O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/104
Sana26.06.2021
Hajmi2,35 Mb.
#102449
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Bog'liq
11-Маърузалар матни - Метрология ва стандартизация

 
Nurlanish teromеtrlari 
Tеmpеraturani o’lchash nazariyasi asoslari 
Pirometr   —  jism  haroratini    kontaktsiz    (tegmasdan  turib)  o‘lchash  uchun  ishlatiladigan 
o‘lchash  vositasi.  Optik  pirometrlarni  ishlash  prinsipi    ob’ektni  ravshanligini,  quvvatini  yoki 
energiyasini o‘lchash asosida ob’ektning temperaturasini o‘lchab beradi
5
. (12.1-rasm). 
 
12.1-rasm. Optik  pirometrlarni umumiy ko‘rinishi 
Pirometrlarni  sanoatda,  turmush  extiyojlarida,  ishlab  chiqarishni  turli  texnologik  etaplarida 
(po‘lat quyish sanoati, neftni qayta ishlash tarmog‘i) haroratni nazorat qilish muhim ahamiyat kasb 
etadigan korxonalardagi ob’ektlarni haroratini masofadan turib aniqlashda qo‘llaniladi.  Pirometrlar 
cho‘g‘langan ob’ektlar haroratlarini masofadan turib xavfsiz o‘lchash vositasi sifatida qo‘llaniladi. 
Va  bu  uni  yuqori  darajadagi  haroratlar  tufayli  nazoratlanuvchi  ob’ektlar  bilan  o‘zaro 
ta’sirlashishlarini iloji bo‘lmaganda,  nazoratlash  uchun  juda kerakli qilib  qo‘yadi. Ulardan turli 
ishlab chiqarish   soxalarida kritik haroratli   ob’ektlarni aniqlash uchun issiqlik  lokatorlari  sifatida 
qo‘llasa bo‘ladi (takomillashtirilgan modeli). 
                                           
5
 
Hebra Alexius J. The Physics of Metrology. Springer-Verlag Wien, Printed in Germany - 2010., 383p. 
 


 
25 
 
 
Dastlabki birinchi pirometrlarni Piter van Mushenbruk                ixtiro qilgan.  Avval boshda 
atama  kuchli qizdirilgan (cho‘g‘langan) ob’ektni  yorqinligi va rangi bo‘yicha  xaroratni ko‘z bilan  
o‘lchash  uchun  qo‘llaniladigan  asboblarda  ishlatilgan.  Hozirgi  paytda    uni  ma’nosi  bir  qancha 
kengaydi,  qisman,  pirometrlarni  ba’zi  turlari  (bunday  asboblarni  infraqizil  radiometrlar  deb  atash 
to‘g‘ri bo‘ladi) etarlicha past bo‘lgan haroratlarni o‘lchaydi  (0°C va undan ham past). 
Zamonaviy pirometr va  portativ pirometrlarni taraqqiy etishlari  o‘tgan yuz yillikning 60-nchi 
yillari    o‘rtalariga  to‘g‘ri  keladi  va  hozirgacha  davom  etmoqda.  Aynan  shu  vaqtlarda  muxim 
darajadagi  fizik  yangiliklar  ochilgan  va  ular    yuqori  is’temol  talablari  va  o‘lchamlarini  kichik 
gabaritliligi  tavsifidagi  sanoat    pirometrlari  ishlab  chiqarishga  asos  bo‘lgan.  Birinchi  portativ 
bo‘lgan  pirometr  Wah  l    amerika  kompaniyasi  tomonidan  1967  yilda  o‘ylab    topilgan  va  ishlab  
chiqilgan.  Nurlanayotgan ob’ektning issiqlik  energiyasini miqdorini aniqlaydigan infraqizil qabul 
qilgich  ma’lumotlari    asosida  harorat  haqida  xulosa  chiqarishda,    qattiq  va  suyuq  jismlar  
haroratlarini o‘lchash chegaralarini muxim darajada kengaytirishga imkon beradi.   
Pirometrlarni asosiy belgilari bo‘yicha bir necha guruhga ajratish mumkin
6

Optik  pirometrlar – qoidaga ko‘ra,  maxsus qurilmalardan foydalanmasdan turib, ko‘z bilan 
vizual  ravishda  uni  rangini etalon ip  rangi  bilan solishtirish  yo‘li  bilan qizdirilgan jism  haroratini 
aniqlashga imkon beradi.  
Radiatsion pirometrlar -  haroratni issiqlik nurlanishi quvvati ko‘rsatkichining qayta hisoblash 
vositasida haroratni baholaydiAgar  pirometr keng yo‘l-yo‘lliklarda spektral nurlanishni o‘lchasa, 
unda  bunday pirometr to‘liq nurlanish pirometri deb ataladi.  
Rangli pirometrlar - (boshqa nomlari: multispektral, spektral munosabatlardagi)  ob’ektni turli 
spektrdagi    issiqlik  nurlanishi    bilan  taqqoslash  natijalariga  asoslanib,  uni  harorati    haqida  xulosa 
chiqarishga imkon beradi.  
Past haroratli pirometrlar - ushbu parametrdagi manfiy qiymatlarga ega  bo‘lgan  ob’ektlarni 
ham  haroratini ko‘rsatish qobiliyatiga egadir. 
 YUqori  haroratli  pirometrlar  -  “ko‘z”  bilan  aniqlashning  imkoni  bo‘lmaganda,  faqat  juda 
kuchli  qizdirilgan  jismning  haroratini  o‘lchash  mumkin.    Odatda  o‘lchashni  yuqori  chegaralari 
“foydasiga” kuchli siljishga ega.  
Mo‘ljallanishi bo‘yicha pirometrlar ko‘chma va statsionarlarga bo‘linadi.  
Ko‘chma  pirometrlar  –  o‘lchashlarni  yuqori  aniqliklari  lozim  bo‘lganda,  yaxshi 
harakatlanuvchi  xossalar  bilan  jamlikdagi  sharoitlarda    foydalanishga  qulay,  masalan:    qiyin  etib 
boriladigan uchastkalarda  quvur o‘tkazgichlarni haroratlarini baholash uchun.  Odatda,  grafik va 
matnli-raqamli   ma’lumotlarni  aks  ettiruvchi,  uncha katta bo‘lmagan displey bilan ta’minlangan. 
Statsionar  pirometrlar    -  ob’ektlarni  haroratini  anchagina  aniq  baholashga  mo‘ljallangan.  
Asosan yirik sanoatda, metallar va plastiklarni eritishga xos ishlab-chiqarishda texnologik jarayonni 
bevosita muntazam nazorat qilish va uni haroratini o‘lchash uchun foydalaniladi. 
Matnli-raqamli  usulda  o‘lchanadigan  harorat  raqamli  displeyda    darajalarda  ifodalanadi.  Bir 
yo‘la  qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.   
CHizma usul -  kuzatilayotgan ob’ektni turli ranglarda ajratib ko‘rsatilgan past, o‘rta va yuqori 
haroratli oblastlarni spektral ajratishlarda ko‘rishga imkon beradi.  
Tasniflariga qaramay, pirometrlar  qo‘shimcha ta’minot manbaalari hamda ma’lumot uzatish 
vositalari va  maxsus qurilmali aloqa kopyuterlar bilan  ham ta’minlanadilar. 
Pirometrlarni haroratni  o‘lchashda  aniqligini belgilovchi  eng muxim tavsifi  optik hal etish 
va ob’ektni  qoralashish darajasini sozlashtirish hisoblanadi. Ba’zan optik hal etishni  vizirlashtirish 
ko‘rsatkichi  deb  ataladi.    Bu  ko‘rsatkich  dog‘  diametrini    (aylanasini)  yuzaga  nisbati  sifatida 
hisoblanadi, unda nurlanish  ob’ektgacha bo‘lgan masofa pirometr bilan o‘lchanadi. Asbobni to‘g‘ri 
tanlash uchun, uni qo‘llanish doirasini bilish kerak.  Agar uncha katta bo‘lmagan masofada o‘lchash 
                                           
6
 
Hebra Alexius J. The Physics of Metrology. Springer-Verlag Wien, Printed in Germany - 2010., 383p. 
 


 
26 
 
 
lozim  bo‘lsa,  unda  yaxshisi  echimi  uncha  katta  bo‘lmagan,  maslan  4:1  pirometrni  tanlash  kerak. 
Agar haroratni  bir necha metrlar masofada o‘lchash lozim bo‘lsa, unda echimi katta pirometrlarni 
tanlash  tavsiya  qilinadi.  U  holatda  ko‘rish    maydoniga  begona,  yot  predmetlar  tushish  extimoli 
bo‘lmaydi. Ko‘pgina pirometrlarda ob’ektga  aniq yuborish uchun lazerli nishon ko‘rsatuvi mavjud.  
 Emissiya    koeffitsienti    ε  (nurlanish  koeffitsienti,  qorayish  darajasi)  –  materialni    tushuvchi 
nurlanishda  aks  etish  qobiliyati.    Ushbu  ko‘rsatkich  yuzaning  haroratini  infraqizil  termometr 
(pirometr)  yordami  bilan  o‘lchashda  muhim  hisoblanadi.      Bu  ko‘rsatkich    ma’lum  bir  haroratda  
berilgan  yuzani  nurlanuvchi  energiyasining  xuddi  shunday  haroratlardagi    mutlaq  qora  jismlarni   
nurlangan energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi.     U 0 dan  1000  gacha bo‘lgan qiymatlarni qabul 
qiladi. 
Emissiyani  noto‘g‘ri  koeffitsientini  qabul  qilish  –haroratni  o‘lchovchi  barcha    pirometrik 
usullar  uchun  xatoliklarni  keltirib  chiqaruvchi  manbaa  hisoblanadi.  Nurlanish  koeffitsienti 
metallarni oksidlangan yuzasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.  Agar po‘lat uchun oksidlangan koeffitsient  
taxminan 0,85 ni tashkil etsa, sayqallangan po‘latni koeffitsienti esa  0,075 gacha pasayib ketadi. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish