Nogironlik bo’yicha pensiya mehnat qobiliyati doimiy yoki uzoq muddatda
yo’qotilganda tayinlanadi. Bu pensiyaning miqdori mehnat qobiliyatining
yo’qotilish darajasiga (nogironlik guruhiga), nogironlik sabablariga, mehnat staji va
ish haqining darajasiga bog’liq.
Nogironlik pensiyalari belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb
topilgan shaxslarga tayinlanadi (2011 yil 1 yanvardan keyin nogironlikning III
guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan, takroriy tibbiy ko’rikdan
o’tkazilgandan so’ng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik
pensiyasi tayinlanmaydi va to’lanmaydi, Chernobil halokati oqibatida III guruh
nogironligini olgan shaxslardan tashqari. Istiqbolda mamlakatimizda III guruh
nogironlari uchun ham nogironlik pensiyalarini tayinlash rejalashtirilmoqda).
Sog’lig’ini yoki mehnat qobiliyatini yo’qotganlik darajasiga qarab, nogironlikning
uch guruhi aniqlanadi.
Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va
nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tasdiqlaydigan ular to’g’risidagi Nizom asosida ishlovchi tibbiy-mehnat
ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan aniqlanadi.
Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan
nogironlik pensiyalari ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi. Umumiy kasallik tufayli
beriladigan nogironlik pensiyalari nogironlik boshlangan paytga qadar
qonunchilikda belgilangan ish stajiga ega bo’lgan taqdirda tayinlanadi. 20 yoshga
to’lgunga qadar umumiy kasallik tufayli ish davrida yoki ishlash to’xtatilganidan
keyin nogiron bo’lib qolgan shaxslarga pensiyalar ish stajidan qat’i nazar
tayinlanadi. Mehnatda mayiblanganda yoki kasb kasalligiga uchraganda beriladigan
nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik tufayli beriladigan nogironlik pensiyasiga
o’tkazilganda zarur staj nogironlik dastlab belgilangan vaqtdagi yoshga qarab
aniqlanadi.
408
I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash
uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng
kam pensiyaning 100 foizidan kam bo’lmagan miqdorda pensiyalarning bazaviy
miqdorlari belgilanadi. Pensiyani hisoblash tartibi fuqarolarning yoshiga doir
pensiyasini hisoblash kabi amalga oshiriladi. Pensiya tayinlash uchun talab
qilinadigandan ortiq ish stajining har bir to’liq yili uchun nogironlik pensiyalarning
bazaviy miqdorlari I va II guruhlar nogironlariga nogironlik pensiyalari — pensiyani
hisoblash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshiriladi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruhlar
nogironlariga nogironlik pensiyasining bazaviy miqdori nogironlik bo’yicha pensiya
tayinlangan kunda qonunchilikda nazarda tutilgan ish staji mavjud bo’lganda
oshiriladi.
Pensiya tayinlash uchun etarlicha ish stajiga ega bo’lmagan umumiy kasallik
oqibatidagi I va II guruh nogironlariga nogironlik pensiyasi bor stajga mutanosib
miqdorda tayinlanadi va uning miqdori I guruh nogironlariga nogironlik pensiyalari
uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan hamda II guruh
nogironlariga nogironlik pensiyalari uchun — yoshga doir eng kam pensiyaning 50
foizidan kam bo’lmasligi lozim.
Nogironlik pensiyasi nogironlik belgilangan (aniqlangan) davr mobaynida
o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |