𝐳𝐥𝐢 𝐨
′
𝐳𝐠𝐚𝐫𝐢𝐬𝐡𝐢
> 𝟏. 𝟎𝟎
Biz Pierce Grain kompaniyasi misolida ko’rsatib o’tganimizdek, firma
qancha yuqori moliyaviy leverejdan foydalansa, shunchalik bir aksiyaga to’g’ri
keluvchi foydaning foizdagi o’zgarishining FSTD ning foizli o’zgarishiga nisbati
shunchalik katta bo’ladi. Yana takrorlaymizki, moliyaviy leverejdan foydalanish
FSTD dagi o’zgarishlarning aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydaga ta’sirini
kattalashtirib yuboradi. Masalan, agarda yuqorida ta’kidlangan nisbat 2 ga teng
bo’lganda, FSTD dagi 20 foizlik o’zgarish (musbat yoki manfiy) bir aksiyaga
to’g’ri keluvchi foydani 40 foizga o’zgartirgan bo’lar edi. Kapital strukturasida
yanada ko’proq moliyaviy levereji bo’lgan firma uchun nisbat 3 foiz bo’lishi
mumkin, demak FSTD dagi 20 foizlik o’zgarish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi
foydaning 60 foizga o’zgarishiga sabab bo’ladi.
Operativ va moliyaviy leverejni umumlashtirish
Operativ leverej FSTD dagi yanada kattaroq o’zgarishlarga olib keluvchi
daromadlardagi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Qo’shimcha ravishda, agar firma
moliyaviy leverejdan foydalansa FSTD dagi o’zgarish moliyaviy leverej sababli
bir aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda (ATD) ning ham, aksiyadorlar olishi mumkin
bo’lgan sof foyda (SF) ning ham o’zgarishiga olib keladi. Shu tariqa operativ va
moliyaviy leverejni umumlashtirish aksiya birligiga to’g’ri keluvchi foydada katta
o’zgarishlar yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bu to’liq jarayon sifatida 4 rasmda
tasvirlangan.
Aksiya birligiga to’g’ri keluvchi olinishi mumkin bo’lgan foyda
umumlashtirilgan yoki jamlangan leverejdan foydalanish natijasida ta’sirlangani
uchun bu ta’sirni aniqlash mumkin bo’ladi. Buni tasvirlash uchun biz yana bir bor
Pierce Grain kompaniyasiga murojaat qilamiz. Zararsizlik tahlilida ko’rib
chiqilgan Pierce Grain uchun xarajatlar strukturasi saqlanib qolgan deylik.
Bundan tashqari, 25 foizlik qarz mablag’iga asoslanuvchi B reja kompaniya
aktivlarini moliyalashtirish uchun tanlangan. Operativ va moliyaviy leverej
qanday qilib umumlashtirilganligini ko’rish uchun 6 jadvalga e’tiboringizni
qarating.
19-jadvalda Pierce Grain kompaniyasining ishlab chiqarish hajmi 30,000
dan 36,000 mahsulot birligiga o’sishi tahlil qilingan. Bu o’zgarish
daromadlarning 20 foizga o’sganidan darak beradi. Operativ leverejni oldin
muhokama qilganimizdek, shuningdek, 6 jadvalga ko’ra savdo hajmining 20
foizga ko’payishi FSTD ning 120 foizga o’sishiga olib keladi. Shuningdek, FSTD
476
dagi 120 foizlik o’zgarish bir birlik aksiyaga to’g’ri keluvchi foyda va
aksiyadorlar olishi mumkin bo’lgan foydaning 150 foiz o’sishiga zamin yaratadi.
Tahlilning eng asosiy qismi esa savdodagi atiga 20 foizlik o’zgarish aksiya birligi
foydasining 150 foizga o’sishiga olib kelganligida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: