403
XIX bob.
Hozirgi dunyo
huquqiy tizimlari
Anglo-sakson huquq oilasida
yuridik presedent asosiy huquq manbayi
vazifasini o‘taydi.
Yuridik presedent – ma’muriy yoki sud organining yozma yoki og‘zaki
qarori bo‘lib, kelajakda xuddi shunday ishlarni ko‘rib chiqishda namuna, etalon
bo‘lib xizmat kiladi. Yuridik presedent sud va ma’muriy presedentdan iborat
bo‘lib, bir-biridan farq qiladi. Albatta, huquqiy presedent shakli sifatida sud
yoki ma’muriy organlar yangi huquqiy normalar yaratish huquqiga ega bo‘lishi
mumkin. Bunday hollarda huquq o‘zining murakkabligi va chalkashliklari bilan
farq qiladi. Bundan tashqari, bunda mansabdor shaxs tomonidan suiiste’mollik
qilish ehtimoli bor. Shunday qilib, xususiy ishga taalluqli bo‘lgan sud qarorlari
ikki yoqlama ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin:
birinchidan, sud faoliyati nati-
jasida ma’lum bir hodisani hal qilishi mumkin;
ikkinchidan, bu sud qarorini
kelgusida bo‘ladigan hodisalarga ham qo‘llash mumkin bo‘ladi. Ikkinchi holda
esa, sud qarori huquq normasi bo‘lib xizmat qiladi, chunki u oldingi qabul
qilingan qarorga (presedentga) asoslanadi.
Sud qarorlari presedent sifatida quydagicha bo‘ladi:
birinchisi, ushbu nor-
maning ma’nosini tushuntirib beradi, buni inglizlar declaratory precedent deb
nomlaydi;
ikkinchisi, qonun va odat normalari to‘g‘ri kelmay qolganda yangi
normalar yaratadi, buni inglizlar oriqinal precedent deb nomlaydi. Ikkinchi
holda ko‘rinib turibdiki, yangi norma haqida so‘z yuritilmoqda. Nima uchun
sud qarori presedent sifatidagi normaga aylanishi mumkin? Chunki, hayotda
huquqdan tashqari presedent ham katta rol o‘ynaydi. Haqiqatdan ham, kishilar
doimo bo‘lib o‘tgan hodisaga asoslanadi, hatto u bir marta sodir bo‘lsa ham
keyingi harakatlar uchun namuna bo‘lib qoladi.
Konstitutsiyaviy va ma’muriy huquq sohasida ham yuqorida aytib
o‘tilgan hodisalarga, ya’ni oldin bo‘lib o‘tgan hodisalar asosida masalalarning hal
qilinganini ko‘rish mumkin. Aksariyat xalqaro huquq qoidalari ham presedent
ta’siri ostida vujudga keladi. Agar sud qarorlari asosida majburiy normalar
ahamiyati tan olinsa, buning uchun tegishli asoslar bo‘lishi kerak. Bunda
sudning aholi orasida hurmatga sazovor bo‘lishi, ya’ni, bitta ish yuzasidan
qabul qilingan qarorni ikkinchi bir ishga ham ta’sirini o‘tkazish uchun emas,
balki boshqa bir muhim asoslari bo‘lishi kerak, chunki sud qarorlari alohida
ishonch yaratishi kerakki, bu sudga bo‘lgan hurmatni bildiradi. Bu shundan
guvohlik beradiki, sud qarorining obro‘si uning faqat axloqiy asosga tayan-
ganligidan emas, balki huquqni muhofaza qiluvchi organlar ham o‘z faoliyatida
asoslanganidan dalolat beradi. Muhimi, sudning qarori davlat hokimiyati
tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va uning nuqtayi nazariga moslashishi zarur,
agar uni qo‘llash oqibatida noqulay holat kelib chiqmasa, sud qaroriga itoat
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |