357
XVI bob.
Huquqiy tizim
va huquqiy islohot
qonun mamlakatda ichki ishlar organlar faoliyatining barcha yo‘nalishlarini
huquqiy tartibga solishga xizmat qiladi
1
.
Zikr etilgan huquqiy hujjatlarda prokuratura va ichki ishlar organlari
faoliyatida, ayniqsa ularning tergov faoliyatida, inson huquqlari va manfaat-
lari ustuvor ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratildi. Fuqarolarning himoyaga
bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash maqsadida advokaturaning faoli-
yati takomillashtirilmoqda. Prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklari
tizimida inson huquqlarini muhofaza qilish bilan bevosita shug‘ullanuvchi
maxsus tuzilmalar tashkil etildi. «Advokatura to‘g‘risida»gi, «Advokatlik
faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul qilinishi va kuchga
kirganligi huquqni muhofaza etish mexanizmlari takomillashib borayotgan-
ligini ko‘rsatib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |