223
XI bob.
Huquq
ijodkorligi
Huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi. Huquqiy normalar
yaratish jarayoni zamonaviy huquq ilmi va amaliyoti yutuqlariga, huquqiy ta-
fakkur va mantiq qoidalariga qat’iy tayanmog‘i lozim. Har bir qonun, huquqiy
norma ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash
hamda ilmiy asoslantirish negizida yaratilishi kerak. Muayyan qonun yoki
boshqa normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan oldin uni yaratish uchun
qanday ehtiyoj borligini ilmiy jihatdan isbotlash maqsadga muvofiqdir. Buning
uchun huquqiy tartibga solish mo‘ljallanayotgan ijtimoiy munosabatlar turi
chuqur tahlil etilishi, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlari amalga oshirilishi
lozim.
Ilmiylik prinsipi haqida gap borganda, kamida ikki jihat nazarda tuti-
ladi. Birinchidan, huquq ijodkorligi puxta ilmiy strategiyaga tayanishi zarur.
Bunday strategiya umumdavlat miqyosida shakllantiriladi. Uni, odatda, davlat
yuqori hokimiyat organlari huzuridagi tegishli tadqiqotlar institutlari amalga
oshiradi. Ikkinchidan, muayyan normativ-huquqiy hujjat matni ustida ish bor-
ganda, huquq normasini yaratish va ifodalashda (mazmunan va yuridik texnika
nuqtayi nazaridan) ilmiy tavsiyalar inobatga olinishi lozim. Bundan ko‘zlangan
maqsad – ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda imkon qadar qo‘proq sa-
maraga erishishdir. O‘z faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlash uchun huquq ijod
etuvchi organlar huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishchi guruhlar tarkibi-
ga yetakchi huquqshunos-olimlarni kiritadilar; loyiha yuzasidan xulosa olish
uchun uni tegishli ilmiy muassasalarga yuboradilar.
So‘nggi paytlarda O‘zbekiston Respublikasi parlamenti faoliyatida qonun
loyihalarini
ilmiy ekspertiza qilishga e’tibor qaratilayotganligi tahsinga
sazovor. Qonun loyihalarini ilmiy va huquqiy ekspertizadan o‘tkazishga olim-
lar, amaliyotchi xodimlar va boshqa yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi.
Loyihani ekspertizadan o‘tkazish natijalari yuzasidan ekspertlar tegishli xulosa
taqdim etadilar.
Ilmiylik prinsipda qat’iy turiladigan bo‘lsa, huquq ijodkorligining sub-
yektlari bo‘lgan organlarning vakolatlari hokimiyatlar taqsimlanishi asosida
tashkil etilishi lozim. Shu yo‘l bilan mazkur organlar faoliyatida parallelizm,
takrorlash, nomuvofiqlik va boshqa organning vakolat doirasiga daxl qilish hol-
lari istisno etiladi.
Huquq ijodkorligiga ilmiy yondashish talabi ayniqsa bugungi kunda, ya’ni
bozor munosabatlarini qaror toptirish, demokratik qadriyatlarni shakllantirish
davrida inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash, milliy, siyosiy, ijtimoiy-
ma’naviy munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun muhimdir. Bu mu-
nosabatlarni aniq huquqiy tartibga solishga erishish uchun huquq ijodkorligining
ilmiy zaminini muttasil takomillashtirib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |